Mavzu: Movarounnahr va
Xurosonning mo
ʻ
g
ʻ
ullar tomonidan
bosib olinishi
Movarounnahr, Xuroson va Xorazmga
qilingan yurishga shaxsan Chingizxonning
o’zi boshchilik qildi. Chingizxon 1218 yili
qoraxitoy Kuchluk davlatini tugatgach,
uning davlati chegaralari bevosita
Xorazmshohlar davlati bilan tutashdi.
Urushning asosiy bahonasi 1218 yili
mo’g’ullar savdo karvonining O’trorda
talanib, 400 nafar savdogar (yoki
josus)ning qatl etilishi edi.
1219 yil kuzida Chingizxon 200 mingdan ortiq askari bilan O’rta
Osiyoga yurish boshladi. Xorazmshoh A’loiddin Muhammad
mo’g’ullarga qarshi urushda asosiy kuchlarni jamlab yirik jang olib
borishdan qochdi. U o’ziga tobe barcha shahar va qal’alarga
o’zlarini himoya qilish haqida buyruq berdi. Chingizxon bundan
allaqachon xabardor bo’lgandi, O’trorga etganda xorazmshohlar
mulkini tezda bosib olish uchun qo’shinini 4 qismga ajratdi.
Birinchi qo’shinga o’g’illari Chig’atoy va O’qtoyni boshliq etib
tayinladi, ularga O’tror shahrini yo’q qilish topshirildi. Ikkinchi
qo’shinga boshqa o’g’li Jo’jini boshliq etib tayinladi, unga Sirdaryo
bo’yidagi Sig’noq, O’zgan, Barchinlig’kent, Jand, Yangikent va
boshqa shaharlarni istilo qilishni topshirdi. Uchinchi qo’shinga
Oloq no’yon va Suketu cherbilarni boshliq bo’lib, ularga Xo’jand va
Binokat shaharlarini bo’ysundirish buyurildi. To’rtinchi qism esa
Chingizxonning o’zi boshchiligida sahrodan Buxoro tomon yo’lga
tushdi.
Chig’atoy va O’qtoy boshliq birinchi
qushin 1219 yil sentyabr
– 1220 yil
mart oralig’ida O’tror shahrini qamal
qildi. Mo’g’ullar shaharni vayron qilib,
hokim Qoirni asirga tushirishdi. U 1218
yildagi mug’ul savdogarlarini
o’ldirishda ayblangani uchun,
Samarqandga - Chingizxon huzuriga
yuborildi. Chimgizxonning buyrugi
bilan qiynab o’ldirildi.
1220 yil fevralda Chingizxon Buxoroga etib keldi
va shahar qamalini boshladi. Shaqar 7
– 10
fevral kunlari qamal qilindi.
16 fevral kuni himoyasiz qolgan Buxoro ahli
mo’g’ullarga taslim bo’ldi. Lekin Go’rxon boshliq
himoyachilar Buxoro arkini yana 12 kun mudofaa
qilib turdilar. Mo’g’ullar Buxoroga o’t qo’yib kulini
ko’kka sovurishdi, minglarcha tinch aholini qirg’in
qilishdi va ko’plab kishilarni qulga aylantirishdi.
Chingizxon Buxorodagi xunrezligi bilan nom chiqargach
1220 yil martda Samarqandni talash uchun yurish
boshladi. Bir necha kunlik janglardan so’ng shahar
mo’g’ullarga taslim bo’ldi. Tog’ayxon boshliq 30 ming
kishilik qo’shin Chingizxon xizmatiga o’tishga rozilik
bildirdi, lekin tunda Tog’ayxon, uning 20 nafar sarkardasi
va 30 ming kishilik qo’shini ayovsiz qirib tashlandi.
Buxoro kabi Samarqand shahri ham o’t ichida qoldi,
minglab kishilar vahshiy mo’g’ullar tomonidan qirib
tashlandi, o’n minglab kishilar esa qul qilib haydab
ketildi.
Mo’g’ullarning ikkinchi qo’shini
Sig’noqni etti kun qamal qilib qo’lga
kiritdi, boshqa erlarda bo’lgani kabi,
Sig’noq aholisi ham qatli om etildi.
Samarqand talanganidan bir oy
o’tgach, 1220 yil aprelda, mo’g’ullar
Jand shahriga yurish boshladi. Jo’ji
boshliq qushin Jandni egallab, u
erda ham katta qirg’in uyushtirdi.
1220 yil martda mo’g’ullarning
uchinchi qo’shini Binkatga
hujum qildi, shahar 4 kunlik
qamaldan so’ng taslim bo’ldi,
mo’g’ullar odatlari bo’yicha bu
erdagi aholini ham qirib
tashlashdi.
Aprelda Xo’jandni istilo qilishga kirishishdi. Uch oylik qamaldan so’ng
Temurmalik boshliq qo’shin Xo’jandni tashlab Sirdaryo o’rtasidagi orolga
borib joylashdi. Mo’g’ullar Xo’jandni bosib olishgan bo’lsada, orolchadagi
askarlar yana to’rt oy mobaynida ularga qattiq qarshilik ko’rsatdi.
Mo’g’ullar bu ahvolda ularni engish imkonsizligini anglab, daryoga to’g’on
qurib orolni suv bilan bostirishga harakat qilishdi. To’g’on muljallangan
joyga etgach, Temurmaliq askarlarini olib oralchani tark etishga majbur
bo’ldi. Mug’ullar Temurmalikni tirik tutish maqsadida Sirdaryoning Binkat
shahri ro’parasidagi joyiga daryo eni bo’ylab zanjir tortib chiqishgandi.
Tunda yo’lga chiqqan Temurmalikning oz sonli qo’shini zanjir tortib
qo’yilgan erga kelganda zanjirni uzib yo’lida davom etdi. Mug’ullarning bir
necha oy mobaynida qilgan ishi chippakka chiqdi. Temurmalik Jand
shahriga etganda quruqlikka chiqishga majbur bo’ldi. Bu erda uni kutib
turgan Mug’ullar bilan hal qiluvchi jangga kirishdi. Mazkur jangda
Temurmalik barcha safdoshlaridan ayrildi, faqat bir necha kishi bilan hali
mo’g’ullar qadami tegmagan Urganchga etib oddi.
Chingizxon askarlariga bir muddat
dam bergach Naxshabga yurish
boshladi. Shahar jangsiz taslim
bo’ldi. Yozni Naxshabda
o’tkazishib, u erda talonchilik,
aroqxo’rlik, giyohvandlik va boshqa
fisqu fujur ishlar bilan
shugullanishdi. Kuzda esa
Termizga yurish boshlashdi.
Kuzda esa Termizga yurish boshlashdi.
Termiz 11 kun qarshilik ko’rsatgach
mo’g’ullar tomonidan bosib olindi.
Mo’g’ullar 1220 yili Movarounnahrni to’la
istilo qilishdi, endi Xorazmshohlar davlati
poytaxti Urganchni vayron qilishni
ko’zlashardi.
Chingizxon o’gillari Chig’atoy, O’qtoy va
Jo’ji boshliq barcha kuchni birlashtirib
Xorazmni bosib olish uchun harakat
boshladi. 1220 yil dekabrda Urganchdan
qochib ketgan xorazmshoh A’loiddin
Muhammad Kaspiy dengizidagi Ashur
orolida xor-
zor bo’lib o’lib ketdi. Uning
o’rniga katta o’g’li Jaloliddin taxtga
chiqarilgandi, boshqa o’g’illari esa
xazinani talon-toroj qilib gado topmas
erlarga qochib qolishdi. 1220 yil oxirlarida
mo’g’ullar Urganch qamalini boshladi.
5 oy davom etgan qamal va tinimsiz
janglardan so’ng shahar istilo qilindi.
Mo’gullarga qarshi janglarning birida 72
yoshli Shayx Najmiddin Kubro shahid
bo’ldi. Mo’g’ullar qonxo’rliklarini bu erda
ham isbotlashdi. Aholining bir qismi qulga
aylantirildi, Urganch esa suvga bostirildi.
Dostları ilə paylaş: |