Mundarija Kirish Bob. Cholg’u Musiqasi


O’zbek xalq cholg’u asboblari takomillashuvi



Yüklə 45,39 Kb.
səhifə5/6
tarix22.02.2022
ölçüsü45,39 Kb.
#52950
1   2   3   4   5   6
Cholg\'u musiqasi

O’zbek xalq cholg’u asboblari takomillashuvi

 O’zbek xalq cholg’u asboblar takominlashtirish jarayoni. Mazkur jarayonda bunyodga kelgan g’oya, amaliyotda joriy etishdagi tug’ilgan muammolar, natija va xulosa. O’zbek xalq cholg’u asboblari orkestri tashkil topishi. Konservatoriyada xalk cholg’u musiqa kafedraning tashkil topishi. Orkestr uchun maxsus musiqiy asarlar yaratishdagi yutuq va kamchiliklar, tug’ilgan muammolar. Orkestr uchun yaratilgan asarlardan namunalar; S.Boboevning «Bayram uvertyura»si, D.Zokirovni xalq musiqasini orkestr uchun qayta ishlagan asarlar; «Yovvoyi Ushshoq», «Navo», «Savti Navo», «Yovvoyi chorgoh», «Ufori navo», «Nasrulloyi», «Muhammasi iroq», «Mirza davlat», «Yolg’iz», original asarlar; «Syuita», vokal syuitalar; «Suv keldi- hayot keldi», «Qarshi cho’li gullari», G’.Qodirovning ikkita syuitasi (1952, 1954) va mumtoz xalk ashula «Hanuz» (A.Navoiy so’zi) qayta ishlagan, M.Leviev orkestr uchun qayta ishlangan «Girya qozoq» va «Ulkun jonon» (Muqimiy so’zi) mumtoz xalk ashullalari, F.Nazarovning qoraqolpoq xalk musiqasi asosida «Rapsodiya»; B.Gienkoning qoraqolpoq xalk musiqasi mavzuida syuita va Tog’ – badaxshon xalk musiqasi asosida «Fantaziya», «SHodlik bayrami» uvertyura; «Pomir uvertyurasi; xalq musiqasini orkestrga qayta ishlaganlar; M.Mirzaev va S.Gabrielyan hamkorlikda «Rohat», F.Alimovning uvertyuralari; «SHodiyona», «Tabriknoma», «To’yona», «Poema» va uch qismli «Kontserti», M.Bafoevning qashqar rubobi va orkestr uchun «Poema», «Bayram tantanasi» poemasi; orkestr uchun «Kotsert», «Zarafshon to’lqinlari» syuita, tanbur uchun «Kotsert», ud uchun «Poema», orkestr uchun «Buxorcha» nomli kontsert; T.Qurbonovning o’zbekcha, qirg’izcha, tojikcha , qoraqalpoqcha va turkmancha «Xamsa» beshta poema, «Bayram uvertyura»si, «Lirik poema», «Rapsodiya», «Yoshlik» va «Muborakbod» uvertyuralar, ikkita simfoniya orkestr uchun, nay va orkestr uchun «Rondo», g’ijjak va orkestr uchun «Kontsert- poema», I.Hamroevning chang uchun ikkita kontserti va boshqa juda ko’p asarlar kompozitorlar tomonidan yaratilgan. T.Jalilov nomidagi akademik va D.Zokirov nomidagi professional o’zbek xalk cholg’u asboblar orkestrlarining repertuari juda ham boy. Mazkur orkestrlar uchun doimiy ravishda kompozitorlar turli janr va shakllarda asrlar yozib kelmoqdalar. 2. OVRO’PA DAMLI CHOLG’U ORKESTRI UCHUN MUSIQA OVRO’PA VA ROSSIYaDA SHAKLLANGAN DAMLI cholg’u asboblardan tuzilgan orkestr (duxovoy orkestr)ning O’rta Osiyoga kirib kelishi. Harbiy orkestrlarning faoliyati. Orkestr repertuariga O’rta Osiyo xalqlarining musiqiy merosidan ayrim namunalar kiritilishi. Bu sohada. F.V.Leysek, V.I.Mixalik, A.F.Eyxgorn, N.N.Mironov boshqa dirijyorlarning faoliyati. O’zbek sozandalaridan damli orkestrlarning bunyodga kelishi. Harbiy va turli zavod, fabrika va o’quv yurtlarida damli cholg’u orkestrlarning tashkil topishi va faoliyati. Orkestrlar repertuarlarini boyitishda respublika kompozitorlarining faoliyati. M.Ashrafiyning «O’zbekiston» va «Tantanali» marshi (1941)y, D.Zokirov «Marsh», F.Nazarov «O’zbekcha marsh» va «Bayram marshi», S.Varelasning 1 va 2 «Marshi», uch qisimli syuita, truba va orkestr uchun «Kontsert pьesasi» va «G’alaba marshi», S.Xayitboevning rubob va orkestr uchun «Ballada», P.Xalilovning «Farg’ona» o’zbekcha marsh, uvertyuralari. «Polk o’g’li» uvertyura, truba va orkestr uchun «Kontsert» va «Toshkent» marshi.

Xulosa

Xulosa qilib aytish joizki, XX asrning 50-80-yillarda 0 ‘zbek¡ston kompozitorlarining ijodiy faoliyatlarida simfonik syuita janri keng ravishda rivojlandi. Bunga yuqorida misol sifatida tilga oJingan simfonik syuitaiar dalolat beradi. Kompozitoriar ushbu janrda asaríar yaratishda turli ijodiy uslublardan foydalandilar. Professionallik mahoratlari o‘sdi, mualliflik tematizmini rivojlan- tirish jarayoni mukammal ravishda ravnaq topdi. Orkestming fakturasini murakkabiashtirish tufayli asami milliylik ruhi va sadolanish taassurotlarini boyitishga harakat qildiiar. Simfonik poema Poema (yunon tilida “yaratish”, fransuz tilida poeme - cholg‘u yoki ovozli bir qismli musiqiy asar). Professional kompozitorlaming ijodida shakllangan janriardan biri. Jahon musiqa tarixida asrlar davomida yakka cholg‘u, cholg‘u, ansambl va orkestrlar uchun hamda ovozli (vokal) programmali yoki noprogrammali poemalar mavjud. Poema shaklan bir qismli asar boisada, lekin uning ichki tuzilishi oddiy bir mavzuli yoki oddiy uch qismli yoki “sonata allegrosi” shaklida yoziladi. XX asrning 50-yillaridan boshlab 0 ‘zbekiston kompozitorlari poema janriga ham murojaat qila boshladilar. Ular poema, poema- bailada, poema-rapsodiya kabi turlarida xalqimizning fídokorona mehnat jasoratlarini, shodu xurram bayramlarini, ozodlik uchun kurashlarini, dahshatli urush voqealarini, o‘tmish dostonlarini, xalqlarning orzu-umidlarini va insonlaming shaxsiy, ruhiy kechin- malarini iíbdalashga harakat qildiiar. 0 ‘zbek kompozitorlari milliy ruhda poema yaratishda murakkab hisoblangan “sonata allegrosi” shakiini qoilashda izlandilar va asi simfonik poemalar yaratishga muyassar boidilar. Jumladan: A.F.Kozlovskiyning o£zbek xalq mumtoz kuyi asosida yaratgan “Tanovar” va “Bayram tantanasi”; D.Zokirovning “Hamza”; H.Rahimovning “Yoshlik”; G‘.Qodirov- ning “Poema-bailada”; S.Boboyevning “Segoh”; l.Akbarovning “Shoir xotirasiga” va “Epik poema” hamda torli cholg‘u orkestr, fleyta, arfa, litavra uchun “Poema” asarlari; B.F.Gienkoning “Mirzachoi; M.Ashrafiyning “Temur Malik»” poema-rapsodiyasi; S.Yudakovning “Yoshlar poemasi”; T.Qurbonovning “Osiyo”; N.Muframmadiyevning “Simfonik poema”si; M.Tojiyevning “Shoir muhabbati”; R.Abdullayevning uchta simfonik poemalari va “Alisher Navoiy”; P.Xaliqovning “Saodat”; E.Salixovning “Erjigi- tovning jasorati” va “General Rahimovni xotiralab”, M.Mahmu- dovning “Xotira”; N.Zokirovning “Mening Vatanim”; U.Musayev- ning “Tantanavor”; A.Mansurovning “Simfonik poema”si; N.G'iyo- sovning “Poema improvizatsiya”si; M.Bofoyevning “Shiroq haqi- dagi afsona”; A.Hasanovning “Simfonik poema”si; A.Hoshimov- ning “G‘ani botir” kabi simfonik poemalari jamoatchilikning diqqat- e’tiboriga sazovor boidi va simfonik orkestrlaming repertuarlarini boyitdi. Yillar davomida o‘zbek kompozitorlari ijodida bunyodga kelgan simfonik poemalar o‘zining badiiy obrazlari bilan bir-biridan farq qilsada, har bir kompozitor simfonik poema yaratishda o‘z shaxsiy professionallik mahoratiga va dunyoqarashiga xos boigan individual uslubini topishga harakat qilgan. Bunga bir misol. Asrlar davomida o‘zbek xalqining qalbini ruhlantirib kelayotgan ashulalardan biri “Tanovar”dir. Bu ajoyib 1961-yil Ikrom Akbarov “Epik poema” nomli simfonik poema yaratdi. Kompozitoming bu poemasi ham xuddi “Shoir xotirasiga” asari kabi jamoatchilikda katta qiziqish uyg'otadi va o‘zbek simfonik musiqa janrlarining rivojlanish jarayonida yana bir qadam sifatida muhrlanadi. Ushbu asar “Sonata allegrosi” shaklida yozilib, qarama-qarshi mavzulami rivojlantirish, milliy ruhiyat bilan sug‘orish, tarixiy voqealaming muhit jarayonini umurnlashtirishlar orqali asarlaming bir-biriga yaqinliklari seziiarlidir. “Epik poema” bir marom harakatli g‘am-g‘ussa, og‘ir sur’atli, xayoini oladigan (mi doriy ladida) milliy ruh bilan sug‘orilgan musiqiy muqaddima, violonchel-kontrabaslarning ohangdoshligi bilan boshlanadi.

Ushbu ravzu bir davrda paydo bo‘lgan raqssimon xalq kuyiga o‘xshatma sadolar bilan birlikda rivojlanadi. Asosiy mavzu eskilik bilan yangilik jarayonlami birlashtirilgan holda jaranglaydi. Jo‘r- sozlar akkordlarining doriy-eoliy ladlaming almashuvi, mavzuning yuqoriga ko‘tarilish harakatlari, tonikali kvinta ostinatosi, turli dinarnik urg‘ularning paydo boiishlari, mavzuning xotimasida marsh sadosining namoyon boiishi kabi vositalaming hammasi jamîanib, musiqaga kishini hayajonga soluvchi matonatli dramatik harakaî asta-sekin susayib ikkinchi yondosh mavzuga o‘tishga zamin tayyorlaydi.




Yüklə 45,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin