Bilvosita o‘lchash - Bevosita o‘lchangan kattaliklar bilan o‘lchana-yotgan katalik orasida
bo‘lgan ma`lum bog‘lanish asosida kattalikning qiymatini topish.
O‘lchash o‘zgartkichlarining vazifasi nima? O‘lchanadigan kattalikni keyingi o‘lchash yoki
o‘zgartirish uchun qulay bo‘lgan formadagi kattalikka o‘zgartirish.
Differensial usuli - O‘lchanayotgan kattalikning va o‘lchov orqali yaratilgan kattalikning
ayirmasini o‘lchash asbobiga ta`sir qilish usuli.
Kuchlanish bo‘lgichlari qanday maqsadda ishlatiladi? O‘zgarmas tok potensiometrlarining
o‘lchash diapazonini kengaytirishda ishlatiladi.
O’lchashlar natijalarining yaqinliligi deganda – bir kattalikning o’zini bir xil sharoitlarda, bir
xil puxtalik va usul bilan bir xil vositalar yordamida takror o’lchash natijalarining bir-biriga
yaqinligi.
Majmuiy o‘lchash deb nimaga aytiladi? Bir nechta nomdosh kattaliklarning birikmasini bir
vaqtda bevosita o‘lchashdan kelib chiqqan tenglamalar tizimini yechib, izlanayotgan qiymatlarni
topish.
Keltirilgan xatolikning formulasini toping? βk =Δ / Axmax *100 %.
Statik xatolik deganda nimani tushunasiz? O‘zgazmas kattalikni o‘lchashda sodir bo‘lib, vaqt
mobaynida kattalikning o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lmaydi.
Murakkab qonuniyat bo’yicha o’zgaradigan hatoliklar deganda – bir nechta muntazam
hatoliklarnnig birgalikdagi ta’siri natijasida sodir bo’ladi.
Absolyut xatolik formulasini toping Δ=Ax - A0.
O‘
lchash deb nimaga aytiladi? O‘lchash deganda shunday aniqlash, anglash jarayoni
tushuniladiki, unda biror noma`lum kattalik fizik eksperiment yordamida uning solishtirish asosi
uchun qabul qilingan qiymati bilan o‘zaro solishtiriladi.
Kuchaytirgich qanday qurilma? Kuchaytirgich aktiv masshtabli o‘zgartkich (to‘rt qutbli
qurilma) bo‘lib, unda kirish signali yordamchi ta`minlovchi manba energiyasi hisobiga
kuchaytiriladi.