Buxgalteriya hisobining predmeti – korxonani xo‘jalik mablag‘lari va ularni tashkil topish manbalarini, ularni xo‘jalik jarayonlari natijasida o‘zgarib borishlarini yoppasiga, uzluksiz, qonun-qoidalarga asosan hujjatlarda to‘liq, aniq, to‘g‘ri aks ettirib borishdir.
Yuqoridalardan shuni xulosa qilish mumkinki, buxgalteriya hisobining predmeti - takror ishlab chiqarish jarayonidagi korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning samarali boshqarilishida mablag‘lar holati va ulardan unumli foydalanish haqidagi axborotlarni shakllantirish hisoblanadi.
Metod (usul, yunoncha metodos) tushunchasi ikki ma’noni bildiradi:
– ayrim voqealarni bilish o‘rganish usuli;
– alohida usul, harakat usuli yoki ko‘rinishi.
Birinchi tushuncha kengroq ma’noga ega. Hisob yuritish tartibini belgilab beruvchi tarkibiy qism sifatida buxgalteriya hisobiga xos bo‘lgan usullarni quyidagi jadvalda ko‘rishimiz mumkin:
1-jadval Buxgalteriya hisobining uslub(metod)lari
T/r
Uslublar
Uslublar ta’rifi
Hujjatlashtirish
Buxgalteriya hisobining obyektlari ustidan yoppasiga va uzluksiz kuzatishni amalga oshirish imkonini beradigan dastlabki aks ettirish
Inventarizatsiya
Korxona mablag‘ini tekshirib, ro‘yxatga olish va olingan ma’lumotlarni hisob ma’lumotlari bilan solishtirish
Baholash
Xo‘jalik mablag‘lari, majburiyatlar va xo‘jalik jarayonlarini pul o‘lchov birligida aks ettirish
Muayyan sanaga korxonaning mol-mulki va ularning manbalari to‘g‘risidagi axborotni iqtisodiy guruhlashtirish hamda pul bahosida umumlashtirish
Hisobot
Moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tavsiflaydigan umumlashtirilgan ko‘rsatkichlar tizimini o‘zida mujassamlashtiradi
Ikkinchi ma’noda – alohida foydalaniladigan usullar ma’nosida - qo‘llaniladigan usullar yig‘indisi hisobning metodologiya (uslubi)sini tashkil etadi.
Metodologiya buxgalteriya hisobi oldida turgan maqsad va vazifalar ham ularni echish imkoniyatlari, ya’ni mavjud texnik va texnologik baza bilan belgilanadi.
Usulning mazmuni – mazkur fanning predmeti, vazifalari va uning oldiga qo‘yiladigan talablar xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Ular buxgalteriya hisobi usulining tarkibiga kiradigan aniq usullarni belgilab beradi.