Morfema morfemika birlik sifatida



Yüklə 359,5 Kb.
səhifə44/46
tarix15.06.2023
ölçüsü359,5 Kb.
#130740
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46
1-44

Uchun ko‘makchisi maqsad, sabab, atalganlik, evaz kabi ma’no-larni ifodalaydi va ot, olmosh, harakat nomidan keyin keladi: insoniyat uchun qayg‘rurmoq, o‘qimagani uchun tushunmaslik, kitoblarni sen uchun oldim. yashash uchun kurashmoq.
Uchun ko‘makchisi she’riyatda chun tarzda ham ishlatilai. Bunday holda -chun o‘zkdan chiziqcha bilan ajratiladi. Shuningdek, uchun ko‘makchisi -gina, -dir affikslarini ham olishi mumkin: Lekin nima uchundir uning bu yovuz maqsadi hech ijobat topmasdi.
Kabi, singari, yanglig‘, misli (misol) ko‘makchilari o‘xshatish, solishtirish, qiyoslash ma’nosini ifodalashiga ko‘ra ma’nodoshdir: xamirdan qil sug‘urgan (kabi) singari yengil.
Sayin ko‘makchisi vaqt bildiruvchi so‘zlar bilan birga kelib, ish-harakatning muayyan vaqt ichida yoki harakatning bir yo‘la sodir bo‘lishi, davomiylik kabi ma’nolarni ifodalaydi: Respublikamiz yil sayin gulga burkanmoqda. Do‘l borgan sayin kuchaymoqda edi.
Sari ko‘makchisi ish-harakatning yo‘nalishini ifodalaydi. Bunda sari ko‘makchisi tomon ko‘makchisiga sinonim bo‘­lishi mumkin: kucha sari - kucha tomon, yorug‘lik sari - yorug‘lik tomon.
Sababli, tufayli ko‘makchilari sodir bo‘layotgan ish-harakatning sababini bildiradi: U shunday qadrli mehmon kelishini oldinroq bilmagani sababli tayyorgarlik ko‘ra olmaganidan xijolatda edi.

Hozirgi o'zbek tilida bog'lovchilar
Bog’lovchilar ham ko’makchilar kabi sintaktik alоqa vositasi sanalib, ulardan tobe munosabatni ifodalashdan tashqari teng munosabatni ham hosil qilishi bilan ajralib turadi. Bog’lovchilar gap bo’laklari, qo’shma gapning sodda gapga teng qismlari orasidagi turlicha aloqalarni, grammatik munosabatini ko’rsatadi. Bog’lovchilarning mohiyati, o’zbek adabiy tilidagi bog’lovchilarning turlari, bu turlarga oid so’zlar tilshunosligimizda kеng o’rganilgan. Mavjud adabiyotlarda bog’lovchilarning turlari va bu turlarga qaysi so’zlar mansubligi masalasida turlicha nuqtayi nazarlar bor, ya’ni bir ishda bog’lovchi deb berilgan birlik boshqa ishda yuklamalar qatoriga kiritiladi, ko’makchi deb berilgan birlik bog’lovchi deb tan olinadi. Bog’lovchilarga oid so’zlarning aniq belgilanmaslik sababi ularning lisoniy jihatdan o’rganilmagan-ligida bo’lsa kеrak.
Bog’lovchilarni ham ko’makchilar singari shakliy jihatdan uch guruh (sof bog’lovchilar, nisbiy bog’lovchilar, qo’shimcha-simon bog’lovchilar) ga ajratib o’rganish lоzim. Sof bog’lovchilar guruhiga faqat bog’lovchi vazifasida qo’llaniladigan va, hamda, yo, yoxud, yoki, ammo, lekin, biroq, chunki, shuning uchun, agar, ya’ni kabi yordamchi so’zlar xos. Qo’shimchasimon bog’-lovchilar guruhiga -ki (-kim) va ham bog’lovchi, ham yuklama vazifasida kela oladigan -u (-yu), -da, -mi qo’shimchalari mansubdir. -u (-yu), -da  qo’shimchalarining bog’lovchi vazifa-sini to’la-to’kis bajarishi qator manbalarda qayd etilgan-mi qo’shimchasida ham bog’lovchilik xususiyati borligini Yomg’ir yog’dimi, hamma joy nam bo’ladiKarim keldimi, to’polon boshlanadi tipidagi gaplar tasdiqlaydi. Ushbu gaplarda qo’llangan -mi qo’shimchasi ta’kid ma’nosini voqelantirgan holda sodda gaplarni bir-biriga bog’lash funksiyasini bajaryapti. Nisbiy bog’lovchilarga mustaqil so’z turkumlaridan o’sib chiqqan, “oraliq uchinchi” tabiatiga (ham mustaqil, ham yordamchi) ega bo’lgan ba’zan, bir, vaqtida, hali goh, (goho) kabi so’zlarning takroriy shakli misol bo’ladi. 1.Ba’zan Qoratoyning ishxonasida, ba’zan choyxonada tunab yurdi. (Oyb.) 2.Ikki kundan beri goh savalab, goh shiddat bilan yog’ayotgan yomg’ir hammayoqni ivitib yubordi. (A.Qah.3. Vaqtida qor yog’adi, vaqtida yomg’ir. Bu gaplarda qo’llanilgan ba’zan, goh (goho), vaqtida so’zlarining vazifalari bog’lovchilarga juda yaqin.
Salima tez qaytdi. U yangi xabar olib keldi; Brigadada mehnat yaxshi uyushtirilmadi. Natijada hosil kam bo’ldi; Azimboy ko’p zulm o’tkazdi. Oqibatda xalqning sabr kosasi to’ldi gaplaridagi u, natijada, oqibatda so’zlari birinchi gapni ikkinchi gap bilan bog’lab kelmoqda. Demak, u, natijada, oqibatda so’zlari ham nisbiy bog’lovchilar sirasiga kiritilsa to’g’ri bo’ladi. Ikkinchi gapning mazmuni birinchi gapsiz aniq emas. Yordamchi so’zlar nafaqat so’zlarni, hattо gaplar va matn qismlarini ham bog’lashga xizmat qiladi. 
Hozirgi o’zbek adabiy tilidan darslik va qo’llanmalarda bog’lovchilarning vazifa jihatidan turlari quyidagicha belgilan-gan:
I. Teng bog’lovchilar. 1. Biriktiruv bog’lovchilari: va, -u (-yu), hamda. 2. Ayiruv bog’lovchilari: yo, yoki, yoxud, goho, dam… dam, bir… bir, ba’zan… ba’zan. 3. Zidlov bog’lovchilari: ammo, lekin, birоq. II.ergashtiruvchi bog’lovchilar. 1. Aniqlov bog’lovchilari: ya’ni, -ki (-kim). 2. Sabab bog’lovchilari: chunki, shuning uchun, zeroki. 3. Shart bog’lovchilari: agar, agarda, agarchi. 4. Chog’ishtiruv bog’lovchilari: go’yo, go’yoki. Teng bog’lovchilar,ergashtiruvchi bog’lovchilarning ma’no va vazifa tomoni, imlo xususiyatlari formal tilshunoslikdan darslik va qo’llanmalarda atrоflicha bayon etilgan.

Yüklə 359,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin