Olmosh va uning o'rganilish tarixi. Umumiy xususiyatlari Olmoshlar mustaqil so‘z singari shaxs, narsa, belgi yoki qiymat tushunchasini bildirmay, ular o‘rnida almashib keladigan, ularning mavjudligiga ishora qiladigan so‘zlardir. Masalan: menshaxsga, nima-narsaga, shu, bu, o‘sha-belgiga, qancha, shuncha olmoshlari esa miqdor-ga ishora qilishi bilan o‘zaro farqlanadi. Olmoshlar aniq ma’no bilan mavhum ma’noning almashinib qo‘llanishini ta’minlaydigan so‘zlardir. Ularning qanday ma’noda qo‘llangani matnda ishtirok etuvchi til birlik-larining munosabatiga qarab oydinlashadi. Masalan: Shunday o‘lka doim bor bo‘lsin, gapidagi shunday olmoshi narsa belgisini boshqasiga taqqoslab ko‘rsatish uchun xizmat qilgan. Biroq, ba’zi olmoshlar, xususan, kim, men, sen, qanday olmoshlarini ot yoki sifat bilan almashtirib bo‘lmaydi. Qayd etilganlardan ma’lum bo‘ladiki, olmoshlar mustaqil so‘zlarning doimiy muqobili sifatida nutqning ixchamligi, qisqaligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
Olmoshlar quyidagi o‘ziga xosliklarga egaligi bilan xarakterlanadi:
Olmoshlar boshqa turkumlardan farqli ravishda so‘z yasalish tizimi-ga ega emas. Ya’ni boshqa so‘zlaridan olmosh yasalmaydi. Olmoshlar-dan affikslar orqali sanoqli so‘z yasalishi mumkin: manmanlik, men-simaslik, sensirash, shunday. Shuningdek, olmoshlar ba’zi so‘zlar bilan birikib boshqa turkumga ko‘chadi: qayerda, ozmuncha, o‘zboshimcha.
Olmoshlar otlarga xos so‘z o‘zgartuvchilarni qabul qiladi: kimni, bizga, hech kimdan Ba’zi olmoshlar o‘zgartuvchi qo‘shimchalar bilan qo‘llanganda turli fonetik o‘zgarishlar sodir bo‘ladi: sen+ing, men+i; u+n+ga, shu+n+ga kabi.
Olmoshlar egalik affikslari bilan qo‘llanishda ayrim xususiyatlar mavjud: 1) ot tipidagi so‘roq, bo‘lishsizlik, belgilash, o‘zlik olmoshlari egalik qo‘shimchalari bilan qo‘llanadi: kimi, nimasi, hech kimim, hech nimam, o‘zim, o‘zing, o‘zi, hammasi, barchasi kabi; 2) paytga nisbatan so‘roq ishlatiladigan va sabab – maqsadni aniqlash uchun ishlatiladigan so‘roq olmoshlari, I, II shaxs kelishik olmoshlari egalik affiksini olmaydi, ya’ni qachon+im, nega+m, men+im deb ishlatilmaydi; 3) u ko‘rsatish olmoshi va qaysi, necha kabi so‘roq olmoshlari egalik affiksini, asosan, otlashganda qabul qiladi: qaysisi, unisi, kabi.
Ko‘plik qo‘shimchasi I shaxs birlikdagi kishilik olmoshiga qo‘shilmaydi (men+lar tarzida ishlatilmaydi). II shaxs birlikdagi kishilik olmoshiga -lar qo‘shimachasi qo‘shilsa ko‘plik emas, hurmatsizlik, mensimaslik ma’nosi hosil bo‘ladi: Senlar. I-II shaxs ko‘pligi esa, bir so‘zlovchi va boshqalar, bir tinglovchi va boshqalar kabi ma’noga ega bo‘lib, guruh ifodalash uchun xizmat qiladi: bizlar, sizlar (biz va boshqalar) kabi. So‘roq olmoshiga -lar affiksi qo‘shilsa quyidagicha ma’nolar hosil bo‘ladi: a) taxmin ifodalaydi: Soat nechalar bo‘ldi?; b) ma’no kuchaytiriladi: Qanchalar qiynaldim! d) “qadim”,”ancha vaqt” ma’nosini ifodalaydi: Qachonlardir bu yerlarda hayot qaynagan edi.
Ma’no va gapdagi vazifasiga ko‘ra olmoshlar a) ot vazifasidagi olmoshlar, b) sifat vazifasidagi olmoshlar, g) son vazifasidagi olmosh-lar, d) ravish vazifasidagi olmoshlarga bo‘linadi: 1) men, sen, biz, siz, u, kim, nima, har kim, hamma, hech nimakabi ot vazifasidagi olmoshlar shaxs va narsaga ishora qilib, otlarga xos so‘z o‘zgartiruvchi-larni qabul qiladi va gapda ega, to‘ldiruvchi, qaratqichli aniqlovchi vazifasini bajaradi. Masalan: Biz abadiy bahormiz, biz insoniyat kelajagimiz. Har kimning o‘z kasbi o‘ziga aziz. Qadrdan do‘stlarning uchrashuvi barchani o‘ziga jalb etdi; 2) qanday, qaysi, bu, shu, shunday, allaqanday, qandaydir, ba’zi kabi olmoshlar belgiga ishora qilib, gapda sifatlar singari ot oldida keladi va sifatlovchi aniqlovchi, hol, kesim vazifasini bajaradi: kecha savollarni bo‘lib olgan ba’zi bolalar o‘qituvchini quvonib kutib oldi; 3) Necha, nechanchi, qancha, har qancha, bir Necha kabi olmoshlar sonlar kabi miqdor ifodalaydi va gapda ot oldida kelib, sifatlovchi aniqlovchi vazifasini bajaradi. Biroq, olmoshlar hech qachon o‘zidan avval aniqlovchi olmaydi: