-a(-ya) yuklamasi: 1) so‘roq va turli his-hayajon anglatadi: Ertaga darsga boramiz-a? (so‘roq). Oh, naqadar so‘lim joylar-a! Qo‘ziqorin bo‘lsa ham, xuddi quyrqqa o‘xshaydiya! 2.Kuchaytiruv yuklamalari: nahotki, nahot, axir, hattoki, hatto, -oq, -yoq, -ki, -kim. Bu turdagi yuklamalar so‘zlarga kuchaytirish, shuningdek, ta’kid ma’nosi qo‘shish uchun ishlatiladi: Nahot ishq qismati buncha berahm, Bunchalar buyuksan vafo shevasi. (A.O) Ta’kid yuklamalari: ham,-ku, -da, -u (-yu).
ham yuklamasi. 1) ko‘pincha o‘zi ta’kidlab ko‘rsatadigan so‘zlardan (ot, sifat, olmosh, fe’l, ravishdan) keyin keladi: Uni ham o‘qitaman, o‘zim ham o‘qiyman; 2) ba’zan gapda ko‘makchili birikmani ta’kidlab keladi: Bugun uning ovqat bilan ham ishi bo‘lmadi. 3) to‘siqsizlik ma’nosini bildiradi: Havo bulut bo‘lib turgan bo‘lsa ham, yomg‘irdan darak yo‘q edi; 3) ham yuklamasi -yam shaklida (unlidan so‘ng) va h undoshi tushgan holda qo‘llanishi mumkin. Bunday choqda u o‘zi aloqador bo‘lgan so‘zga qo‘shib yoziladi: Bunday kitoblarga qiziqmayam qo‘ydim. –da yuklamasi shart maylidagi fe’llardan so‘ng kelib, to‘siqsizlik ma’nosini anglatadi va ham yuklamasi bilan sinonim bo‘ladi: Yosh bo‘lsa-da, bosh edi (yosh bo‘lsa ham, bosh edi). -u(-yu) yuklamasi aniqlik maylidagi fe’llardan so‘ng kelib, ish-harakatning bajarilishidagi tezlik va davomlilik ma’nosini bildiradi: Keldi-yu, ketdi (tezlik).
Ayiruv va chegaralov yuklamalari (-gina, -kina, –qina, faqat). Bunday yuklamalar turli so‘z turkumlari bilan kelib, ularni chegaralab ko‘rsatish, ajratish uchun qo‘llanadi:
Hozirgi o'zbek tilida so'z gaplar So‘z-gap, so‘z-gapning ma’noviy guruhlari, umumiy grammatik ma’no, oraliq grammatik ma’no, xususiy grammatik ma’no, ma’noviy nomustaqillik, sintaktik aloqa, modal, undov, tasdiq /inkor, taklif /ishora So‘z-gap to‘plamini ajratish tamoyillari. O‘zbek tilshunosligida so‘z-gapning mohiyati, turlari, ularning leksik materiali tavsifi, qo‘llanish xususiyati empirik asosda yetarlicha o‘rganilgan. Substansial yondashuvda gapning eng kichik qurilish qolipi WPm sifatida qayd etilgach, ziddiyatli, izohtalab nuqtalarga ega bo‘lgan so‘z-gapga ham «lison-nutq» tamoyili asosida yondashish zaruriyati paydo bo‘ldi va har bir gapning o‘z qolipi mavjud bo‘lgani kabi, so‘z-gapning ham o‘ziga xos muayyan bir lisoniy qurilish modeli bo‘lishi shartligi e’tirof etildi.
So‘z-gap umumiy atamasi ostida birlashtiriladigan so‘zlarning alohida belgilari mavjudki, ular shu belgisi bilan mustaqil, yordamchi so‘zdan, shuningdek, yoxud qo‘shma gapdan farq qiladi. Bular quyidagilar:
1) mustaqil holda gap bo‘la olish;
2) gap tarkibida shu gapning biror bo‘lagi bilan sintaktik aloqaga kirisha olmaslik;
3) o‘ziga xos g‘ayrioddiy ma’noga ega bo‘lish;
4) bog‘lamalar bilan birika olmasligi va shuning uchun mayl, zamon, shaxs/son shakllariga ega emaslik.
So‘z-gap sirasiga shu to‘rt asosiy belgi bilan bir majmuaga birlashuvchi birliklar kiradi (bu tipdagi birliklar kirish so‘z vazifasida ham keladi, lekin ularning substansial belgisi – so‘z-gap bo‘lib kelish). Quyida ularning har biri alohida-alohida ko‘rib o‘tiladi.
O`zbek tilining leksikasi fan-texnika, san’at, ishlab chiqarishning taraqqiyoti bilan bog`liq holda boyib boradi. Tilning lug`at tarkibi 2 manba asosida boyiydi.
1. O`zbek tilining ichki imkoniyatlari asosida (ichki manba). Bunda so`z yasash orqali yangi so`zlar hosil qilinadi: sinfdosh, limonzor, vazirlik, ijarachi, tinchliksevar, MDH, BMT kabi. Ichki imkoniyatga shevalardan adabiy tilga so`z olish ham kiradi: aya, bolish, uvildiriq (ikra) kabi.
2. Boshqa tillardan so`z olish (tashqa manba). O`zbek tiliga boshqa tillardan so`z o`zlashtirish turli davrlarda turlicha bo`lgan. Eng qadimda fors-tojik tillaridan, keyinroq arab tilidan, undan ham keyinroq rus tilidan va rus tili orqali Evropa tillaridan so`z o`zlashtirish faollashgan. O`zlashgan so`zlar ham o`zbek tili leksikasida anchagina miqdorni tashkil etadi. Keyingi yillarda tilning leksik tarkibini so`z yasashdan ko`ra boshqa tillardan so`z o`zlashtirish hisobiga boyishi etakchilik qilmoqda.
Boshqa tillardan so`zlar ikki usul bilan o`zlashtiriladi: 1)so`zni aynan olish yo`li bilan; 2) kalkalab olish yo`li bilan.
So`zni aynan olish yo`li bilan tojik, arab tillaridan, shuningdek, rus tillaridan, rus tili orqali boshqa Evropa tillaridan ko`proq o`zlashtirilgan. Masalan, sinch, devor, yana, rubob, kitob, maktab, daraxt, mutolaa, muomala, traktor, sport kabi.
Foydalanilgan adabiyotlar. 1. U.Tursunov va boshqalar. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. 1992. 120 126 betlar.
2. SH.SHoabdurahmonov va boshqalar. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Toshkent. O‘qituvchi. 1980.118-120 betlar.
3. O‘zbek tili leksikologiyasi. Toshkent. O‘qituvchi. 1981. 251-258 betlar.
4. SH.Rahmatullayev, N.Mamatov, R.SHukurov. O‘zbek tili antonimlarining izohli lug’ati. Toshkent. O‘qituvchi. 1984.