2.MAVZU: TURKISTONNING (1917-1924 yy) TARIXIY GEOGRAFIYASI. REJA: 1. O'rta Osiyoning chor Rossiyasi tomonidan istilo etilishi.
2. Chor istilosiga qarshi milliy-ozodlik kurashlari geografiyasi.
3. O'rta Osiyoning chor Rossiyasi boshqaruvi davridagi tarixiy geografiyasi.
4. 1917-1924 yillar siyosiy-tarixiy geografiyasiga tavsif.
5. XIX asrning ikkinchi yarmi-XX asr boshlarida Turkistonda iqtisodiy hayot..
1. O’rta Osiyoning chor Rossiyasi tomonidan istilo etilishi. O'rta Osiyo xonliklari hududlarini bosib olishni maqsad qilib olgan chor Rossiyasi harbiy ma'murlari 1847 yili Sirdaryoning Orol dengiziga quyilish joylarini egallab oldilar. Rossiya harbiy qo'shinlari 1853 yili Qo'qon xonligiga qarashli Oqmachit qal'asini egallab oldilar. Xonlikning qal'ani qaytarib olish uchun urunishlari behuda ketdi. General Chemyayev boshchiligidagi 2500 dan oshiq rus qo'shinlari 1862-1864 yillarda Pishpak, To'qmoq, Avliyoota, Turkiston va Chimkent shahariarini egalladilar. Qo'qon xonligining Alimqul boshchiligidagi qp'shinlari rus qo'shinlarini Chimkentdan haydab yuborishga erishdilar. Biroq bu vaqtda Qo'qonga hujum uyushtirgan Buxoro amiri Nasrullo qo'shinlarini qaytarish uchun Alimqul shoshilinch ravishda Qo'qonga jo'nashga majbur bo'ldi. Bundan foydalangan rus qo'shinlari Chimkentni yana egallab oldilar. 1865 yil 14 iyunda ruslar Toshkentga hujum qildilar. Uch kunlik jangdan so'ng shahar taslim bo'ldi. 1866 yil rus qo'shinlari Xo'jand va Jizzax shahariarini ham egalladilar. 1867 yil O'rta Osiyoning Rossiya imperiyasi bosib olgan yerlari, Sirdaryo va Yettisuv viloyatlari tarkibida Turkiston general-gubernatorligi tashkil etildi.
1866 yili imperiya harbiylari Buxoro amirligiga qarashli Xo'jand va Jizzax tumanlarini, 1868 yilda esa general Kaufman, general Abramov boshchiligida Samarqand va Kattaqo'rg'on shaharlaridan tortib Zirabuloqqacha bo'lgan yerlar hamda Zarafshorming yuqori oqimlarini bosib oldilar. Zirabuloq tepaliklaridagi bo'lgan jangda amir Muzaffar qo'shinlari yengildi va Buxoro amirligi 500000 so'm tovon to'lab, Rossiyaga qaram davlatga aylandi. Amirlikning so'nggi yillarida uning qo'l ostida Buxoro, Chorjo'y, Qaboqli, Nurota, Karmana, Ziyovuddin, Xatirchi, Zirabuloq, Shahrisabz, Kitob, Yakkabog', G'uzor, Qarshi, Chiroqchi, Boysun, Sherobod, Karki, Denov, Hisor, Baljuvon, Qobodiyon, Qo'rg'ontepa, Ko'lob, Qorategin, Darvoz bekliklari bor edi.
1873 yili Xiva xonligi ham taslim bo'ldi. Muhammad Rahirnxon (Feruz) 2500000 so'm tovon to'ladi. Xiva xonligi ham qaram davlatga aylandi. 1872-1876 yillarda Farg'ona vodiysida ko'tarilgan Po'latxon (Yetimxon) qo'zg'olonini bostirish baho-nasida vodiyga kelgan Skobelov boshchiligidagi rus qo'shinlari Qo'qon xonligini tugatdilar va uning hududlarini Turkiston general-gubernatorligi ixtiyoriga qo'shib yubordilar. Xudoyorxon Orenburgga surgun qilindi.
Bu vaqtda general Golovachev boshchiligidagi rus qo'shinlari turkman urug'larini bo'ysundirish uchun urush ohb bordilar. Turkmanlar qariyb 10 yil davomida o'z mustaqilliklarini saqlab qolish uchun tengsiz jang qildilar. Biroq kuchlar nisbati teng bo'lmaganligi, harbiy tajribasizligi tufayli katta talofat ko'rib yengildilar. 1881 yil Go'ktepa (Ashxobod) ruslar tomonidan egallandi. 1884 yili Marv vodiysi Rossiya harbiylari ixtiyoriga o'tdi. 1885-1887 yillarda Afg'oniston bilan chegaralar belgilab olindi.
Shunday qilib, asrlar davomida ilm-fani, ma'rifati va san'ati bilan jahon e'tiboriga tushgan Turkiston o'lkasi Rossiya mustamlakasiga aylandi.