2 mavzu turkistonning 1917 1924 yy tarixiy geografiyasi Rej
2. Chor istilosiga qarshi milliy-ozodlik kurashlari geografiyasi. Turkistonda chorizmning siyosiy va iqtisodiy zulmiga qarshi harakatlar XIX asrning 70-yillaridan boshlandi. 1875-1876 yillarda Farg'onada Po'latxon boshchiligidagi qo'zg'olon, 1871 yildagi Yetimxon boshchiligidagi Mingtepadagi g'alayon chorizm ma'murlarini jiddiy tashvishga soldi.
1892 yil yozida Toshkentda ham yirik qo'zg'olon bo'lib o'tdi. Bu qo'zg'olon tarixga „vabo isyoni" nomi bilan kirgan. Shaharda vabo tarqalishi bilan 12 ta qabriston yopib qo'yildi va yangi 4 ta qabriston ochilishigina e'lon qilindi. Va'da qilingan 4 ta qabriston o'rniga faqat bittasi ochildi. Natijada xalq ommaviy qo'zg'olon ko'tardi. Lekin qo'zg'olon qurollangan harbiylar tomonidan bostirildi.
1898 yilda Andijonda Dukchi Eshon boshchiligidagi qo'zg'olon ham Rossiya imperiyasining o'lkadagi jabr-zulmiga qarshi ko'tarilgan ommaviy harakat edi. Qo'zg'olon rahbari Muhammadali eshon 1898 yil 17 may kuni xalqqa murojaat qilib, ularni mustamlakachilarga qarshi qo'zg'olon ko'tarishga da'vat etadi. Qo'zg'olonchilar dastlab Andijon habiy lageriga hujum qiladilar. Marg'ilon va O'sh uyezdlaridagi harbiy garnizonlariga hujum uyushtirish esa amalga oshmay qoladi. Chunki chor amaldorlari bundan xabar topib, mudofaa uchun zarur choralarini ko'rib ulguradilar. Qo'zg'olon haqidagi xabarlar Namangan uyezdi va Yettisuv viloyatiga ham etib bordi va bu yerdagi aholi tomonidan qo'llab-quvvatlandi. Qo'zg'olon garchand Rossiya mustamlakachilari tomonidan bostirilgan bo'lsada, bu ozodlik kurasliining yorqin namunasi bo'lib qoldi.
Birinchi Jahon urushining boshlanishi Turkistondagi shunday ham og'ir hayotni yanada og'irlashishiga olib keldi. Shunday sharoit hukm surayotgan bir paytda 1916 yil 25 iyunda podsho Nikolay II ning mardikorlikka olish to'g'risidagi farmoni e'lon qilinadi. Unga ko'ra Turkiston aholisidan ham 250 ming kishi mardikorlikka olinishi kerak edi. Ammo bu harakatga qarshi Turkistonda yirik qo'zg'olonlar boiib o'tadi. 1916 yil 4 iyulda Xo'jand xalqi qo'zg'olon ko'tardi, ayni paytda, Samarqand, Jizzax, va Kattaqo'rg'on tumanlarida ham g'alayonlar boshlandi. Farg'ona, Sirdaryo, Samarqand, Yettisuv, Zakaspiy viloyatlarida avj olgan g'alayonlar keskinlashib, yirik xalq qo'zg'oloniga aylandi. Bu qo'zg'olonlar ham chor ma'murlari tomonidan ayovsiz bostirilgan. Turkiston o'lkasidan
1916 yil sentyabridan 1917 yil fevraligacha 123 ming kishi mardikorlikka olingan. Podsho hukumati ag'darilgandan so'ng
1917 yil bahorida mardikorlar orasida norozilik harakatlarining kuchayishi natijasida Muvaqqat hukumat mardikorlarni o'z yurtlariga qaytarishga majbur bo'lgan.