56. "-ar" qo'shimchasining omonimligi: Bu qo'shimcha so'z yasovchi (fe'l yasovchi) "-ar" , zamon "-ar" , sifatdosh "-ar" va orttirma nisbat "-ar" kabi holatlarda keladi. Bularning ichida eeeeng oddiysi --- fe'l yasovchi "-ar" hisoblanadi, chunki u har doim fe'l bo'lmagan so'zlarga qo'shilib fe'l yasaydi: ko'k(sifat) + "-ar" = ko'karmoq, qizil+ar=qizarmoq va hokozo........
Qolgan uchala holatdagi shakl yasovchi "-ar" qo'shimchalarining baaarchasi har doim fe'llarga qo'shiladi.
Ularning ham farqlari juda aniq seziladi, hayronmanki, ko'pchilik abituriyentlar sezishmaydi, e'tiborli bo'ling. Sifatdosh "-ar" va zamon "-ar" qo'shimchalari undosh bilan tugagan barcha fe'llarga qo'shila oladi, ya'ni "CHIQMOQ" , "QAYTMOQ" fe'llariga ham qo'shila oladi.
Orttirma nisbat "-ar" qo'shimchasi esa faqat ikkita fe'lga, ya'ni "QAYTMOQ" , "CHIQMOQ" fe'llarigagina qo'shila oladi, xolos.
Sifatdosh "-ar" qo'shimchasini qabul qilgan fe'llar otga bog'lanib sifatlovchianiqlovchi vazifasini bajarib keladi va shu xususiyati bilan zamon "-ar" va orttirma nisbat "-ar" qo'shimchalaridan farqlanib turadi:
Ayt"-ar" so'zni ayt, aytmas so'zdan qayt.
Bor"-ar" yo'ling porloq bo'lsin.
Siz-u bizga ma'lumki, qayt"-ar" donyo. hech kimni ayab o'tirmaydi.
Ushbu jumlarardagi "-ar" qo'shimchalari sifatdosh qo'shimchasi edi, chunki ularni qabul qilgan fe'llar otga bog'lanib sifatlovchi-aniqlovchi vazifasini bajarib kelgan.
Zamon "-ar" qo'shimchasi faqat FE'L KESIM vazifasini bajargan fe'llar tarkibida qo'llaniladi va o'zidan keyin -man, -miz, -san, -siz kabi shaxs-son qo'shimchalarini qabul qiladi (uchinchi shaxsda shaxs-son qo'shimchalari yo'qligini barchangiz yaxshi bilasiz):
Ehtimol, sizni yana quvontirarman.
Shu safar ishonchimni oqlarsiz.
Ukam ham bugun-erta kelib qolar.
"-ar" zamon qo'shimchasi o'zidan keyin "edi, ekan, emish" to'liqsiz fe'llarning fonetik hodisaga uchragan va uchramagan holatlarini ham qabul qila oladi:
Hamon shu yo'lning ochilishini kutar edim. (kutardim). Ukangiz yaqinda harbiy xizmatdan qaytarmish. (qaytar emish). Orttirma nisbat "-ar" qo'shimchasi, yuqorida aytganimdek, bor-yo'g'i ikkitagina (qaytmoq, chiqmoq) fe'lga qo'shiladi va o'zidan keyin hech qachon to'g'ridan to'g'ri -man, -miz, -san, -siz kabi shaxs-son qo'shimchalarini hamda "edi, ekan, emish" to'liqsiz fe'llarning oddiy holatini ham, fonetik hodisaga uchragan holatini ham qabul qila olmaydi, orttirma nisbat "-ar" qo'shimchasi o'zidan keyin bo'lishsizlik "- ma" qo'shimchasini, fe'lning xoslangan shakllari qo'shimchalarini, fe'lning boshqa nisbat qo'shimchalarini, zamon qo'shimchalarini erkin qabul qila oladi: Yangi mahsulotni bozorga chiq"-ar"+ayotgan xodimlarga tashakkur aytamiz. (Bu gapda sifatdosh "-ayitgan" qo'shimchasidan oldin keldi). Ishchilarni bu yo'ldan qayt"-ar"+ma+sin. (Bu gapda bo'lishsizlik qo'shimchasidan oldin kelgan). Bu mahsulotrar iste'molga chiq"-ar"+il+gach daromadimiz yana ortadi. (Bu gapda nisbat qo'shimchasidan oldin kelgan). Seni o'z yurtingga qayt"-ar"+moqchi+miz. (Bu gapda zamon qo'shimchasidan oldin kelgan).
Endi mavzuning eng dolzarb jihatiga e'tiborimizni qaratamiz, ya'ni "-ar" zamon qo'shimchasini olgan "QAYTMOQ, CHIQMOQ" fe'llari va "-ar" orttirma nisbat qo'shimchasini olgan "QAYTMOQ, CHIQMOQ" fe'llari yuqoridagi hech qanday belgilarsiz kelsa, qanday farqlanishini o'rganamiz: "qayt+ar" , "chiq+ar" so'zlari aynan shu holatda fe'l kesim vazifasini bajarsa-yu, o'sha gap GAPNING IFODA MAQSADIGA KO'RA "buyruq gap" bo'lsa, ushbu fe'l tarkibidagi "-ar" qo'shimchasi orttirma nisbat qo'shimchasi hisoblanadi, Agar "qayt+ar" , "chiq+ar" so'zlari aynan shu holatda kesim vazifasini bajarsayu, ushbu gap IFODA MAQSADIGA KO'RA "darak gap" bo'lsa , ushbu fe'l tarkibidagi "-ar" qo'shimchasi zamon qo'shimchasi hisoblanadi.