Egalik katеgоriyasi. Bu katеgоriyaning ko’rsatkichlari quyidagilar: -(i)m, -(i)miz, -(i)ng, -(ing)iz, -(i)si. Egalik affiksi tarkibida bеriluvchi –lar shaхs haqida emas, balki egalik qilinayotgan narsa/prеdmеt haqida ma’lumоt tashigani uchun, shu narsaning ko’pligiga ishоra qilganligi tufayli uni bu katеgоriya bilan bоg’lab bo’lmaydi. Masalan, ...Antеy kuchni еrdan оladi, Said Ahmad ...ularning maqtоvlaridan. Maqtоvlari so’zshaklidagi –lar maqtоvning ko’pligini ko’rsatmоqda.
Bu katеgоriya shaхs va sоn ma’nоsi bilan uzviy bоg’langan. Shu bоisdan egalik katеgоriyasi (qisq. EK) ning barcha ko’rsatkichlarida bir vaqtning o’zida shaхs ma’nоsi ham, sоn ma’nоsi ham ifоdalanadi. Hоlbuki bu ma’nоlar ushbu katеgоriyadan tashqarida ham mavjud (masalan, kishilik оlmоsh-larida, kеsimlik katеgоriyasida, shuningdеk, оtning sоn katеgоri-yasida va h.). Aslida shaхs-sоn ma’nоsini ifоdalash uchun kishilik оlmоshlari хоslangan.
Kelishik kategoriyasi Otning boshqa so‘zlar bilan sintaktik munosabatini ko‘rsatuvchi ma’nolar va shu ma’noni ifadolovchi shakllar tizimi kelishik kategoriyasi deb aytiladi. Otning kelishik qo‘shimchasini olib o‘zgarishi turlanish deyiladi. Kelishik affikslari esa turlovchi affikslardir. Turlovchilar affiksal morfemalarning so‘z o‘zgartuvchi (sintaktik shakl yasovchi) turiga mansubdir. Shu jihatdan qaralganda, kelishiklar o‘zak yoki negizning morfemik tarkibidagi grammatik jarayonning tugallovchi shakli hisoblanadi. Shu bois kelishik kategoriyasi o‘zi birikkan asosni nutqqa o‘tkazuvchi, uni nutqiy jarayonga xoslovchi til birligini taqozo etadi.
Kelishik kategoriyasi, asosan, ot turkumiga xos bo‘lib, ular ot tipli so‘zlar, ya’ni olmosh, harakat nomi, jamlovchi sonning ba’zi ko‘rinishlariga ham bevosita qo‘shila oladi: Menga, sendan, kimni, nimani, barchaga, o‘qishga, beshovimizga kabi. Kelishik affikslari sifat, son va ular o‘rnida ishlatiladigan olmoshlar, fe’lning sifatdosh shakli, ba’zi alohida yordamchi so‘zlar guruhiga qo‘shilganda, ularni otlashtiradi. Boshqacha aytganda, kelishiklar otlashadigan so‘zlar bilan faqat sintaktik vazifa talabiga ko‘ra birikadi: Yaxshidanot qoladi, yomondan dod. (Maqol) Birni kessang o‘nni ek. (Maqol) O‘qigan o‘qdan o‘zar. (Maqol) Mana shunda gap ko‘p. Aravaning g‘ichir-g‘ichiridan cho‘chidi. Kelishiklar belgili va belgisiz holda, ya’ni turlovchi affikslar bilan yoki turlovchi affikslarsiz ishlatiladi. Belgili ishlatilish barcha kelishiklarga xos hodisadir. Belgisizlik esa quyidagi kelishiklarda uchraydi: a) qaratqich kelishigi belgisiz qo‘llaniladi: cho‘l bag‘ri, maktab bog‘i; b) tushum kelishigi belgisiz qo‘llanadi: ariq qazimoq, ko‘chat o‘tqazmoq kabi.
O‘zbek tilida oltita kelishik mavjud bo‘lib, ularning har biri o‘z shakli va ma’nosi hamda sintaktik vazifasiga ega. Ular o‘zi birikadigan boshqa so‘zlar bilan quyidagicha munosabatda bo‘ladi: 1) qaratqich kelishigi ot bilan otni grammatik aloqaga kiritadi va moslashuvli birikma hosil qiladi: kitobning varag‘i, odamning gavdasi; 2) tushum, jo‘nalishi, o‘rin, chiqish kelishiklari ot bilan fe’lni o‘zaro bog‘laydi va boshqaruvli birikma hosil qiladi: kitobni o‘qidi, kitobda ko‘rdim, kitobga qaradi, kitobdan oldim kabi. Makon va zamon kelishiklari nomi bilan yuritiluvchi jo‘nalish, o‘rin va chiqish kelishiklari ba’zan fe’ldan boshqa so‘zlar bilan ham birika oladi: otdan baland, itdan past, uyat o‘limdan qattiq, xalqimga aziz.