1.5. Хo’jalik jarayonlari
Тurli mulkchilik shakllarida faoliyat yurituvchi korxonalarning vazifasi, o’z
faoliyati jarayonida mahsulot ishlab chiqarishdan iborat. Bu vazifani bajarish
46
uchun birinchi navbatda ta’minot jarayonini bosib o’tishi, ishlab chiqarish va
undan keyin esa uni sotish jarayoniga kelishi kerak. Bu uchta bosqich har doim bir
-birlarining o’rnini egallaydi va shu bilan korxonada mablag’larning uzluksiz
aylanishini hosil qiladi.
Mablag’lar aylanishidagi asosiy bosqich- moddiy boyliklarni yaratish
jarayoni sodir bo’ladigan ishlab chiqarish bosqichidir. Bu yerda ishlab chiqarilgan
buyumlar nafaqat tashqi ko’rinishi va xususiyati bilan, balki qiymatining hajmi
bilan farq qiladigan yangi mahsulot tayyorlanadi. Yangidan tayyorlangan
mahsulot, sarflangan ishlab chiqarish vositalarining xodimlar mehnati bilan
yaratilgan zaruriy va qo’shimcha mahsulotdan tashkil topgan yangi qiymatlardan
iborat bo’ladi.
Ishlab chiqarish jarayonini buxgalteriya hisobida aks ettirish, birinchidan,
unga qilingan xarajatlar - sarflangan mablag’lar, ishchi kuchi va ikkinchidan,
ishlab chiqarilgan mahsulotlar - tayyor buyumlarda qayd etiladi. Ishlab chiqarish
xarajatlari pul shaklida hisobga olinadi. Bu ishlab chiqarish xarajatlarini yagona
o’lchov birligida ifodalash, tayyor mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi haqida
yig’ma ko’rsatkichni olish uchun zarur. Pul shakli bilan birgalikda, moddiy xarajat
sarflari buxgalteriya hisobida tegishli tartibda natura va mehnat o’lchovlarda ham
ko’rsatiladi. Bu o’lchovlar pulda baholash uchun asos hisoblanib, ulardan
xarajatlar hajmini boshqarish uchun foydalaniladi. Buxgalteriya hisobi mehnat
vositalari va ishchi kuchi sarfini aks ettira turib, ishlab chiharish jarayonining
boshqa tomonini anglatadigan ishlab chiqarish iste’molini ham o’z ichiga oladi.
Ko’pgina korxonalarda ishlab chiqarish vositalari birdaniga tayyor
mahsulotga aylanmaydi. Chunki ularga mehnatning ta’siri yangitdan yaratilgan
mehnat mahsuli sifatida, ma’lum vaqtni talab qiladi. Shu vaqtning o’tishi
davomida ular tugallanmagan ishlab chiqarish shaklida bo’lib turadi.
Ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan milliy daromadni taqsimlash jarayoni
vujudga keladi. Тaqsimlash paytida zaruriy mahsulotning puldagi ifodasi, korxona
47
va davlatning markazlashtirilgan sof daromadining summasi hisoblab chiqiladi.
Bunda korxonaning foydasi buxgalteriya hisobida keyinroq, ya’ni sotish
tugagandan so’nggina aniqlanadi va qayd qilinadi. Korxonaning mablag’lari
boshqa bosqichlarda, ya’ni operatsiya jarayonida sodir bo’ladi. Bu - korxona
ta’minoti va tayyor buyumlarni sotish bosqichlari.
Тa’minot doirasida korxona pul mablag’lari hisobiga o’ziga zarur bo’lgan
moddiy boyliklarni sotib oladi. Sotish bosqichida ishlab chiqarish jarayonida
yaratilgan mahsulotning iste’molchilarga sotish sodir bo’ladi. Bu bosqichning
yakunida korxona zaxiralari yana pul shakliga kiradi.
Korxonaning ta’minoti va sotish jarayonlarini aks ettirishda buxgalteriya
hisobi quyidagilarni qayd qilishi zarur: jarayonlar bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar,
ya’ni ishlab chiqarish vositalarini xarid qilish va mahsulot sotishiga qilingan
xarajatlar; ta’minot jarayonida xarid qilinadigan buyumlar; sotish uchun
mo’ljallangan va sotish jarayonida joylashgan ishlab chiqarish mahsulotlari hamda
sotilgan buyumlar uchun korxonalar tomonidan olinadigan pul mablag’lari va h.k.
Sotilgan mahsulotning summasi ishlab chiqarishga qilingan xarajatlar
summasidan korxona tomonidan belgilangan sof daromad miqdoriga ko’p bo’ladi.
Shunday qilib, sotish jarayonining yakunlanishi moddiy ishlab chiqarish
sohasida yaratilgan sof daromadni taqsimlash imkonini beradi. Bu yerda
buxgalteriya hisobi davlat daromadiga o’tkazilishi lozim bo’lgan, korxona
tomonidan olingan summasi, qo’shilgan qiymat solig’i, aksiz solig’i, foyda solig’i
aniqlanadi va qayd qilinadi.
Sotish jarayoni tugagandan so’ng korxona tegishli organlarga berilishi kerak
bo’lgan summalarni o’tkazish imkoniga ega bo’ladi.
Тovar ishlab chiqarish sharoitida korxona mablag’larining aylanish davri
uning boshqa korxonalar, tashkilotlar va muassasalar bilan xo’jalik aloqalarini
yuzaga keltiradi. Bunday aloqalar korxonada mol yetkazib beruvchilar va
xaridorlar bilan ta’minot hamda mahsulot sotishni amalga oshirishda, bosh
48
kompaniya bilan unga u yoki bu mablag’larni topshirish yoki olib qo’yish paytida,
bank muassasalari bilan ulardan ssudalar olishda, budjetdan tashqari tashkilotlar
bilan ijtimoiy ehtiyojlarga doir hisob - kitoblarda yuzaga keladi. Хo’jalik aloqalari
buxgalteriya hisobida korxona mablag’larini aylanish davrining tegishli
bosqichlari aks ettirilayotgan paytdan qamrab olinadi.
Ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchini ishlab chiqarish maqsadlari
uchun qilingan iste’moldan tashqari, korxonada noishlab chiqarish iste’mollari
ham sodir bo’ladi.
Noishlab chiqarish iste’moliga korxona tasarrufidagi mablag’laridan
foydalanish kiradi. Ularning tarkibiga uy-joy, maishiy xizmatlar, sog’liqni saqlash
va boshqa shu kabi mablag’lari kiradi. Bu mablag’larning holati va ulardan
foydalanishni ham buxgalteriya hisobida hisobga olinadi.
Korxona mablag’larining aylanish davri shundan iboratki, ular - ishlab
chiqarishga, ishlab chiqarish - tovarlarga, tovarlar esa yana yul shakliga aylanadi.
Demak, mablag’larning aylanish davri faqat uning xar xil bosqichlari ketma - ket
uzluksiz kelib tursagina sodir bo’lishi mumkin.
Mablag’larning aylanish davrini to’g’ri tashkil qilish, ularni har bir
bosqichini; bo’lgan muddatlarda bo’lishini talab qiladi. Korxonalarda vujudga
keladigan jarayonlar odatda har doim, deyarli uzluksiz sodir bo’ladi. Shuning
uchun ham, korxonalar har bir bosqichda, ya’ni uch shakldagi - pul, ishlab
chiqarish va tovar mablag’lariga ega bo’lishi kerak. Shu bilan birga bu
mablag’larning miqdori korxona faoliyatining xajmiga to’g’ri kelishi va har bir
boskichda normal ishni ta’minlashi kerak.
Barcha jarayonlar - ta’minot, ishlab chiqarish va sotish - alohida xo’jalik
operatsiyalaridan iborat. Masalan, ta’minot va sotish qator xarajatlar qilish - sotish
hodisalaridan tashkil topadi. Ishlab chiqarishda mehnat buyumlarini mahsulot
tayyorlashga sarflash, korxona xodimlariga bajargan ishlari uchun ish haqi
hisoblash, mehnat vositalaridan mahsulot ishlab chiqarishda foydalanganlik uchun
49
amortizatsiya ajratmalarini hisoblash va xokazolarni qayta - qayta qiymatda
amalga oshiradi.
Har bir operatsiyaning asosiy mazmuni korxona mablag’larining harakati,
ularning shakllari o’zgarishidan iborat. Masalan, materiallarni xarid qilishda
korxona pul mablag’lari o’rniga o’zlariga kerak bo’lgan mehnat buyumlarini oladi
va ularni sarflashda mehnat buyumlarini ishlab chiqarish jarayoni yuzaga kelib,
tayyor mahsulot olinadi.
Bundan shuni xulosa qilish mumkinki, xo’jalik operatsiyalari ishlab chiqarish
faoliyatini amalga oshirshda korxona mablag’larining harakatidan iborat ekan.
Хo’jalik operatsiyalarini buxgalteriya hisobida aks ettirish boshqarish obyekti
haqida kerakli axborotlarni olish, mablag’lardan samarali foydalanish darajasini
baholash imkonini beradi. Shuning uchun ham ular buxgalteriya hisobining asosiy
mazmunini tashkil qiladi.
Dostları ilə paylaş: |