Morfema morfemika birlik sifatida



Yüklə 359,5 Kb.
səhifə33/46
tarix15.06.2023
ölçüsü359,5 Kb.
#130740
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   46
1-44

Sifat darajalari. Belgining oddiy darajaga ko‘ra nisbatlab, farqlanishi sifat darajalari deyiladi. Sifat darajalarining quyidagi turlari bor:
Oddiy daraja. Bir narsa belgisining boshqa narsa belgisiga nisbatlanmay ifodalanishi oddiy daraja deyiladi. Bunday sifatlar daraja bildiruvchi affikslarga ega bo‘lmaydi. Masalan: yorug‘, yaxshi, og‘ir, chaqqon, yumshoq, baland, to‘g‘ri.
Qiyosiy daraja belgining oddiy darajaga nisbatan ortiq yoki kam ekanligini qiyoslab ko‘rsatadi. Qiyosiy darajadagi sifat asosan -roq affiksi bilan shakllanadi: kattaroq, kichikroq, ko‘kroq, balandroq, mazaliroq, achchiqroq. Qiyosiy daraja, odatda, ikkita narsa, hodisa, voqea yoki holat ishtirokida hosil bo‘ladi. Bunda qiyoslanayotgan narsalarning belgisi … -ga nisbatan (qaraganda) … -roq yoki … -dan (ko‘ra) … roq qolipi asosida voqelanadi: Bugungi shamol kechagiga qaraganda kuchliroq.Tut terakdan pastroq. Asal shakardan ko‘ra shirinroq.
Son so'z turkumi va uning o'rganilish tarixi umumiy xususiyatlari
Narsaning, miqdori, sanog‘i yoki tartibini bildirib, qancha? nechta? nechanchi? so‘roqlaridan briga javob bo‘ladigan so‘zlar son deyiladi. Sonlar sifat singari belgi tasavvuri bilan aloqador bo‘lib, narsaning miqdori, sanog‘i va tartibiga ko‘ra belgisini ifodalaydi: beshta kitob, uchala talaba, birinchi kurs kabi.
Son narsaning aniq yoki noaniq miqdorini ifodalash xususiyatiga egaligiga ko‘ra tildagi ko‘p, oz, bir oz singari umumiy miqdor bildiruvchi so‘zlardan farqlanib turadi. Sonlar quyidagi grammatik belgilarga ega:
1.Sonlar ot bilan birikkanda so‘z o‘zgartuvchi affikslar olmaydi, aksincha ularning o‘zi otning aniqlovchisi vazifasini bajaradi: O‘n sakkiz yashar yigit. birinchi o‘rinda bormoq.
2.Ba’zan son va sifat birgalikda otning aniqlovchisi vazifasini bajarishi mumkin. Bunday holda son aniqlovchi vazifasida kelgan sifatdan avval joylashadi: Beshta baland bino, uchta qora qo‘y.
3.Son gapda asosan aniqlovchi va kesim vazifasini bajaradi: Mehnat kishini uchta balodan saqlaydi: yurak siqishdan, axloqiy buzilishdan, muhtojlikdan. Bu xotinning joni bitta emas, mingta (A.Qahhor).
4.Ba’zan sonlar fe’l oldidan kelib, ravish singari hol vazifasini bajaradi: U ariqning labidagi oshrayhon bargidan uch-to‘rtta uzib keldi.
5.Sonlar boshqa so‘zlardan yasalmaydi, ya’ni son yasalish tizimiga ega emas. Biroq ba’zi sonlardan ot yoki fe’l yasalishi mumkin: uch+lik, ikki+lanmoq kabi.
6.Sonning o‘ziga qo‘shiluvchi –inchi, -ov, -ala, -ta, -tacha, -lab,-larcha affikslari shakl yasovchilar bo‘lib, sonning bir turidan boshqa turini hosil qiladi. Son otga bog‘langanda ular orasida maxsus hisob so‘zlar, ya’ni numerativlar ishlatiladi. Numerativlar kilogramm, gramm, botmon, pud, so‘m, tiyin, dona, nafar, hovuch, qarich, kilometr, qadam, gektar, soat, minut, daqiqa, soniya singari ot turkumiga mansub so‘zlardan tashkil topadi.

Yüklə 359,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin