Bogning uzunligi. Kimyoviy bog`ning uzunligi r - harfi bilan belgilanib 0A, nm da o`lchanadi.
Bog`ning uzunligi deb, kimyoviy bog`lanish hosil bo`lishida ishtirok etgan atomlar yadrolari o`rtasidagi masofaga aytiladi. Vodorod molekulasidagi H-H bogning uzunligi rH-H = 0,74 nm.
Molekula hosil qilgan atomlarning markazlararo masofasi angestremlar (A0) bilan o‘lchanadi4:
vodorod molekulasi - H2
|
ftorid kislota molekulasi – HF
|
Kimyoviy bog`lanishlar soni ortishi bilan bir xil element atomlari hosil qilgan bog`ning uzunligi quyidagicha o`zgaradi:
H3C – CH3 da rC-C = 0,154 nm. H2C = CH2 da rC-C = 0,135 nm,
HC = CH da rC-C = 0,121 nm ga teng.
Valent burchak. Kimyoviy bog`lanishlar orasidagi burchak valent burchagi deyiladi. Agar H2O molekulasini olib qaralsa H – O bog`i bir-biriga nisbatan 1040 burchak ostida joylashadi va molekula burchaksimon tuzilishga ega bo`ladi. Suv molekulasida valent burchagi 1040; CH4 molekulasida bog`lar orasidagi burchak 109028.
Boglanish tartibi. O`zaro kimyoviy bog` hosil qilgan atomlar orasida hosil bo`lgan bog`lanishlar soni bo`lib, birlamchi, ikkilamchi (qo`sh bog`), uchlamchi (uch) bog`lanish mavjud bo`ladi. Bog`lanishlar tartibi ortishi bilan bog`ning barqarorligi ortadi, uzunligi qisqaradi.
Dostları ilə paylaş: |