Oshkora, tashqi validlik Oshkora, tashqi validlik mazmuniy validlik bilan har xil munosabatda bo’ladi. Bir holatda mazmuniy va tashqi validlik mos tushsa, boshqasida tashqi validlik mazmuniy validlikni himoyalash (yashirish) uchun niqob sifatida foydalaniladi. Shu maqsadda topshiriqning mazmuni va yo’riqnomasiga maxsus shakl beriladi. Bu asosiy ob’ektiv testlarni tuzishning taktik usuli sifatida foydalaniladi.
Oshkora-tashqi validlikdan farqli o’laroq mazmuniy validlik doimiy ravishda test materialini mazmunini haqqoniy baholashga munosabati bilan bog’liq, soxta o’lchashlar maqsadlariga emas. Mazmuniy validlikni aniqlash uchun ekspert metodidan foydalaniladi. Har doimgidek, ekspertizada quyidagi masalalar hal qilinishi kerak: kompetent ekspertlarni tanlash, ekspert guruhini shakllantirish, ekspertizani o’tkazish jarayonini tashkillashtirish vaboshqalar.Ekspertizaning spetsifik ob’ekti bo’lib, testning mazmuni xizmat qiladi.Ekspertlar uning psixik xususiyatlarga , testning validligini mazmuni sifatida e’lon qilinadigan testning mazmunini baholab berishlari zarur. Bu maqsadda ekspertlarga testning spetsifikatsiyasi va topshiriqlari ro’yxati taqdim etiladi. Agar aniq topshiriqlar to’liq ravishda mos kelsa, u holda ekspert uni testning mazmuniga muvofiq sifatida baholaydi. Aks holda u topshiriqlarni brak hisoblaydi va yozma o’z bahosini asoslaydi. Agar ekspertlar orasidan topshiriqni bahosida kelishmovchilik kelib chiqsa, u holda ekspertlarning yozma tushuntirishlari bilan anonim tarzda tanishib chiqadilar, buning natijasida ekspertiza qaytadan o’tkaziladi.
Empirik validlik
Empirik validlikning g’oyasi testning ma’lum qobiliyatini aniqlashda indikator yoki psixik xususiyatlari yoki inson xulq-atvor shakllarini qat’iy aniqlashni bashorat qiluvchi bo’lib xizmat qilishdan iborat [2,6,7,11]. Testning bu xususiyatini o’lchash uchun test natijalarining tashqi mezonlar bilan korrelyatsiyasi koeffitsienti hisoblab topiladi-R (X,K). Mezon sifatida testni validlashtiruvchi, psixologik xarakteristikalarni mustaqil va shubhasiz o’lchovchi, har qanday ko’rsatkich ishtirok etishi mumkin. Mezon tanlash haqidagi masala bu ko’rinishda asosiy validlik hisoblanadi. Mezon tanlashda validlikning miqdoriy va sifati baholashga bog’liq bo’ladi. Shartli ravishda uch guruh mezonlarni ajratish mumkin: ekspertlar, eksperimental va “hayotiy”.