Motivatsiya va davogarlik darajasi diagnostikasi Motivatsiya va intilish darajasi diagnostikasi



Yüklə 18,35 Kb.
səhifə1/2
tarix16.06.2023
ölçüsü18,35 Kb.
#131161
  1   2
1,2 savol


1 savol
Motivatsiya va davogarlik darajasi diagnostikasi

Motivatsiya va intilish darajasi diagnostikasi.


Psixologiyada motivlashtirish deganda psixologik hodisalarning o`zaro mustaqil bog`langan, lekin bir-biriga to`la mos kelmaydigan nisbatan mustaqil uchta turi tushuniladi; a) Individning ehtiyojlarini qondirish bilan bog`liq bo`lgan faoliyatga undovchi sabablar sifatidagi motivlashtirishdir. Faollik holatini paydo bo`lishini sub’ektiv ehtiyojlarini izohlab beradi. B) Motivlashtirish faollik kimga qaratilgani boshqa xulq-atvor emas, balki xuddi shunaqasi tanlaganligini izohlab beradi. Motivlar xulq-atvor yo`nalishini tanlashni belgilaydigan sabablardir. Bular birgalikda kishi shaxsining yo`nalishini tashkil etadi. V) Kishi axloqi va faoliyatini boshqaradigan vosita hisoblanadi. Bularga emotsiyalar, istaklar, qiziqishlar kiradi.
Motivlarni kognitiv baxo yordamida diagnostika qilish. Erishganlik motivatsiyalari o’rganish uchun metodikalar.
Motivatsiyaga kognitiv yondoshuv nazariyasi – inson xulq atvorini tushuntirishda uning ongi va bilimi bilan bog`liq fenomenlarga alohida e’tibor beriladi. Faoliyat nazariyasi (A.N.Leont’ev) ga asosan motivlarni yuzaga keltiruvchi kuchlar ehtiyojlardir. Bundan shunday qonuniyat yuzaga keladiki, motivlar rivojlanishi faoliyat kengligining rivojlanishi bilan bog`liq bo`lib, u predmet faoliyatini tashkil etuvchisidir.
Insonning emotsional hayoti, uning his-tuyg`ulari, quvonch tashvishi, xunsandchiligi azal-azaldan insonlar e’tiborini o`ziga tortib kelgan. Motivatsiyaga kognitiv yondoshuv nazariyasi – inson xulq atvorini tushuntirishda uning ongi va bilimi bilan bog`liq fenomenlarga alohida e’tibor beriladi.
Kognitiv dissonans motivatsiyani, kognitiv dissonans bilan motiv esa xulqni belgilaydi. Xulqda axborotni qayta baholash oqibati ham o‘z aksini topadi.
Turli xil axborot va ma’lumotlar shaxs tomonidan qabul qilinadi yoki qabul qilinmaydi, mabodo qabul qilinmasa, u taqdirda kognitiv dissonans vujudga keladi.
Festinger motivatsiyani insonni qurshab turgan borliqni bilish bilan aloqada uyg‘unlik tarzda olib qaraydi. Uning dalillashicha, dissonantlar (nomutanosibliklar) mavjud bo‘lganida dissonans holati vujudga keladi, konsonant holatida (munosiblik) esa namoyon bo‘lmaydi.
Festinger nazariyasining an’anaviy bixevioristik sxemadan farqi shundaki, u motivatsiyani bilish, kognitiv jarayon bilan uyg‘unlikda tadqiq qiladi.
Kognitiv dissonans motivatsiyani, kognitiv dissonans bilan motiv esa xulqni belgilaydi. Xulqda axborotni qayta baholash oqibati ham o‘z aksini topadi.
Turli xil axborot va ma’lumotlar shaxs tomonidan qabul qilinadi yoki qabul qilinmaydi, mabodo qabul qilinmasa, u taqdirda kognitiv dissonans vujudga keladi.
Motivlar ehtiyoj negizida vujudga keladi, rivojlanadi va takomillashadi. Biroq ehtiyoj paydo bo‘lishi bilan bir davrda uni shakllanish bosqichlariga o‘xshash darajalarni bosib o‘tish orqali motiv vujudga keladi. Motiv mazkur negizda vujudga kelib, barqarorlashib, ehtiyojning mustahkamlanishiga yordam beradi va o‘z navbatida ehtiyojlarning barqarorlashuvi motivatsiyaning samarali shakllanishini ta’minlashga xizmat qiladi.
Odatda inson faoliyati va harakatiga ta’sir o‘tkazuvchi jarayonda o‘zaro bog‘liq holda ehtiyoj tomonidan motiv va maqsad aniqlanadi (belgilanadi). Harakat faoliyatning tarkibi bo‘lganligi sababli faoliyat maqsadi va motivi bilan boshqariladi. Lekin psixologiyada “Motiv – faoliyat”, “Maqsad – harakat”, “Sharoit – operatsiya” munosabatlari o‘rtasida qat’iy aloqa (uyg‘unlik) hukm surmaydi.

2 savol
VALIDLIK VA UNING TURLARI


Psixodiagnostika metodikalarining ilmiy xarakterini ta’minlovchi komponentlardan biri validlik hisoblanadi. Validlikning asosiy xususiyatiini tushunishda uning ta’rifini keltirib o’tishga to’g’ri keladi. Validlikning eng sodda ta’rifini keltirib o’tamiz. «Testning validligi — test nimani o’lchashi va u buni qanday yaxshi bajara olishini ifodalovchi tushuncha».


Metodikalarning validligini ta’rifi uning ishonchliligidan farqini ifodalab beradi. Psixodiagnostika metodikalarini amaliyotda qo’llashda ularning validligini ta’minlash loztim bo’ladi. Bu esa psixodiagnostika amaliyotda qo’llanilayotgan metodikalarning validligini ta’minlashda uning turlariga tayaniladi.
Amaliyotda validlikning quyidagi turlarini kuzatiladi:
Validlik turlari:
mazmuniy validlik;
oshkora validlik;
empirik validlik;
konkurent validlik;
prgonostik validlik;
differentsial validlik;
konstrukt validlik.
Biz quyida validlikning ayrim turlari va amaliyotda tushunish imkoniyat ta’minlash engil bo’lgan turlarini keltirib o’tamiz.
Mazmuniy validlik (content validation).
U ko’pincha “mantiqiy validlik” yoki “aniqlash bo’yicha validlik” deb ham nomlanadi. Mazmuniy validlik mutaxassis tomonidan testning validlik deb bildirgan mulohazasi orqali aniqlanadi.
Mazmuniy validlik ko’rinib turgan, yuzadagi, tashqi validlik (face validity) dan farq qilib kuzatiladi. Tashqi validlik- tekshiriluvchi nuqtai nazaridagi validldikdir. U tekshiriluvchida test yo’riqnomasi va materiallari bilan tanishishda shakllanadi, o’lchash predmeti haqidagi taassurotlarini ifodalaydi. Tashqi validlik testlashtirish jarayonida muhim rol o’ynaydi, chunki aynan u birinchi navbatda tekshiriluvchining tekshiruvga munosabatini aniqlaydi.
V.A.Avanesov tekshiriluvchilarda tashqi validlikni yo’qligi tufayli testni bajarishdan bosh tortish holati bilan bog’liq misol keltiradi. Bir sotsiologik tadqiqotda baliqchilik floti moryagi anketani to’ldirishdan bosh tortgan holat kuzatiladi. Bunga sabab anketa moryaklar uchun tuzilmaganligi sabablidir. Agar so’rovnoma dengiz atamalari bilan bog’liq tuzilganda edi, u holda tekshiriluvchilarda katta ishonch uyg’otgan bo’lar edi. Aynan ushbu holatning kuchiga ko’ra tashqi validlik ba’zan ishonchli validlik ham deb nomlanadi.



Yüklə 18,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin