Sayfi Jalil
Atoqli kompozitor Sayfi Jalil (Jalilov 1932-2003) simfonik musiqaning turli janr va shakliarida asarlar yaratib, ijodiy kamolotga erishgan chog'ida, lirik qalb tuyg‘ulari bilan 1971-yili skripka uchun, 1975-yili violonchel uchun konsertlar yaratgandan so‘ng 1977-yili o‘zining birinchi “Samarqandnoma” simfoniyasini yara- tadi.
Mustafo Bafoyev
Taniqli kompozitor va dirijor musiqa ijodiyotiga XX asr 70- yillarinining ikkinchi yarmida kirib keladi va eng samarali kompozitor sifatida shakllanadi. M.Bafoyev musiqa ijodiyotining eng darg‘a namoyandalari ijodiy an’analarini o‘zlashtiradi.Milliy musiqa tafakkuri doirasida zamonasining yetuk asarlarini barcha janrlarda namoyon etishga erishadi. Barcha simfonik asarlarida u serquyosh respublikamizning tarixini, mutafakkir ajdodlarimizni, zamondoshlar obrazlarini aks etib, bir qator chuqur mazmundor asarlar yaratadi. Bu sohada uning “Shiroq haqida afsona” nomli simfonik poema(1974), “Bayram uvertyura” (1976); truba va sim fonik orkestr uchun “Konsert-rapsodiya” (1978); kamer simfonik orkestri uchun “Avitsena” nomli ikkinchi simfoniya (1984), “Shoir- ning hayot sahifasi” nomli atoqli shoir Hamzaga bag‘ishlangan uchinchi simfoniya (1990) va “Movarounnahr” nomli to‘rtinchi simfoniyalari yorqin misol bo’ ia oladi.
Dostları ilə paylaş: |