Bixevioristik , geshtalpsixologiya, psixoanalitik , gumanistik nuqtai nazariya sifatiga o’rganish.
Bixeviorizm
Bixeviorizmning asoschisi D. J. Uotson (1878- 1938 )
psixologiya fanining bosh vazifasi xulqni tadqiq
Etishdan iborat deb tushunadi. U psixik hodisalardan
mutlaqo voz kechib , xulqni ikki shaklga , ya’ni ichki va
tashqiga ajratadi, ular o’zaro javoblar stimuli bilan
uzviy bog’liq ekanligini ta’kidlab o’tadi.
Bixeviorizm uchun “xulq”asosiy
tushunchaga aylanib, uning psixikasi
bilanaloqasi chetlab o’tilgandir.
Bixevioristlarjumladan Torndaayk, Tolmem , Xall, Xebb, kabilar xulq motivatsiyasiga muayyan darajada e’tibor qilganlar. Ular o’zlarining izlanishlarida xulq motivatsiyasining quyi darajalarini o’rganib , kalmushlarda tajriba ishlarini olib bo’rib jonivorda ochlik , tashnalik va ularning turlicha darajalarini reaksiya tezligiga nisbatan namoyon bo’lish xususiyatini , har xil sharoitda motivatsiyaning kuchi to’g’risida muayyan qonuniyatlar ochishga intilganlar.
Bixeviorizm insonni biologik mavjudot sifatida qarab , unga biologik jabhada yondashadi, oqibat natijada uning ijtimoiy ,mohiytai tadqiqot predmetidan chetda qolib ketadi.
Bixeviorizm ham insonga ham hayvonlarga xos bo’lgan xulqning umumiy prinsiplarini topishga intiladi.
Geshtalpsixologiya
Geshtalpsixologiya maktabi namayondalari
Uchun motivatsiya o’ziga xos talqinga ega bo’lib,
uning mohiyatini eksperimental tarzda o’rganishga ,
ochib berishga intilish ko’rsatkichi bilan boshqalardan
ajralib turadi. K. Levin (1890-1947) motivlarni
Eksperimental o’rganish metodikasini ishlab chiqib,
ularni mutlaqo mustqil holat sifatida tushuntirishga
harakat qilgan va bu borada
muayyan muvaffiqiyatlarga erishgan .
Geshtalpsixologiya maktabining namayondalariga obraz tushunchasi qanchalik o’ta ahamiyatli bo’lsa . K.Levinning maydon nazariyasi uchun motiv kategoriyasi o’ta ahamiyatga kasb etadi.
Obraz va motiv o’zaro aloqasiz hukm surishi ta’kidlanadi, motivatsiyani amalga oshiruvchi vaziyatning predmetli , ma’noviy mazmuni esa inkor qilinadi.
Geshtalpsixologlarning asarlarida shunday halatlar ham mavjudki, ularda xulq motivatsiyasi muammolari shaxsning muhim xususiyatlarini tahlil qilish negizidan kelib chiqib qaraladi.
Psixoanalitik
Ongsizlik ta’limotining asoschisi
Z. Freyd xulq motivlari va ehtiyojlari
muammosini ishlab chiqib motivatsiyaning
manbai instinkt , u tur va
individning saqlanish shartidir.
Psixoanalitik konsepsiyalar negizida motivatsiya organik ravishda inson mayllariga xosdir, degan goya yotadi. Ularning manbai sifatida maylni aks ettiruvchi qaysidir organdagi yoki uning qismdagi somatik jarayon tushuntiriladi.
Vilyam Makdugall
Motivatsiyaning irsiy (tabiatdan beriladigan )
xususiyatiga ega degan holatni
asoslash uchun tug’ma instinktlar masalari
bilan mazkur voqelikni bog’lab tushuntirishga
harakat qilgan. Uning fikricha tug’ma instinktlar
ham insonlarga , ham hayvonlarga ,
Bir tekis taaluqli bo’lib, , ular odamlarning motivida