[Wqaratqich kelishigi→Wegalik qo‘shimchasi]=qaratuvchi-qaralmish. Qolipda a’zolar W belgisi bilan berilgan bo‘lib, bu muayyan so‘z turkumi belgisi emas. Chunki bunda W unsurini to‘ldiruvchi a’zo sifatida turli xil mustaqil so‘z turkumi qatnashishi mumkin. Shuningdek, bu LSQning quyi bo‘linishi uning tegishli so‘z turkumi tomonidan to‘ldirilishi asosida bo‘lib, ular quyidagilar:
[ot qaratqich kelishigi → ot egalik qo‘shimchasi = ot qaratuvchi + ot qaralmish] (kitobning varag‘i);
[ot qaratqich kelishigi → sifat egalik qo‘shimchasi = ot qaratuvchi + sifat qaralmish] (daraxtning mo‘rti);
[sifat qaratqich kelishigi → ot egalik qo‘shimchasi = sifat qaratuvchi + ot qaralmish] ((gulning) qizilining hidi);
[sifat qaratqich kelishigi → sifat egalik qo‘shimchasi = sifat qaratuvchi + sifat qaralmish] ((olmaning) kattasining chuchugi);
[ot turdosh qaratqich kelishigi → sifat egalik qo‘shimchasi = ot qaratuvchi + son qaralmish] (gulning bittasi);
[son qaratqich kelishigi → Sonegalik qo‘shimchasi = son qaratuvchi + son qaralmish (o‘nning yarmi);
[ot qaratqich kelishigi → harakat nomi egalik qo‘shimchasi = ot qaratuvchi+fe’l qaralmish] (Otabekning qaytishi);
[harakat nomi qaratqich kelishigi → ot egalik qo‘shimchasi = fe’l qaratuvchi+ot qaralmish] (uyalishning o‘rni);
[harakat nomi qaratqich kelishigi → harakat nomi egalik qo‘shimchasi = fe’l qaratuvchi + fe’l qaratuvchi (olmoqning bermog‘i);
[ot qaratqich kelishigi → sifatdosh egalik qo‘shimchasi = ot qaratuvchi + sifatdosh qaralmish (yurakning to‘xtagani);
11) [sifatdosh qaratqich kelishigi →ot egalik qo‘shimchasi = sifatdosh qaratuvchi + ot qaralmish] (qo‘rqqanning ko‘zi);
[ot qaratqich kelishigi → ravish egalik qo‘shimchasi = ot qaratuvchi + ravish qaralmish (mehnatning kecha-kunduzi);
[olmosh qaratqich kelishigi → ot egalik qo‘shimchasi = olmosh qaratuvchi + ot qaralmish (mening vatanim);
[ravish qaratqich kelishigi → ot egalik qo‘shimchasi = ravish qaratuvchi + ot qaralmish (hozirning huzuri).
Umumiy [W qaratqich kelishig → W egalik qo‘shimchasi] qolipining bu ko‘rinishlari ham bevosita kuzatishda berilgan, ular o‘zaro a’zolarining qaysi turkumga mansubligi bilan farqlanar ekan, demak, bu farq lug‘aviy mohiyatlar asosidadir.
[W qaratqich kelishigi – W egalik qo‘shimchasi = qaratuvchi -qaralmish qolipi hosilalari turli xil ma’noviy munosabatni namoyon qiladi. Misol sifatida bir-biriga o‘xshash bir nechta nutqiy SB ni qiyoslab ko‘raylik (38- jadval):
38-jadval
№
|
SB
|
Ma’noviy munosabatlar
|
1
2
3
4
5
6
7
8
9
|
Halimning qalami
Odamning qo‘li
Ilmning tashabbuskori
Odamning yaxshisi
Uyning tozaligi
Bolaning yig‘lashi
Yashashning zavqi
Urushning asorati
E’tiborsizlikning illati
|
«Ega-egalik qilinuvchi narsa»
«Butun-qism»
«Narsa-aloqador shaxs»
«Tur-jins»
«Belgi egasi-belgi»
«Subyekt-uning harakati»
«Holat-uning natijasi»
«Jarayon-uning oqibati»
«Sabab-natija»
|
Bu qatorni yana davom ettirish mumkin. Кo‘rinadiki, SBdan SBga o‘tish bilan ularning ma’noviy munosabati ham farqlanib bormoqda. Ma’noviy munosabatlar orasida aynan o‘xshashlik yo‘q.
Bu leksemalar asosida ko‘plab SB tuzish mumkin va ularning har biri borliqdagi har xil – «atash», «ajratish», «ega-egalik qiluvchi narsa» kabi munosabatlarni aks ettiradi. Bu obyektiv munosabatning qaysi biri voqelanishi esa birikmadagi grammatik qo‘shimcha bilan belgilanadi. Qaratqich kelishigi va egalik qo‘shimchasi Кarimning kitobi birikmasida ikki xil ma’noviy munosabatni voqelantiradi: «ega-egalik qilinuvchi narsa» va «muallif-uning asari». Lekin [Wqaratqich kelishigi →W egalik qo‘shimchasi = qaratuvchi – qaralmish] LSQi bu ikki xillikka nisbatan befarq. Chunki bu omonimlikni nutqda yoki lisonda [W qaratqich kelishigi → W egalik qo‘shimchasi] dan quyida maxsus vositalar farqlaydi. Bu vositalar matn (Кarim kitob oldi. Кarimning kitobi qiziq ekan, yoki Кarim kitob yozdi. Кarimning kitobi qiziq ekan) yoki SB a’zosining kengayishi (Кarimning yozgan kitobi ) kabidan biri yoki bir nechtasi bo‘lishi mumkin.
Demak, ayon bo‘ladiki, yuqoridagi jadvalda keltirilgan SB a’zolari orasidagi ma’noviy munosabat [W qaratqich kelishigi → W egalik qo‘shimchasi] qolipiga daxldor bo‘lmay, balki uni to‘ldirayotgan leksemalar va ular borliqda ataydigan narsa/predmet orasida bo‘ladigan munosabatning aksi bo‘lib, bu munosabat leksemaning miqdoriga muvofiq ravishda rang-barang bo‘lishi mumkin. Masalan, borliqdagi stol va oyoq jismlari orasida «ega-egalik qiluvchi narsa» munosabati bo‘lishi mumkin emas. Shuningdek, bu ma’noviy munosabat qaratqich kelishigi va egalik qo‘shimchasining ma’nosi ham emas. Bu jismlar orasida butun-qism munosabati mavjud, u SBda ham aks etgan. SBdagi turli-tuman ma’noviy munosabat bir qarashda qaratqich kelishigi va egalik qo‘shimchasi ma’nosidek ham tuyuladi. Lekin qaratqich kelishigi tobe so‘zni hokim so‘zga, egalik qo‘shimchasi hokim so‘zni tobe so‘zga bog‘lash uchungina xizmat qiladi, xolos. Unga tegishlidek tuyulgan ma’nolar qolipni to‘ldirayotgan leksemalarning ma’noviy mohiyati bilan bog‘liq bo‘lib, mazkur qo‘shimchalar namoyon qiluvchi vositalardir, xolos.
[ism kelishik qo‘shimchasi → fe’l] qolipi. SBning bu LSQi birinchi uzvi morfologik shakllangan va shuning uchun ShMJ birikuv omiliga ega va ikkinchi qismda grammatik ko‘rsatkich bog‘lanish uchun nisbatan ahamiyatsiz bo‘lganligi bois, birikuv omillarining MShJ kombinatsiyasi amal qiladi.
Qolipning birinchi uzvini ism turkumiga oid so‘zlar to‘ldirib, ular hokim uzvga tushum, jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishiklari shakllari bilan bog‘lanadi. Birinchi uzvi asosida LSQ quyidagi ko‘rinishlarga ega bo‘ladi (39-jadval):
39-jadval
[ism kelishik qo‘shimchasi → fe’l]
|
[ism tushum kelishigi → fe’l]
|
[ism jo‘nalish kelishigi →fe’l]
|
[ism o‘rin-payt kelishigi → fe’l]
|
[ism chiqish kelishigi → fe’l]
|
LSQning har bir ko‘rinishi ism uzvining bo‘linishi asosida yana tarmoqlanadi. Masalan, [ism tushum kelishigi → fe’l] qolipi quyidagi bo‘linishlarni beradi: [ot tushum kelishigi → fe’l], [sifat tushum kelishigi → fe’l], [son tushum kelishigi → fe’l], [olmosh tushum kelishigi → fe’l], [harakat nomi tushum kelishigi → fe’l] (kitobni/yaxshini/o‘nni ayir, uni gapirish/o‘qimoq/so‘ramoq/ boshlamoq/ni bas qil.) kabi.
LSQning birinchi uzvi morfologik shakllanganligi tufayli uni to‘ldiruvchi so‘zda shakliy omil birinchi o‘ringa ko‘tariladi. Joylashuv omili esa oxirgi o‘ringa tushadi. Zero, birikma a’zolarini erkin almashtirish, ular orasiga so‘zlar kiritish birikmaning mohiyatiga, a’zolar orasidagi ma’noviy munosabatga ta’sir ko‘rsatmaydi. Ikkinchi a’zo grammatik shakllanganligi sababli ma’noviy omil kuchayib, birinchi uzvda joylashuv omili o‘ta kuchsiz bo‘lganligi bois ikkinchi fe’l uzvda ham bu omilning kuchsizlanishi va uchinchi o‘ringa surilishini taqozo qiladi.
Dostları ilə paylaş: |