toki debet bo‘yicha umumiy summa kredit bo‘yicha umumiy summani muvozanatlashtirsin va tizimda har doim balans ushlab tursin. Buxgalteriya hisobida ikki yoqlama yozish deb, xo‘jalik muomalalari natijasida vujudga keladigan iqtisodiy hodisalarni hisobvaraqlar orqali o‘zaro aloqador holda aks ettirish usuliga aytiladi.

Demak, barcha xo‘jalik muomalalari buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida ikki yoqlama yozuv usuli bilan: bir hisobvaraq debetida va ayni vaqtda boshqa hisobvaraq kreditida teng summada aks ettiriladi.
Demak, barcha xo‘jalik muomalalari buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida ikki yoqlama yozuv usuli bilan: bir hisobvaraq debetida va ayni vaqtda boshqa hisobvaraq kreditida teng summada aks ettiriladi.
Ikki yoqlama yozuv tizimi nazorat ahamiyatiga ega, chunki hisobot davri uchun barcha hisobvaraqlar debeti bo‘yicha oborotlar summasi kredit bo‘yicha barcha hisobvaraqlar oborotlari summasiga teng.
Har qanday xo‘jalik muomalasini ikki yoqlama yozuv bilan aks ettirish buxgalteriya balansi umumiy summasining tengligini saqlaydi.
Korxona xalq xo‘jaligining qaysi tarmog‘iga qarashligidan qat’iy nazar, unda qanday xo‘jalik jarayoni ro‘y berishidan qat’iy nazar har doim ikki xil yoki undan ortiq xo‘jalik mablag‘i yoki ularining tashkil topish manbalari ishtirok etadi. Shuning uchun ham xo‘jalik jarayonlarini schetlarida aks ettirishda 2 yoki undan ortiq schetlardan foydalaniladi.
Ikki yoqlama yozuv usulini ahamiyati shundaki, uni yordamida, hisob ishlari to‘g‘ri yuritilayotganligini nazorat qilib borish imkoniyati yaratiladi. Ikki yoqlama yozuv buxgalteriya hisobining asosiy qoidalaridan biri bo‘lib hisoblanadi.