Morfema morfemika birlik sifatida


Otning nokategorial shakllari



Yüklə 359,5 Kb.
səhifə31/46
tarix15.06.2023
ölçüsü359,5 Kb.
#130740
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   46
1-44

Otning nokategorial shakllari
O`zbek tilida birlik va ko`plik son shakliga ega bo`lgan otlar bilan bir qatorda faqat birlik shaklida qo`llanadigan otlar ham mavjud.
Bunday otlarga abstrakt otlar (sevgi, ishonch, ko`ngil kabi), donalab sanalmaydigan predmetlarni anglatuvchi otlar (un, suv, yog`, guruch kabi), yakka bir predmetni anglatuvchi otlar (til, bosh, yurak kabi), juft predmetni anglatuvchi otlar (ko`z, qosh, qo`l, etik, paypoq kabi), atoqli otlar (Zulfiya, Toshkent, Sirdaryo kabi) kiradi. Ayrim hollarda bu otlarga –lar ko`plik affiksi qo`shila oladi. Bunday holda –lar ko`plik ma’nosini emas, balki quyidagi ma’nolarni ifodalab keladi:
1. Abstrakt otlar, yakka bir predmetni anglatuvchi otlar, juft predmetni anglatuvchi otlarda –lar affiksi qo`shilganda ma’noni kuchaytiradi yoki ta’kidlaydi: Kumushning qoshlari chimirildi (A.Qodiriy).
2. Donalab sanalmaydigan predmetni anglatuvchi otlarga –lar affiksi qo`shilganda, shu predmetning turi, navi, yoki mo`llik kabi ma’nolarni bildiradi: Zilol suvlar, eram kabi bog`u-bo`stonlar (G`ayratiy).
3. Atoqli otlarga qo`shilganda esa umumlashtirish, birgalik kabi ma’nolarni bildiradi: Saidalar kelishdi kabi.
Shuningdek, qarindosh-urug`lik munosabatini bildiruvchi (ota, ona, buvi, aka, opa kabi) otlarga egalik qo`shimchasidan keyin –lar affiksi qo`shilganda, bu otlar hurmat ma’nosini anglatadi: otamlar, opamlar, buvimlar kabi.
Otlarda ko`plik ma’nosi turli xil usullar bilan ifodalanadi.
1. Otlarda ko`plik ma’nosi , asosan, -lar affiksini qo`shish bilan hosil qilinadi. Ko`plik ma’nosining bunday maxsus grammatik ko`rsatkich bilan ifodalanishi ko`plikning morfologik usul bilan ifodalanishi sanaladi: eshiklar, ko`chalar kabi. Bunday otlarga grammatik jihatdan ham, semantik jihatdan ham ko`plik son shaklida deb qaraladi. Otlarda ko`plik ma’nosi, asosan shu usul bilan ifodalanadi.
2. Otlarda ko`plik ma’nosi leksik ma’nosi ko`p predmetni bildiradigan otlar orqali ham anglashiladi. Bunday otlar birlik shaklida bo`lsa ham, bir turdagi predmetlarning to`dasini, jamini bildiradi: to`da, gala, aholi, xalq, olomon kabi. Ko`plik ma’nosining bunday jamlovchi otlar orqali ifodalanishi leksik-semantik usul deyiladi. Bunday ma’nodagi otlarga grammatik jihatdan birlik shaklda, lekin semantik jihatdan ko`plikda deb qaraladi.
3. Otlarda ko`plik ma’nosi ot oldidan miqdor bildiruvchi ravishlar, sanoq sonlar, gumon olmoshlarini keltirish, so`zlarni takrorlash bilan ham hosil qilinadi. Bu usul bilan ko`plik ma’nosining ifodalanishiga sintaktik usul deyiladi: ko`p bola, uchta kitob, bir necha qiz, dasta-dasta gul, to`da-to`da odam kabi.
Bevosita ot o‘rnida qo‘llaniladigan ot tipli (bunday so‘zlar ism guruhi deb nomlanib, ularga mustaqil so‘zlardan ot, sifat, son, olmosh kabilar va fe’lning harakat noni shakli kiritiladi) so‘zlarning birlik va ko‘plikda ishlatilishi quyidagicha o‘ziga xos belgilarga ega. Xususan, ism guruhiga mansub Men, hech kim, hech nima va o‘z olmoshlari har doim birlikda ishlatiladi. Fe’lning harakat nomi shakillari ham, asosan, birlikda ishlatiladigan so‘zlardandir. Olmoshning boshqa turlari birlik va ko‘plikda ishlatilishi mumkin: 


Yüklə 359,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin