45
alohida olingan obyektlarga nisbatan hal etiladi.
Statistik hisob buxgalteriya hisobining, ayniqsa, yakuniy ma’lumotlaridan
keng foydalanadi. Bunda u bu ma’lumotlardan ba’zi tarmoqlar va xalq xo’jaligi
miqyosida har xil umumlashtiruvlar uchun zaminiy materiallar sifatida
foydalanadi. O’z navbatida buxgalteriya hisobi ham ko’p hollarda statistika
ma’lumotlaridan foydalanadi. Jumladan, ishchilarning ish haqini aniqlashda
statistika usullari bilan hisoblab topilgan ishlab chiqarish normalari bajarilishi
ko’rsatkichlaridan foydalaniladi.
Хo’jalik hisobi uch turining o’zaro bog’liqligi yagona dastlabki
hujjatlashtirishdan
foydalanish
bilan
ta’minlanadi.
Yagona
dastlabki
hujjatlashtirish deganda hisobning barcha turlaridagi operatsiyalarni aks ettirish
uchun bir turdagi ma’lumotlardan va bir turdagi hujjatlardan foydalanish
tushuniladi. Bunday amal hisob ko’rsatkichlaridagi qarama-qarshiliklarni bar-taraf
qiladi va hisobdagi parallellik bilan ishlashni yuzaga keltiradi.
Хo’jalik hisobining har xil turlari va uning butun tizimi uzluksiz rivojlanib
boradi. Dastlabki ma’lumotlarni yig’ish, texnikasi, ishlash uslublari yaxshilanib
bormoqda. Shuni ta’kidlash lozimki, xalqaro standartlariga javob beradigan va
bozor iqtisodiyoti xususiyatlariga mos keladigan hisobning yangi tizimini ishlab
chiqishda, olimlar va amaliyotchilar rivojlangan bozor iqtisodiyotidagi
mamlakatlarda bu sohada yaratilgan narsalarga ko’r-ko’rona yondoshayotganlari
yo’q. Lekin xorij mamlakatlarining amaliyotini o’rganish, ularni chuqur va har
tomonlama
tahlil
qilish
O’zbekiston Respublikasida xo’jalik hisobini
takomillashtirish imkoniyatini beradi.
Dostları ilə paylaş: