Monopoliyaga qarshi boshqaruv va raqobatni rivojlantirishning mohiyati, uning mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishdagi o’rni abdulhay Qosimov



Yüklə 28,31 Kb.
səhifə2/5
tarix27.02.2023
ölçüsü28,31 Kb.
#85740
1   2   3   4   5
9-15

Monopoliya atamasining mohiyati.


Monopoliya atamasini o’rganishda ko’plab xorijiy va mahalliy iqtisodchi olimlar o’z qorashlarini ilmiy izlanishlar natijasida turlicha izohlaganlar.


Rossiya iqtisodchi olimi S.G.Padisov monopoliyaga quyidagicha ta’rif bargan: Monopoliya - ("mono"
- bitta va yunoncha "poleo" - sotaman) so'zlaridan kelib chiqqan bo'lib, davlat, tashkilot, kompaniyaning

ma'lum bir sohasidagi noodatiy yakka huquqini bildiradi. Iqtisodiy ma'noda monopoliya - bozor ustidan ma'lum darajadagi hokimiyatni anglatadi. [1]
S.V.Klyuzina o’zining ilmiy tatqiqot ishlarida raqobat va monopoliyaga “raqobat va monopoliya bozorning o'zini o'zi tashkil etishining ikki tomoni sifatida tovar bozorlari chegaralarida yonma-yon mavjud bo'ladi. Bir-birini to'ldiradi, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning butun tarixiy bosqichlarida bir-birini almashtiradi, doimiy ravishda bir-biriga aylanadi” - deb ta’rif bergan.[2]
Iqtisodiyotda bozor mexanizmining samarali amal qilishi va raqobat muhitining ta’minlanishi monopoliyalar, ularning kelib chiqish sabablari va amal qilish xususiyatlarini ko’rib chiqishni taqozo etadi. Yana bir qator adabiyotlarda monopoliyaga quyidagiyaa ta’rif berilgan: “monopoliya- davlat, korxonalar, tashkilotlar, sotuvchilarning qandaydir xo’jalik faoliyatini amalga oshirishdagi mutlaq huquqi” [3], “Monopoliya- faoliyatning u yoki bu sohasida shaxs yoki kishilar guruhining har qanday hukmronlik holati” [4], kabi ta’riflar berilgan.
Mahalliy olimlariz ham monopoliya tushunchasiga turli adabiyotlarda ta’riflarini berganlar. “monopoliya – monopol yuqori narxlarni o’rnatish hamda monopol yuqori foyda olish maqsadida tarmoqlar, bozorlar va yaxlit makroiqtisodiyot ustidan hukmronlikni amalga oshiruvchi yirik korxonalar (firma, korporatsiyalar)ning birlashmalari”[5] kabi ta’riflar berilgan.
Raqobat tushunchasi bo’yicha berilgan ta’riflardan anglash mumkinki, monopoliya bu yuqori foydani doimiy ko’zlagan holda bozorda yuqori narxlar bilan xukumronlikni egallashga bo’lgan harakatlar yig’indisidir deb ta’rif berish mumkin.

Yüklə 28,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin