Morfema morfemika birlik sifatida



Yüklə 359,5 Kb.
səhifə35/46
tarix15.06.2023
ölçüsü359,5 Kb.
#130740
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   46
1-44

O‘rin ravishi harakat-holatning bajarilish, yo‘nalish, chiqish o‘rnini bildiradi: oldinda, olisda, yaqinda, yuqoriga, pastga, olisdan, yaqindan, unda-bunda, allaqayerda, allaqayerga, quyida kabilar. O‘rin ravishlari gapda o‘rin holi, ba’zan kesim vazifasida keladi: Bunda bulbul kitob o‘qiydi (H.O). Obodonchilik sohasidagi katta ishlar oldinda. (O.) Maqsad ravishi harakatning bajarilish maqsadini, nima uchun bajarilnshini bildiradi: atay, ataylab, atayin, qastdan, jo‘rttaga, azza-bazza kabilar. Maqsad ravishi gapda maqsad holi vazifasida keladi: Nachora, buni jurttaga qiluvdik. (M.Ism.) Xarakatning bajarilish maqsadi uchun, deb yordamchi so‘zlari va -gani affiksli ravishdosh yordamida aniq ifodalanadi (o‘qish uchun kelgan, yordamlashay deb keldim, o‘qigani keldi). Shu sababli o‘zbek tilida maqsad ifodalovchi ravishlar kamdir. Miqdor-daraja ravishi harakatining yoki belgining miqdorini, narsaning noaniq miqdorini ifodalash uchun xizmat qiladi. Miqdor-daraja ravishlari: ko‘p, oz, kam, bir oz, sal, picha, qittak, xiyol kabi harakatning miqdoriy belgisini ifodalovchi hamda juda, g‘oyat, nihoyatda, har qancha, obdan, ozmuncha, aslo, sira, hech kabi harakat belgisini darajalovchi ravishlardan tashkil topadi. Ular ma’no jihatdan quyidagicha ikki guruhni tashkil qiladi: Harakat belgisini kuchaytiruvchi ravishlareng, juda, nihoyat-da, g‘oyatda, yanada, tag‘in, tamomila, uncha-muncha, ozmuncha, o‘ta, lang, qoq, zir singari tasdiq bildiruvchi ravishlardan, hech, sira, aslo, zinhor, hargiz, hadeganda kabi inkor bildiruvchi ravishlardan iborat.
Harakat belgisini susaytiruvchi ravishlar: arang, zo‘rg‘a, zo‘rbazo‘r, xiyol, sal, salpal, chor-nochor kabilar. Miqdor – daraja ravishlari gapda ko‘pincha hol, ba’zan otga bog‘lanib sifatlovchi aniqlovchi vazifasida keladi: Ko‘p gap quloqqa yoqmas.O‘rmonjon akamning bir gapi sirasira esimdan chiqmaydi. (A.Q.) Otlashganda esa to‘ldiruvchi va qaratqich aniqlovchi vazifasini bajaradi: Ko‘pdan quyon qochib qutulmas. Ravishning bu turi kesim vazifasida kelishi ham mumkin: Bahorda dehqon uchun vaqt oz, biroq ish ko‘p.


Yüklə 359,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin