Mundarija Kirish Bob. Cholg’u Musiqasi



Yüklə 45,39 Kb.
səhifə1/6
tarix22.02.2022
ölçüsü45,39 Kb.
#52950
  1   2   3   4   5   6
Cholg\'u musiqasi


Mundarija

Kirish……………………………………………………………………………………………….……2

1.Bob. Cholg’u Musiqasi…………………………………………………………………………

1.1. O’zbekistonga simfonik musiqaning kirib kelishi………………………….….10

1.2. Syuita………………………………………………………………………………………….…..16



2. Bob. Cholg’u Musiqasi turlari va rivojlanishi………………………………………..

2.1. Simfonik uvertyura……………………………………………………….…..23



2.2. O’zbek xalq cholg’u asboblari takomillashuvi………………….…..27

3. Xulosa…………………………………………………………….…30

4. Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………..34


Kirish

Xalqimizning istiqlolga erishish munosabati bilan azaliy qadryatlarimizni tiklash, o’z tariximizni, milliy urf – odat va an’analarimizni, ma’naviy va shu jumladan, badiy merosimizni atroflicha o’rganish hamda undan baxramad bo’lish imkoniyati vujudga keldi. O’zbek xalqining musiqa merosi juda boy va qadimiy tarixga ega. Uning ajoyib an’analari hozirgi kunda ham o’z badiiy va estetik qiymatini saqlab kelmoqda. Bu an’analar zamonaviy o’zbek musiqa madaniyatining ajralmas qismini tashkil qiladi. Qadim – qadim zamonlardan ona – zaminimiz o’zining boy ma’naviy merosi, yuksak madaniyati, urf – odat, marosim va an’analari bilan jahon tsivilizatsiyasida munosib o’rin egallagan. Bu o’lka xalqlarining buyuk siymolari duny ilm – fani va madaniyatining barcha sohalari rivojiga o’zlarining munosib xissalarini qo’shib kelganlar. “Vatanimiz”, degan edi I.A.Karimov, - bashariyat tafakkur xazinasiga unutilmas xissa qushib keldi. Asrlar moboynida xalqimizning yuksak ma’naviyat, vatanparvarlik, marifatparvarlik kabi ezga – fazilatlar sharq falsafasi va islom dini ta’limoti bilan uzviy ravishda rivojlandi va o’z navbatida falsafiy, ahloqiy ta’limotlar ham xalqimiz dahosidan bahra olib boyib bordi. SHuni alohida ta’kidlash joyizki, o’zbek xalqining tarixiy taraqqiyoti davrida moddiy va ma’naviy ma’daniyati bar tekis ravishda rivojlanmadi. Unda uyg’onish va yuksalish bilan birga depsinish, turg’unlik holatlari ham bo’lib turdi. Ma’lumki, Markaziy Osiyo xalqlari o’tgan uzoq tarixiy davr mobaynida ko’plab istilochilar tomonidan zabt etilgan. Ular yerli aholini boy milliy madaniyatidan begonalashtirish siyosatini olib borganlar. Shunga qaramay xalqimiz o’z milliy ongi, milliy g’ururi, milliy iftixori va ma’naviy dunyosini asrab qolgan va uni boyitib borgan. Mamlakatimiz o’z mustaqilligini qo’lga kiritganch, ma’naviy-madaniy hayotimizda tub o’zgarishlar yaratish uchun keng imkoniyatlar vujudga keldi. “Ma’naviyat taqdirining ehsoni emas. Ma’naviyat inson qalbida kamol topishi uchun u qalban va vijdonan, aql va qo’l bilan mehnat qilishi kerak. Bu xazina insonga hayotda barqarorlik bag’ishlaydi. Uning qarashlari shunchaliu boylik orttirish yo’lida kun ko’rishga yo’l qo’ymaydi. Fojealar vaqtida omon saqlab qoladi va moddiy qiyinchiliklar kunlarida irodani mustahkamlaydi”,- degan edi yurtboshimiz I.A.Karimov. Mustaqilligimizning dastlabki yillaridan boshlab davlatimiz Prezidenti rahbarligida madaniyat va san’at rivojiga alohida e’tibor qaratilmoqda. CHunki millatning o’tmish va kelajak oldidagi mas’uliyati uning ma’naviyatiga alohida e’tibor berishni taqozo etadi. Asosiy maqsad – o’tmish madaniy, ma’naviy merosimizni chuqur o’rganish, uni keng ommalashtirish, shu qadriyatlar vositasida komil insonlarni tarbiyalab, voyaga yetkazish, pirovardida ularni kelajak avlodlarga bus-butun yetkazishdan iboratdir. Milliy madaniyat, ma’naviyatimizning chuqur o’rganishda qo’shiqchilik san’ati ham alohida o’rin egallaydi. Milliy qo’shiqchilik san’atimiz tarixi, uning an’anaviy qirralarini o’rganish, ijro usullarining rang-barangligini ta’lil etish muhim ahamiyat kasb etadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining musiqa san’ati to’g’risidagi qaror va farmonlarida milliy an’anaviy musiqa san’atini yanada rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo’lmoqda. Farmonlarda ko’zda tutilgan eng asosiy maqsad – musiqa san’ati yutuqlarini yanada mustahkamlash va rivojlantirish, ushbu soha ijodiy xodimlarining mehnatini yanada rag’batlantirish va ularni ijtimoiy himoyalashni nazarda tutishdan iborat edi. SHu farmondan kelib chiqib, respublika qo’shiqchilik, musiqa madaniyatini yanada yuksaltirishning tegishli chora-tadbirlari belgilanib, shu asosda ko’pgina ijodiy ishlarni amalga oshirilmoqda. Bu yo’ldagi harakatlar, ayniqsa, “O’zbekiston – vatanim manim”, “SHarq taronalari” (Xalqaro ko’rik tanlovi), “Nihol” nomlari bilan o’tkazilgan ko’rik tanlovlarda o’z aksini topdi. Bunday ko’rik tanlovlar mamlakatimizda yangi san’at dastalarini elimizga manzur bo’lgan yangi xushovoz hona ndalarni, milliy qo’shiqchilik an’analarimizning turli qirralarini o’z ijodlariga asos qilib olgan san’at ijodkorlarini yetishtirib chiqarmoqda. Yuqorida zikr etilgan chora-tadbirlarning respublika televideniyasi, radiosi ijodkorlari tomonidan muttasil o’tkazilib borilayotganligi respublika hukumatining qo’shiqchilik, musiqa sohasida olib borayotgan sobitqadam ishlaridan hisoblanadi. O’zbek musiqa san’atining tarixiy ildizlari uzoq moziydan boshlanadi. Uni chuqur o’rganish esa mashaqqatli mehnat, izchil izlanishlarni talab qiladi. Bu sohada respublikamizning talaygina ilmiy tadqiqot maskanlarida, o’quv yurtlarida samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Umumta’lim maktablarida musiqa darslarida o’quvchilar halqimizning ko’p asrlik musiqiy an’analarini milliy qadriyatlarimiz qatorida o’rganishlari va ayni chog’da bu an’analarni milliy qadriyatlarimiz qatorida e’zozlashlari zarur. CHunki mazkur bitiruv malakaviy ishda biz o’zbek xalqining uzoq o’tmishidan buyon ijod etib, turli vaziyat va davrlarda kuylab kelinayotgan qo’shiq va yallalarni, mehnat aytim va laparlarni, dostonlari va katta ashulalarini, cholg’u sozlarini yaqindan o’rganamiz, ulardan ma’naviy bahra olamiz. SHu bilan birga, bu bitiruv malakaviy ish bizga diorimizning turli voqealarida yuzaga kelgan mahalliy musiqiy an’analar bilan atroflicha tanishish imkonini beradi. Masalan, aytaylik, biz namangan viloyatida yashayotgan bo’lsak, bu bitiruv malakaviy ish ko’magida shu joyga taalluqli xalq musiqa ijodini o’rganish bilan birga yana Buxoro, Surxondaryo, Qashqadaryo, Xorazm kabi vohalarda yashab kelayotgan aholining musiqa ijodida namunalar ko’rib, qo’shiqlari bilan tanishamiz. SHu tariqa xalqimizning xilma – xil va rang – barang qo’shiq – kuylaridan bahramand bo’lamiz. “O’zbek musiqasi” iborasi keng mazmunli tushuncha bo’lib, u, jumladan, o’z ichiga milliy musiqamizning ikki asosiy qatlamining – xalq musiqasi va ustoz – san’atkorlar ijodi bo’lgan kasbiy musiqa sohalarini hamda bastakorlik va kompazitorlik kabi zamonaviy musiqa ijodiyoti tarmoqlarining qamrab oladi. SHuningdek, “O’zbek musiqasi” mazmunida yana asosiy bo’lgan to’rtta mahalliy musiqiy uslublar ham tushunilib, ulr esa quyidagicha nomlanadi: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2019-yil 19-mart kuni yoshlarga eʼtiborni kuchaytirish, ularni madaniyat, sanʼat, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularga axborot texnologiyalaridan foydalanish koʻnikmalarini singdirish, yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni targʻib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi. Mamlakatimiz aholisining 30 foizini 14 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan yigit-qizlar tashkil etadi. Ularning taʼlim olishi, kasb-hunar egallashi uchun keng sharoit yaratilgan. Shu bilan birga, yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishni tashkil etish dolzarb masala hisoblanadi. Yoshlar qanchalik maʼnaviy barkamol boʻlsa, turli yot illatlarga qarshi immuniteti ham shunchalik kuchli boʻladi. Maʼlumki, davlatimiz rahbari ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yoʻlga qoʻyish boʻyicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi. Birinchi tashabbus – yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va sanʼatning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, isteʼdodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi. Ikkinchi tashabbus – yoshlarni jismoniy chiniqtirish, sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yoʻnaltirilgan. Uchinchi tashabbus – aholi va yoshlar oʻrtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan. Toʻrtinchi tashabbus – yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish boʻyicha tizimli ishlarni tashkil etishga yoʻnaltirilgan. Beshinchi tashabbus – xotin-qizlarni ish bilan taʼminlash masalalarini nazarda tutadi. Ana shu ezgu gʻoya Prezidentimizning Sirdaryo viloyatiga tashrifi chogʻida boshlanib, qisqa vaqtda ulkan ishlar amalga oshirildi. Sirdaryo viloyatidagi tuman va shaharlar kutubxonalariga 300 ming nusxada badiiy adabiyotlar yetkazib berildi. Musiqa va sanʼat maktablari cholgʻu asboblari, sport obyektlari jihozlar bilan taʼminlandi.

Bu ishlar Namangan viloyatida ham davom ettirilib, “Maʼrifat karvoni” tashkil etildi. Yoshlar uchun 25 ming dona kitob, 80 turdagi sport jihozlari va musiqa asboblari yetkazib berildi.

Bir soʻz bilan aytganda, ushbu 5 ta tashabbus xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.

Yigʻilishda bu tajribani mamlakatimizning barcha hududlarida keng joriy qilish masalalari muhokama qilindi.

Bugungi kunda mamlakatimizdagi 800 dan ortiq madaniyat markazlari, 312 ta musiqa va sanʼat maktablariga atigi 130 ming nafar oʻgʻil-qiz qamrab olingani, mazkur muassasalarning aksariyati oʻquv qoʻllanmalari, notalar toʻplami, musiqa asboblari, mebel va jihozlar bilan yetarli darajada taʼminlanmagani koʻrsatib oʻtildi.

Davlatimiz rahbari joylardagi madaniyat markazlari, musiqa va sanʼat maktablarining moddiy-texnik bazasi va ulardan foydalanish holatini oʻrganib, ularning faoliyatini yaxshilash boʻyicha topshiriqlar berdi. Madaniyat vazirligi va Xalq taʼlimi vazirligiga hokimliklar bilan birgalikda tuman (shahar) madaniyat markazlari va umumtaʼlim maktablarida yoshlarning qiziqishlaridan kelib chiqib, qoʻshimcha 1,5 mingta toʻgarak tashkil etish vazifasi qoʻyildi. Tashabbuskor isteʼdodli yoshlar va mahalliy homiylarni jalb etgan holda, madaniyat markazlarida badiiy-havaskorlik jamoalari, yoshlar teatr-studiyalari va “Yoshlar klublari” tashkil qilish zarurligi taʼkidlandi.

Atoqli sanʼatkor va isteʼdodli ijodkorlarni tumanlardagi madaniy ishlarga koʻmakchi sifatida biriktirish yaxshi natija berayotganini inobatga olinib, bu tajribani butun respublikaga yoyish boʻyicha koʻrsatmalar berildi. Unga muvofiq, taniqli artistlar tuman va shaharlarga ijodiy maslahatchi sifatida biriktirilib, oʻsha joylarda madaniyat va sanʼatni rivojlantirishga masʼul boʻladi, tuman va shaharlar hokimlari esa ushbu ishlarga moddiy va tashkiliy jihatdan yordam beradi. Musiqa va sanʼat sohasida oliy maʼlumotli kadrlarni koʻpaytirish masalasiga ham eʼtibor qaratildi.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim hamda Xalq taʼlimi vazirliklariga muayyan mavzular boʻyicha tarix darslarini muzeylar, tarixiy obidalar, qadamjo va teatrlarda sayyor oʻtkazilishini tashkil qilish topshirildi. Ikkinchi tashabbusga doir masalalar muhokama qilinar ekan, mamlakatimizda 12 mingdan ziyod sport inshootlari borligi, lekin yoshlarni jismoniy tarbiya va ommaviy sportga qamrab olish darajasi yetarli emasligi qayd etildi. Umumtaʼlim maktablarining sport anjomlari bilan jihozlanish koʻrsatkichi respublika boʻyicha 56 foizni, jumladan, Surxondaryo viloyatida 12 foizni, Xorazmda 14 foizni, Qoraqalpogʻistonda 15 foizni tashkil etadi, xolos. Yigʻilishda yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish borasidagi chora-tadbirlar belgilab berildi.



Tuman va shaharlar hokimlarining yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosarlariga mutaxassislar bilan birgalikda yoshlarning sport turlariga qiziqishi hamda sport inshootlarining jihozlanish darajasini oʻrganib, shu asosda takliflar berish, Vazirlar Mahkamasiga ularni amalga oshirish uchun zarur mablagʻlar manbasini aniqlash vazifasi qoʻyildi.

Yüklə 45,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin