Monopoliya va uning mazmun mohiyati. Monopoliya turlari, tabiiy va sun’iy monopoliya



Yüklə 61,2 Kb.
səhifə1/11
tarix20.11.2023
ölçüsü61,2 Kb.
#162212
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Monopoliya va uning mazmun mohiyati Monopoliya turlari, tabiiy


REJA:

  1. Monopoliya va uning mazmun mohiyati.



  1. Monopoliya turlari, tabiiy va sun’iy monopoliya.



  1. O’zbekiston Respublikasida monopoliyaga qarshi olib borilayotgan chora tadbirlar.

Prezidentimiz o‘z ma’ruzalarida “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risidagi qonun bugungi kunda eskirdi va zamon talablariga javob bermay qoldi. Shuni e’tiborga olgan xolda “Raqobat to‘g‘risidagi” yangi qonunni ishlab chiqarishimiz va qabul


qilishimiz zarur.” - deb ta’kidlagan edilar.
Shulardan kelib chiqqan xolda, raqobat bozor iqtisodiyotini harakatlantiruvchi mexanizmi hisoblanadi. Aynan sog’lom raqobatgina bizni monopoliyadan saqlab qoluvchi omildir. Zero, raqobat tashqi kuch sifatida maydonga chiqib, korxonalarda mehnat unumdorligini oshirish, harajatlarni kamaytirish, ishlab chiqarish va mehnatni oqilona tashkil etishga, binobarin ishlab chiqarishni kengaytirish va samaradorligini oshirishga doimo undab turadi.
Iqtisodiyotda bozor mexanizmining samarali amal qilishi va raqobat muhitining ta'minlanishi monopoliyalar, ularning kelib chiqish sabablari va amaliyotidagi xususiyatlarini ko'rib chiqishni taqozo etadi.
Monopoliya tushunchasiga turli o'quv adabiyotlarida turlicha ta'rif beriladi. Jumladan, ba'zi o'rinlarda unga «davlat, korxonalar, tashkilotlar, sotuvchilarning qandaydir xo'jalik faoliyatini amalga oshirishdagi mutlaq huquqi sifatida qaralsa, boshqa holatlarda, «faoliyatning u yoki bu sohasida shaxs yoki kishilar guruhining har qanday (ba'zi adabiyotlarda yakka) hukmronlik holati», deb ta'riflanadi. Bu ta'riflardagi monopoliyaning «mutlaq huquq» yoki har qanday yoki yakka hukmronlik holati» kabi tavsiflari uning mohiyatini aniq yoritib berolmasligi sababli, uni quyidagicha ta'riflash o'rinli deb hisoblaymiz: monopoliya — monopol yuqori narxlarni o'rnatish hamda monopol yuqori foyda olish maqsadida tarmoqlar, bozorlar va yaxlit makroiqtisodiyot ustidan hukmronlikni amalga oshiruvchi yirik korxonalar (firma, korporatsiyalar)ning birlashmalari.
«Monopoliya» atamasining kelib ehiqishi bozorga oid tushunchalardan (ya'ni. grekcha «monoc» - yagona, bitta va «poleo» - sotaman) tarkib topsada, biroq uning iqtisodiy asoslari aslida ishlab chiqarishga borib taqaladi.
Monopoliyalar vujudga kelishining moddiy asosi ishlab chiqarishning to'planishi hisoblanadi.Ishlab chiqarishning to'planishi ishlab chiqarish vositalari, ishchi kuchi hamda mahsulot ishlab chiqarish hajmining yirik korxonalarda to'planishini namoyon etadi.
Ishlab chiqarish to'planishining asosiy sababi bo'lib olinayotgan foyda hajmining ko'payishi hisoblanadi. Foydani muntazam ravishda ko'paytirib borish maqsadida tadbirkor olingan qo'shimcha mahsulot (foyda)ning bir qismini kapitallashtiradi, ya'ni unga qo'shimcha ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi sotib oladi. Bu esa, ba'zi bir korxonalarning o'sishi hamda ishlab chiqarish miqyoslarining kengayishiga olib keladi.Shu bilan birga raqobat amaldagi kapitallarning ixtiyoriy yoki majburiy birlashtirish, markazlashtirish tendensiyasini keltirib chiqaradi. Shunday qilib, ishlab chiqarish to'planishining moddiy asosi bo'lib kapitalning to'planishi va markazlashuvi hisoblanadi.
Kapitalning to'planishi - bu qo'shimcha qiymatning bir qismini jamg'arish (kapitallashtirish) natijasida kapital hajmining oshishidir. Bu jarayon quyidagi ko'rsatkichlar orqali tavsiflanadi: korxonadagi ishlovchilar soni, korxonaning ishlab chiqarish quvvati, qayta ishlanayotgan xom ashyo miqdori, tovar aylanmasi hajmi, foyda hajmi.
Kapitalning to'planishi kapitalning markazlashuvi jarayoni bilan yanada to'ldiriladi.Kapitalning markazlashuvi - bu bir kapital tomonidan boshqa birining qo'shib olinishi yoki bir qancha mustaqil kapitallarning aksiyadorlik jamiyati shaklida ixtiyoriy birlashishi orqali kapital hajmining o'sishidir.Ishlab chiqarishning gorizontal va vertikal to'planishi farqlanadi.
Ishlab chiqarishning gorizontal to'planishi - bu milliy iqtisodiyotning ma'lum tarmog'i doirasidagi korxona va firmalarning yiriklashuvidir. U erkin raqobat davri, shuningdek, XX asrning boshlarida ishlab chiqarish to'planishining asosiy shakli sifatida maydonga tushgan edi.
Ishlab chiqarishning vertikal to'planishi - bu milliy iqtisodiyotdagi bir necha o'zaro bog'liq tarmoqlarda mahsulot ishlab chiqarishning to'planishidir.U ilmiy-texnika taraqqiyoti sharoitlarida keng rivojlandi.
Ishlab chiqarishning to'planishi o'z rivojining ma'lum darajasida monopoliyalarning paydo bo'lishiga olib keladi. Ishlab chiqarishning to'planishi hamda monopoliyalarning paydo bo'lishi o'rtasidagi ichki aloqalar quyidagilarda namoyon bo'ladi:
1.Tarmoqlarda bir necha yirik korxonalarning hukmron mavqega ega bo'lishi ularning bir-biri bilan kelishuviga hamda monopolistik birlashmalar tuzishiga imkon yaratadi;
2. Yirik korxonalar o'rtasidagi raqobat juda qaltis bo'lib, ular uchun katta miqyosdagi yo'qotishlarga olib kelishi mumkin. Shunga ko'ra, raqobatni cheklash, tovarlarga yuqori narxlar belgilash va yuqori foyda olish uchun yirik ishlab chiqaruvchilaming monopolistik ittifoqlarga birlashishlari lozim bo'ladi.
Monopoliyalarning vujudga kelishida ishlab chiqarishning to'planishidan tashqari yana bir qator omillar ta'sir ko'rsatadi:
1)davlatning proteksionistik bojxona siyosati. U chet eldagi raqobatchilarning ichki bozorga kirish imkoniyatini yo'qotib, monopoliyalarning paydo bo'lishiga sharoit yaratadi;
2) banklarning faoliyati va moliyaviy siyosati. Banklar sanoat monopoliyalarining jadal o'sishiga imkon beradi. Monopoliya sharoitida firma narx ustidan sezilarli nazoratni amalga oshiradi. Buning sababi oddiy. U mahsulot (xizmat)ning yagona ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi va demak, taklifning umumiy hajmi ustidan nazorat qiladi. Monopolistik raqobat o‘z ichiga ham monopoliya, ham raqobat unsurlarini oladi.
Bunda tarmoqdagi bir turdagi mahsulotning o‘nlab ishlab chiqaruvchilari bir-birlari bilan qulay narx hamda ishlab chiqarish hajmiga erishish borasida raqobatlashadilar. Biroq, ayni paytda, har bir ishlab chiqaruvchi o‘z mahsulotini tabaqalashtirish, ya’ni shu turdagi boshqa mahsulotlardan qaysi bir jihati (sifat darajasi, shakli, qadoqlanishi, sotish sharoitlari va h.k.) bo‘yicha farqlantirish orqali uning monopol ishlab chiqaruvchisiga aylanadi.
Hozirda turli darajadagi monopolistik tuzilmalar rivojlanib borishi bilan ular o‘rtasidagi raqobatning shakllari ham turli ko‘rinishlarda namoyon bo‘lib bormoqda. Jumladan, turli monopollashuv darajasidagi tuzilmalar o‘rtasida mavjud bo‘lishiga ko‘ra quyidagi raqobat turlarini ajratib ko‘rsatish mumkin:
1) monopollashmagan korxonalar o‘rtasidagi raqobat;
2) monopoliyalar hamda monopolistik birlashmalarga kirmagan ishlab
chiqaruvchilar o‘rtasidagi raqobat;
3) turli monopoliyalar o‘rtasidagi raqobat;
4) monopolistik birlashmalar o‘zining ichidagi raqobat.
O‘z miqyosiga ko‘ra raqobat ikki turga - tarmoq ichidagi va tarmoqlararo raqobatga bo‘linadi.
Monopoliyalarning mohiyatini ochib bеrishda uning turlarini ko’rib chiqish muhim ahamiyat kasb etadi. Monopoliyalarning turlarini bir nеcha mеzonlarga ko’ra ajratish mumkin.

Yüklə 61,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin