2. mavzu: turkistonning (1917-1924 yy) tarixiy geografiyasi. Reja


O'rta Osiyoning chor Rossiyasi boshqaruvi davridagi tarixiy geografiyasi



Yüklə 28,68 Kb.
səhifə3/6
tarix27.04.2023
ölçüsü28,68 Kb.
#103358
1   2   3   4   5   6
2 mavzu turkistonning 1917 1924 yy tarixiy geografiyasi Rej

3. O'rta Osiyoning chor Rossiyasi boshqaruvi davridagi tarixiy geografiyasi.
O'rta Osiyo Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olin-gandan keyin chor hukumati bu yerda mustamlakachilik siyosatini boshlab yubordi. 1867 yilda Turkiston general-gubernatorligi tuzilib, o'lkani boshqarish Harbiy vazirlikka bo'ysundirildi.
Turkiston general-gubernatorligi XXasr boshlariga kelib besh viloyatga bo'lindi: Sirdaryo, Farg'ona, Samarqand, Yettisuv, Kaspiyorti viloyatlari. Ularni rus armiyasi generallaridan shaxsan podshoning o'zi tayinlaydigan harbiy gubernatorlar boshqargan. Ular harbiy fuqaro hokimiyatini o'z qo'lida tutishgan. Harbiy sohada ular viloyatlardagi qo'shinlar (diviziya yoki korpus) qo'mondoni, fuqaro ishlarida esa gubernator huquqiga ega bo'lishgan. Barcha ma'muriy polisiya va sud hokimiyati ham ularning izmida bo'lgan.
Harbiy gubernatorlar qoshida viloyat boshqarmalari bo'lib, ular guberniya boshqarmasi huquqlariga ega bo'lishgan. Viloyat ijtimoiy hayotining barcha masalalari shu boshqarmalarda ko'rilgan. Viloyatlar o'z navbatida tumanlarga (uyezdlarga) bo'linib, ularni tumanboshilar idora etishgan. Tumanlar Turkiston general-gubernatori ma'muriy tuzilmasining asosini tashkil etgan. Ular aholining turmushi, hududning xusu-siyatlari, millatlari yo elatlaridan qat'i nazar, rus amaldorlari xohishicha o'zboshimchalik bilan tuzilavergan. Podsho hukumati milliy, elat va tarixiy xususiyatlardan kelib chiq-magan holda musamlakachilik nuqtai nazaridan bu masalaga yondashgan.
O'lkaning tub viloyatlari hisoblangan Sirdaryo, Farg'ona, Samarqanddan tashqari Yettisuv, Kaspiyorti viloyatlari ham shu asosda tumanlarga bo'linib idora qilingan.
Sirdaryo viloyati quyidagi tumanlarga bo'lingan: Toshkent, Avliyoota, Qozoli, Perovsk, Chimkent, Amudaryo tumani ham shu viloyatga bo'ysungan. Farg'ona viloyatiga Marg'ilon, Andijon, Qo'qon, Namangan, O'sh tumanlari qaragan. Samarqandga Jizzax, Kattaqo'rg'on, Xo'jand, Samarqand tumanlari; Yettisuvga Verniy, Jarkent, Kopal, Lepsinek, Pishpak, Prjevalsk; Kaspiyorti viloyatiga Ashxobod, Krasnovodsk, Mang'ishloq, Marv va Tajan tumanlari kirgan.
1886 yil 12 iyunda Rossiya imperatori tomonidan „Turkiston o'lkasini boshqarish to'g'risidagi Nizom" tasdiqlangandan keyin ham ma'muriy qurilish bo'yicha e'tirozlar davom etdi. Ammo imperator Turkiston o'lkasida sobiq general-gubernatorlik boshqaruvining asosiy tamoyillarini saqlab qolgan holda unga ba'zi o'zgartirishlar kiritdi, xolos.
„Turkiston o'lkasini boshqarish to'g'risidagi Nizom" bo'yicha Turkistonning viloyatlarga bo'linishi aholining etnografik, maishiy va iqtisodiy shart-sharoitlarini o'rganish asosida emas, balki o'lkani bosib olish jarayoni bilan bog'liq holda amalga oshirildi. Uezdlarga bo'linish esa aholining rus bosqinigacha bo'lgan markazlarida tashkil etilgan edi.
Shunday qilib, Turkiston o'lkasida Rossiya hukmronlik qilgan yillarda qonun loyihalari doimo to'ldirib, o'zgartirilib turildi. Buning siri juda oddiy edi. Chor Rossiyasining qonun loyihalari Turkistonni Rossiya imperiyasining markazlashgan boshqaruvi tizimiga kiritib, uni rus burjuaziyasi va dvoryan-pomeshchiklar mulkiga aylantirishga qaratilgan edi.

Yüklə 28,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin