Monopoliyaga qarshi boshqaruv va raqobatni rivojlantirishning mohiyati, uning mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishdagi o’rni abdulhay Qosimov


Monopoliyaning paydo bo‘lishining sabablari va uning salbiy oqibatlari



Yüklə 28,31 Kb.
səhifə3/5
tarix27.02.2023
ölçüsü28,31 Kb.
#85740
1   2   3   4   5
9-15

Monopoliyaning paydo bo‘lishining sabablari va uning salbiy oqibatlari.


Monopoliyaning eng to’g’ri talqini shundaki, u bozor tuzilmasining bir turi bo‘lib, unda ma’lum bir mahsulotning bir va faqat bitta sotuvchisi mavjud. Yagona yetkazib beruvchi boʻlgan monopolist korxona (koʻpincha monopoliya deb ham ataladi) maʼlum bozor doirasida mahsulotning barcha potensial xaridorlarining umumiy talabiga javob beradi va shu maʼnoda u sanoat bilan bir xildir. Monopoliyaning paydo bo‘lishining bir nechta sabablari mavjud, xususan :






  • jamiyat ishlab chiqaruvchi kuchlarining rivojlanishi natijasida kapitalning kontsentratsiyasi va markazlashuvi jarayonlarini kuchaytirish.

  • mulkchilikning yangi shakllari, ayniqsa, aktsiyadorlik jamiyatlarining paydo bo‘lishi.

Monopoliya mamlakat iqtisodiyotida qarama-qarshi rol o‘ynaydi. CHunki monopol korxonalar hohlagan vaqtda ishlab chiqarishni cheklashi va korxona tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarga yuqori narxlar belgilashi mumkin. Bu holat mamlakat iqtisodiyotida resurslarning nomutanosib taqsimlanishiga olib kelishi mumkin. Monopoliya daromadlar tengsizligini kuchaytirishi sabab bo’lluvchi omillardan biri bo’lib, monopol korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni faqatgina ushbu mahsulotlarni sotib olishga qodir iste’molchilar sotib olishlari mumkin, ya’ni daromadi yuqori bo’lgan istemolchilar monopol korxonalar mahsulotlarini narxi yuqoriligiga moslashgan holda sotib olishga tayyor bo’ladi.


Yirik firmalar fan-texnika taraqqiyotini rivojlantirishdan samarali foydalanib, o‘z imkoniyatlarini yuqori darajaga olib kelishlari va natijada daromadlari past bo’lgan aholi turmush darajasining yuqori daromadli aholiga nisbatini aniqlashda ishtirokchi bo’lishi hamda bozordagi raqobatni cheklab qo‘yishi mumkin. Boshqa tomondan, monopol korxonalar yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish strategiyasiga ega bo’lib, faqatgina o’zining iste’molchilariga mahsulotlarni ishlab chiqarishlari kuzatiladi. Monopol korxonalar raqobatchi korxonalarga nisbatan ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirib, daromadlarini oshirishga ko’proq moyil bo’ladi. Shuningdek, monopol korxonalarda moddiy va moliyaviy resurslarni tejash imkoniyati mavjud.

Yüklə 28,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin