Moliyaviy va boshqaruv hisobi


 Buxgalteriya hisobining usullari



Yüklə 2,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/140
tarix26.09.2023
ölçüsü2,83 Mb.
#148901
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   140
Moliyaviy va boshqaruv hisobi

 
1.7. Buxgalteriya hisobining usullari 
Usul (metod yunoncha «metodos») tushunchasi ikki ma’noni bildiradi:
ayrim voqealarni bilish, o’rganish usuli va alohida usul, harakat usuli yoki 
Mablag‘lar manbai 
(passivlari) 
O‘z mablag‘lar manbai 
Majburiyatlari 
Ustav kapitali 
Qo`shilgan kapital 
Zaxira kapitali 
Sotib olingan xususiy aktsiyalar 
Taqsimlanmagan foyda 
Maqsadli tushumlar 
Qisqa muddatli 
majburiyatlari 
Uzoq muddatli majburiyatlari 
K
е
lgusi davr xarajatlari va 
r
е
z
е
rvlari uchun to`lovlar 


62 
ko’rinishi. 
Birinchi tushuncha kengroq ma’noga ega bo’lib, har bir fan kabi buxgalteriya 
hisobi o’z usuli bilan ta’riflanadi. Hisob yuritish tartibini belgilab beruvchi 
tarkibiy qism sifatida buxgalteriya hisobiga xos bo’lgan quyidagi usullar ma’lum; 
hujjatlashtirish; inventarizatsiya; baholash; kalkulatsiya; buxgalteriya hisobi 
schyotlari; ikkiyoqlama yozuv; buxgalteriya balansi; hisobot. Ushbu tushunchalar 
usul elementlari ham deyiladi. 
Ikkinchi ma’noda - alohida foydalaniladigan usullar ma’nosida - 
qo’llaniladigan usullar yig’indisi hisobning uslubiyatini tashkil etadi. 
Metodologiya buxgalteriya hisobi oldida turgan maqsad va vazifalar ham 
ularni yechish imkoniyatlari, ya’ni mavjud texnik va texnologik baza bilan 
belgilanadi. Usulning mazmuni - mazkur fanning predmeti, vazifalari va uning 
oldiga qo’yiladigan talablar xususiyatlariga bog’liq bo’ladi. Ular buxgalteriya 
hisobi usulining tarkibiga kiradigan aniq usullarni belgilab beradi. 
Eng avval shunga e’tibor berish lozimki, buxgalteriya hisobida sodir 
bo’ladigan barcha xo’jalik jarayonlari, uning ixtiyoridagi barcha mablag’larni aks 
ettiruvchi axborotlarni shakllantiradi. Xil jarayonlarda sodir bo’ladigan 
operatsiyalar soni hamda korxona ixtiyorida joylashgan mablag’lar turi va 
manbalari juda ko’pdir. Bir xo’jalik operatsiyasi mablag’lar hamda manbalar turi 
ustidan 
zaruriy 
boshqaruv 
axborotini 
umumlashtirish, 
shakllantirish
hujjatlashtirish yordamida kuzatib boriladi. 
Hujjatlashtirish buxgalteriya hisobining obyektlari ustidan yoppasiga va 
uzluksiz kuzatishni amalga oshirish imkonini beradigan dastlabki aks ettirish 
usulidir. Buning uchun har bir alohida operatsiya uchun yoki ularning bir turdagi 
guruhi uchun dastlabki hisob axborotini muayyan moddiy tashuvchisi tuziladi. 
Unda amalga oshirilgan operatsiyaning mazmuni qayd etiladi. 
Hujjatlashtirish yordamida sodir bo’layotgan xo’jalik operatsiyalari haqida 
mukammal ma’lumotlar olinadi. Bu ma’lumotlar ularni keyinchalik iqtisodiy 


63 
jihatdan guruhlash va umumlashtirish uchun asos bo’lib hisoblanadi. Huquqiy 
talablarga rioya qilingan holda xujjatlardan foydalanish buxgalteriya hisobining 
ma’lumotlariga isbotlovchi kuch bag’ishlaydi. 
Lekin xo’jalik jarayonida bo’lib o’tayotgan barcha hodisalarni ham 
hujjatlashtirish yordamida qayd qilib bo’lavermaydi. Jumladan, tabiiy yo’qolish, 
mablag’larni qabul qilish va topshirshp paytidagi noaniqliklar, hisobdagi xatolar 
va qolaversa, o’g’riliklar tegishli qiymatliklarning haqiqiy miqdorini dastlabki 
axborotni tashuvchilar hamda hisobda aks ettirilganlaridan chetga og’ishishiga 
olib keladi. Bunday hodisalarni rasmiylashtirish, ular sodir bo’layottanda emas, 
balki ma’lum bo’lgandagina mumkin bo’ladi. Dastlabki axborot tashuvchilar 
tomonidan 
qayd 
qilinmay 
qolgan 
hodisalar, 
hujjatlashtirishga 
zaruriy 
qo’shimchalar, ya’ni qayta ro’yxatga olish yordamida aniqlanadi. Uning 
ma’lumotlari yuqorida keltirilgan u yoki boshqa sabablarga ko’ra o’z vaqtida 
hisobga olinmay qolgan hisob ko’rsatkichlarini haqiqatdagiga muvofiqlashtirish 
uchun xizmat qiladi. 
Shunday qilib, hujjatlashtirish va ro’yxatga olish buxgalteriya hisobining 
obyektlarini dastlabki kuzatishni amalga oshirish uchun qo’llaniladi. Ulardan 
foydalanish - mulkning but saqlanishi ustidan nazorat qilish imkonini beradi. 
Hujjatlashtirish 
va ro’yxatga olishning ma’lumotlari moddiy-javobgar 
shaxslarning xatti-harakatlari, amalga oshirilayotgan muomalalarning qonuniyligi, 
mablag’larning to’g’ri saqlanishi, ulardan maqsadga muvofiq ravishda foydalanish 
va shu kabilar ustidan kuzatish imkonini beradi. 
Uqorida ta’kidlanganidek, xo’jalik operatsiyalari va mablag’lar turli-
tumandir. Lekin buxgalteriya hisobi ular haqida yig’ma ko’rsatkichlarni berishi 
kerak. Bu, yig’iladigan ma’lumotlar pul o’lchovlarida ifodalanadi. Buning uchun 
buxgalteriya hisobida baholash usuli qo’llaniladi. Baholash yordamida natura va 
mehnat ko’rsatkichlarini pul ko’rsatkichlariga aylantiriladi. 
Хo’jalik jarayonini boshqarish uchun uni amalga oshirish bilan bog’liq 


64 
bo’lgan barcha chiqimlarni hisoblab chiqish, har bir jarayonda ishlatilgan ham 
jonli ham moddiylashtirilgan mehnatni hisoblab chiqish kerak. Bunda xar bir 
chiqim turining miqdorinigina emas, balki aniq bo’lgan, ularning obyektiga 
tegishli bo’lgan umumiy summasini topish, ya’ni hisobga olinayotgan 
mahsulotlarning tannarxini aniqlab topish lozim bo’ladi. Mahsulot tannarxi - 
ishlab chiqarish xarajatlarining miqdori ustidan nazorat qilish uchun 
qo’llaniladigan kalkulatsiya yordamida hisoblab topiladi. U obyektlarning haqiqiy 
tannarxini aniqlash imkonini beradi.
Shunday qilib, kalkulatsiya buxgalteriya hisobi obyektlarini qiymatli o’lchash 
uchun xizmat qiladi. Ularning qo’llanilishi tijorat hisob-kitobini mustahkamlash 
uchun katta ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki, tijorat hisob-kitobiga rioya qilish 
korxona xarajatlari bilan uning faoliyat natijalari o’rtasidagi muvofiqlikni talab 
qiladi. Хarajatlar bilan natijalarni solishtirish haqiqiy tannarx kalkulatsiyasi 
ma’lumotlariga asoslanadigan puldagi ifodalash yo’li bilan erishiladi. 
Buxgalteriya 
hisobining 
obyektlari 
tarkibidagi 
va 
funksiyalaridagi 
farqlanishlar ularning ustidan alohida guruhlar bo’yicha, masalan, mehnat 
vositalari, buyumlari, pul mablag’lari va hokazolarni kuzatish zarurligini taqozo 
etadi. Undan tashqari, ushbu guruhlarning ichida mablag’larning alohida turlari va 
ularning joylashgan joylari bo’yicha tashkil qilish kerak bo’ladi. Demak, hisob 
bilan alohida ajratilgan har bir mehnat vositasining turi - binolar, mashinalar, 
uskunalar; mehnat buyumlari - asosiy va yordamchi materiallar, yoqilg’i, yarim 
tayyor mahsulot va boshqalar; pul mablag’lari ularning joylashgan joylari 
bo’yicha hisob-kitob, valuta va bankdagi boshqa schyotlar, korxonaning kassasida 
qamrab olingan bo’lishi kerak. Shu bilan birga bunday guruhlash ko’pincha yetarli 
deb hisoblanmaydi. Masalan, mehnat buyumlarining har xil turlari, aytaylik, 
asosiy materiallar ustidan kuzatish ularning har bir turi, navi, katta-kichikligi va 
hokazolar to’g’risida ma’lumotlar olishni talab qiladi. Shunga o’xshash guruhlash 
buxgalteriya hisobida mablag’lar manbalari va xo’jalik jarayonlari bo’yicha ham 


65 
amalga oshiriladi.
Хo’jalik mablag’lari va xo’jalik operatsiyalarini aks ettirishda, ularni 
boshqarish uchun zarur bo’lgan ma’lumotlarni olishda, buxgalteriya hisobi 
obyektlarini iqtisodiy jihatdan guruhlashda schyotlardan foydalaniladi. 
Axborotni dastlabki tashuvchilardagi ma’lumotlar hisob obyektlariga faqat 
tarqoq bo’lgan tavsifni beradi. Shu sababli schyotlarga ehtiyoj tug’iladi. Bu 
ma’lumotlarni umumlashtirgan holda guruhlash va summalashtirish lozim bo’ladi. 
Bunday funksiyani buxgaltfiya hisobida schyotlar bajaradi. 
Хo’jalik operatsiyalarini buxgalteriya schyotlarida aks ettirish ikkiyoqlama 
yozuv vositasida amalga oshiriladi. Ikkiyoqlama yozuvning mohiyati har bir 
xo’jalik operatsiyasi natijasida yuzaga keladigan ikki hodisani o’zaro bog’langan 
holda aks ettirishdan iborat. Masalan, materiallarni xarid qilish operatsiyasini qayd 
eta turib, sotib olingan qiymatliklarning kelishi va mol yetkazib beruvchilarga 
to’langan pul mablag’larining sarflanishi ko’rsatkichlari o’zaro bog’lanadi yoki 
mahsulot tayyorlashga meteriallar sarflashni aks ettira turib, o’zaro bog’liqlikda 
ishlab chiqarish chiqimlarining oshishi va korxona omboridagi materiallarning 
kamayishi ko’rsatiladi. Operatsiyalarni bunday usul bilan yozish ularning iqtisodiy 
mazmunini ochib beradi va xo’jalik faoliyatini chuqurroq o’rganishga yordam 
beradi. 
Shunday qilib, schyotlar va ikkiyoqlama yozuv buxgalteriya hisobi obyektlari 
to’g’risidagi ma’lumotlarni joriy guruhlash maqsadida qo’llaniladi. Ular 
yordamida korxonani operativ boshqarish, moddiy javobgar shaxslar mulklarini 
but saqlanishi ustidan nazorat amalga oshiriladi. Ular xo’jalik faoliyatining yig’ma 
ko’rsatkichlarini hisoblab chiqish uchun zarur bo’lgan ma’lumotlarni asta-sekin 
jamg’arish va tartibga solish imkonini beradi. 
Buxgalteriya hisobi, aniq obyektlarning keng bo’lgan tarkibi korxona xo’jalik 
mablag’larini doimiy ko’zdan kechirish zarurligini taqozo etadi. Buning uchun 
xo’jalik mablag’larini ikki, ya’ni ularning turlari va joylashishi hamda tashkil 


66 
topish manbalari qanday maqsadga mo’ljallanganligiga qarab, ko’rsatadigan 
buxgalteriya balansi xizmat qiladi. Хo’jalik mablag’larini aks ettirishning bunday 
tartibi ularning barcha yig’indisini o’zaro bog’langan holda ko’rish imkonini 
beradi va korxonaning ular bilan ta’minlanganligini tahlil qilishni yengillashtiradi. 
Хo’jalik jarayonlarini vaqti-vaqti bilan ko’zdan kechirish buxgalteriya 
hisobida ularni tavsiflovchi ko’rsatkichlar ustidan kuzatish yo’li bilan amalga 
oshiriladi. Bunday ko’rsatkichlar xo’jalik faoliyatining barcha asosiy uchastkalari 
bo’yicha belgilanadi. Bu ishlab chiqarish va sotish xajmi, foyda va rentabellik, 
tannarx va boshqalardir. Bularning hammasi hisob ma’lumotlari asosida budjet 
bajarshshshining yig’ma tizimini ifodalovchi hisobotda aks ettiriladi. Hisobot 
hisob-kitoblarning ilmiy asoslangan tizimi yordamida tuziladi. U hisoblab 
chiqariladigan ko’rsatkichlarnin to’g’riligini va ularning o’tgan davrdagi xuddi 
shunday ko’rsatkichlari bilan hamda korxonaning moliyaviy ahvolini baholash 
maqsadida boshqa korxonalarning xuddi shunday ko’rsatkichlari bilan solishtirish 
mumkinligini ta’minlaydi. 
Yuqorida aytilganlardan kelib chiqib, balans va hisobot buxgalteriya hisobi 
ma’lumotlarini yakunlovchi umumlashtirish usuli hisoblanadi, desak bo’ladi. Bu 
usullardan foydalanish buxgalteriya hisobining muhim vazifalari hisoblangan 
korxona va uning tarkibiy bo’linmalarini boshqarish, korxonaning moliyaviy 
ahvolini baholash kabi muhim bo’lgan vazifalarni yechishni ta’minlaydi. 
Korxonada operativ boshqarish hujjatlari va schyotlari ma’lumotlari bo’yicha har 
kuni amalga oshiriladi, lekin u uzoqroq bo’lgan muddatdagi korxonalar ishini 
chuqur tahlil qilish imkonini bermaydi. Хo’jalik faoliyati natijalarini uzoq bo’lgan 
vaqtlar uchun har tomonlama va mukammal taxlil qilishni faqat balans va hisobot 
yordamidagina amalga oshiriish mumkin. 
Shu bilan, buxgalteriya hisobida qo’llaniladigan usullar mohiyatini ko’rib 
chiqishga yakun yasaymiz. Shunday qilib, buxgalteriya hisobining metodi 
quyidagi usullardan iborat ekan: hujjatlashtirish va yo’qlama qilish, baholash va 


67 
kalkulatsiya, schyotlar va ikkiyoqlamali yozuv, balans va hisobot. 
Bu usullardan ba’zi birlari xo’jalik hisobining boshqa turlarida ham keng 
qo’llaniladi. Jumladan, keng miqyosda hujjatlashtirish, baholash, kalkulatsiya, 
hisobot va ma’lum darajada balansli usul qo’llaniladi.
Buxgalteriya hisobining amaliyotida barcha usullar ajralgan holda emas, balki 
yagona butunlikning bir qismi sifatida quyidagi ketma-ketlikda qo’llaniladi. 
Hujjatlashtirishdan - xo’jalik operatsiyalari haqida dastlabki ma’lumotlarni olish 
uchun foydalaniladi. Ma’lumotlarni hujjatlashtirish asosida xo’jalik faoliyatini 
buxgalteriya hisobida navbatdagi aks etgirish amalga oshiriladi. Hujjatlardan 
ma’lumotlar, albatta, umumlashtirilgan pul o’lchovida ifodalanadi. Buning uchun 
natura va mehnat ko’rsatkichlaridan pul ko’rsatkichlariga o’tkazish imkonini 
beradigan baholash xizmat qiladi. 
Hujjatlarda qayd etilgan buxgalteriya hisobi obyektlari to’g’risidagi 
ma’lumotlar iqtisodiy jihatdan guruhlanadi va summalashtiriladi. Buning uchun 
esa schyotlar va ikkiyoqlama yozuvdan foydalaniladi. Schyotlardan olinadigan 
ko’rsatkichlar ikkiyoqlama yozuv yordamida o’zaro bog’lanadi. Schyotlarda 
keltirilgan ma’lumotlar yo’qlama qilish jarayonida tekshiriladi va aniqlanadi. 
Тekshirilgan ma’lumotlar asosida u yoki boshqa obyektga tegishli bo’lgan 
chiqimlar, ya’ni ularning tannarxi hisoblab chiqiladi - kalkulatsiya tuziladi. 
Shunday tarzda joriy buxgalteriya hisobi yuritiladi hamda korxona va uning 
tarkibiy bo’linmalarining faoliyati boshqariladi. Buxgalteriya hisobi obyektlarini 
joriy aks ettirish mablag’larning turlari va ularning manbalari sinov balansida 
solishtirish bilan nazorat qilinadi va ichki hisobot yordamida joriy ma’lumotlarni 
vaqti-vaqti bilan yig’ib yakunlanadi. 
Buxgalteriya hisobi usulini turli unsurlari bilan birga olib borish va ulardan 
amaliy foydalanish mana shulardan iborat. Usulning unsurlari bir-birovlari bilan 
chambaras bog’liq bo’lib, ularning har biri oldingilaridan foydalanadi yoki o’zlari 
keyingilariga ma’lumotlar beradi.


68 
Shunday qilib, buxgalteriya hisobining usuli xo’jalik mablag’lari va 
jarayonlarini boshqarish uchun axborotni shakllantirish usullarining yig’indisidir. 
Buxgalteriya hisobining usuli qator usullardan keng foydalanish bilan 
tavsiflanadi va ularning hap biri ma’lum maqsadlarga xizmat qilib, birgalikda 
yagona tizimni hosil qiladi. Buxgalteriya obyektlari unda yoppasiga va uzluksiz 
o’z aksini topadi. Buxgalteriya hisobining usuli hisobga olinayotgan obyektlarni 
o’zaro bog’langan holda aks ettirish imkonini beradi va shu bilan ayrim hodisalar 
o’rtasidagi sababli bog’liqlikni yuzaga chiqaradi. Хo’jalik hodisalari buxgalteriya 
hisobida real ma’lumotlar asosida ko’rsatiladi va shu bilan uning obyektivligi 
ta’minlanadi. 
Buxgapteriya hisobining usuli xo’jalik xayotining barcha xodisalari, xo’jalik 
faoliyati jarayonida sodir bo’layotgan barcha ko’p sonli operatsiyalarni kuzatish 
imkonini beribgina qolmay, undan tashqari, ilmiy asoslangan boshqaruv 
yechimlarini ishlab chiqish uchun katta ahamiyatga ega bo’lgan ma’lumotlarni 
iqtisodiy jihatdan umumlashtirish imkoniyatini ham yaratadi. Buxgalteriya hisobi 
usulidan foydalanshpning bosh maqsadi xo’jalik faoliyatini boshqarishni amalga 
oshirish uchun talab qilinadigan ko’rsatkichlarni hisoblab chiqishdan iborat. 
Yuqorida yozilganlarga asoslanib buxgalteriya hisobi usulining mohiyatini 
quyidagicha ta’riflash mumkin. 
Buxgalteriya hisobining usuli - buxgalteriya hisobi obyektlarini xo’jalik 
faoliyatini boshqarish orqali amalga oshirish maqsadida yoppasiga, uzluksiz, 
o’zaro bog’langan va obyektiv aks ettirishni ta’minlaydigan usullar tizimidan 
iborat.

Yüklə 2,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin