2 mavzu turkistonning 1917 1924 yy tarixiy geografiyasi Rej
4.1917-1920 yillar siyosiy-tarixiy geografiyasiga tavsif. 1917 yil 25 oktyabrda bolsheviklar Petrogradda Muvaqqat hukumatni ag'darib tashlab, hokimiyatni zo'ravonlik yo'li bilan egallashdi. Rossiyaning markazida ro'y bergan bu voqealarning ta'siri oradan ko'p vaqt o'tmay Turkistonga ham yetib keldi.
28 oktyabrda Toshkentning yangi shahar qismida yevropalik ishchilar va harbiylar bolsheviklarning qo'llab-quwatlashi bilan qurolh to'qnashuvlarni boshlab yuborishdi. 1 noyabrda esa ular Muvaqqat hukumatning Turkiston Qo'mitasini qamoqqa ohb, Toshkentda sho'rolar hokimiyatini o'rnatishdi.
1917 yil 26 noyabrda Qo'qon shahrida o'lka musulmonlarining IV favqulodda s'ezdi ish boshladi. Unda o'lkaning barcha mintaqalari va ko'pgina jamoat tashkilotlaridan 200 nafardan ortiq vakil hozir bo'ldi. Kun tartibiga o'lkani boshqarish shakli, Turkiston Markaziy musulmonlar sovetini qayta saylash, Turkiston ta'sis majUsi, milisiya, moliya va boshqa masalalar qo'yildi. 28 noyabrda tashkil topayotgan mazkur davlatning nomi „Turkiston Muxtoriyati" deb ataladigan bo'ldi. Hokimiyatni esa Ta'sis s'ezdi chaqirilgunga qadar Turkiston Muvaqqat Kengashi va Turkiston xalq (Milliy) Majlisi qo'lida bo'lishi ta'kidlandi. Toshkentdagi sovet hukumati Turkiston Muxtoriyatini o'zi uchun xavfli deb bildi va qanday bo'lmasin uni yo'qotishga tayyorgarlik boshladi. Ular Qo'qondagi voqealarni diqqat bilan kuzatib, uning rivojiga o'z ta'sirini o'tkazishga urindilar.
Lekin 1918 yil 18 fevralda "Ulamo" jamiyati tashabbusi bilan Muxtoriyatda to'ntarish yuz berdi. Mustafo Cho'qay o'g'li boshchiligidagi hukumat mahkamasi ag'dariladi va hukumat Qo'qon shahar milisiyasi boshlig'i Kichik Ergashga o'tadi. 18 fevraldan 19 fevralga o'tar kechasi Toshkentdan o'lka harbiy komissari Ye.Perfflev boshchiligidagi zambaraklar bilan qurollangan qo'shin yetib keldi. Ye.Perfilev shaharni uch tarafdan o'rab olib, 19 fevral kuni ertalab Kichik Ergashga talabnoma yo'llaydi. Kichik Ergash uning talablarini bajarishdan bosh tortgach, Ye.Perfilev Qo'qon shahrini 12 zambarakdan o'qqa tutdi. Kunduz soat birda boshlangan o'q yomg'iri shomgacha shaharni vayronaga aylantirdi. Ammo shunga qaramay, muxtoriyatchilartaslimbo'lmadilar. Harbirbinoni, har bir do'konni, har bir karvonsaroyni mardlarcha himoya qildilar. Muxtoriyatchilar shaharni qizil gvardiyachilar, avstro-venger harbiy asirlari va arman birlashmalari (dashnoqlar)dan tashkil topgan sovet qo'shinlari hujumidan uch kun himoya qildilar. Ammo tinch yo'l bilan hokimiyatni olishga ishongan Turkiston Muxtonyati o'zini himoya qilishga qodir emas edi. Chunki ular yaxshi qurollanmagan bo'lib, ularning quroli asosan tayoq, bolta, ketmon oshpichoqdan iborat edi. Shu tariqa Turkiston Muxtoriyati tugatildi.
1918 yil 20 aprelda Toshkentda sovetlarning V o'lka s'ezdi ish boshladi. 1918 yil 30 aprelda s'ezd „Turkiston Sovet Federativ Respublikasi to'g'risida Nizom" ni qabul qildi. Bu nizomga ko'ra Turkiston o'lkasining hududi „Rossiya Sovet Federasiyasining Turkiston Sovet Respublikasi" deb e'lon qilindi. Uning tarkibiga Turkistonning barcha hududi o'zining geografik chegarasi bilan kiritildi. Xiva bilan Buxoro esa bundan mustasno edi. Turkiston respublikasi muxtoriyat tarzida boshqarilib o'zining barcha faoliyatini RSFSR hukumati bilan muvofiqlashtirar va uni e'tirof qilar edi. Rossiya bilan o'zaro munosabatlarini belgilash uchun s'ezd 5 kishidan iborat komissiyani sayladi.
S'ezd birinchi marta oliy qonun chiqaruvchi organ - Turkiston Respublikasi Markaziy Ijroiya Qo'mitasini (TurkMIQ) 36 kishidan iborat qilib sayladi. MIQ a'zolaridan 18 kishibolsheviklardan, 18 kishi eserlardan edi. A'zolar orasida mazkur partiyalarga mansub bo'lgan mahalliy millat vakillaridan - H.Ibrohimov, D.Mirzaboyev, A.Sh.Sharafutdinov, O.Yusupov, Q.Otaboyevvaboshqalarboredi. Biroq ular ozchilikni tashkil etardi. MIQ raisi qilib P.A.Kobozev, ikkinchi rais qilib bolshevik A.F.Solkin saylandi. Tub aholi vakillari bo'lmagan kishilar MIQ rahbarlari qihb saylangan edi.
S'ezdda F.I.Kolesov boshchiligidagi 14 kishidan iborat xalq komissarlari kengashi ham (7 kishi bolshevikdan va 7 kishi sol eserlardan) saylandi. Turkiston hukumati tarkibiga birinchi marta mahalliy millat vakillari O.Tursunxo'jayev, X.Ibrohimov va Ashurxo'jayev ham saylandi. S'ezdda saylangan 14 xalq komissarlaridan tashqari yana 2 xalq komissari - temir yo'llar hamda pochta va telegraf komissarlari saylandi. Shunday qihb, Turkiston Respublikasi hukumatining a'zolari qilib hammasi bo'lib 16 kishi saylandi, ulardan faqat uch kishi mahalliy aholi vakillari edi. Holbuki, mahalliy aholi o'lka aholisining 95 foizini tashkil etardi.
Shu tariqa, Moskvaning ko'rsatmasi bilan Turkistonni sovet muxtor respublikasi deb e'lon qilgan sovetlarning V o'lka s'ezdiga qadar bo'lganidek, ko'p millionli mahalliy aholi vakillaridan o'lkani boshqarishda ishtirok etishi arzimas darajada qolaverdi. Avvalgidek Turkistonni mahalliy aholi vakillari bo'lmagan, bolsheviklar va so'l eserlar partiyalariga mansub ishchilar, soldatlar, ziyolilardan chiqqan tor doira vakillari boshqarishni davom ettirdi. Ular o'zlari xohlagan tarzda, Markaz manfaatlarini hisobga olgan holda o'lka xalqlari taqdirini hal qila boshladilar.
1917-1920 yillar faqat Turkiston xalqlari uchungina emas, balki Xiva va Buxoro xalqlari uchun ham jiddiy larzalar keltirgan davr bo'ldi.
1917 yilning boshlarida O'rta Osiyo xonliklari Rossiya protektorati ostida edi. O'sha yili sodir bo'lgan fevral inqilobi natijasida chor samoderjaviyesi ag'darilib, Buxoro va Xivada esa amirlik va xonlik tuzumi saqlanib qoldi. Chorizmga vassal bo'lgan Buxoro amirligi va Xiva xonligi ko'rinishidan mustaqil davlatlar bo'lsa-da, ular aslida o'z mustaqilligini yo'qotgan va amalda chorrzmning mustamlakasiga aylangan edilar.
Xiva xonligida ham ahvol murakkab bo'ldi. Asfandiyorxon o'z hokimiyatining mamlakatda keskin tus olgan siyosiy vaziyatga qarshi kurash olib borish uchun zaifligini his qihb, 1918 yil 22 yanvarda Junaidxonga xonlikni birgalikada boshqarish va bolsheviklarga qarshi kurash olib borishni taklif etdi. Junaidxon 1917 yil sentyabrda Erondan Xivaga qaytib keldi. Asfandiyorxon poytaxtga yetib kelgan Junaidxonni qo'shinlar qo'mondoni (sardori karim) qilib tayinladi va mamlakatdagi butun hokimiyatni to'laligicha unga topshirdi.
Biroq Asfandiyorxon taxt tepasida ko'p o'tirmadi. Oradan ko'p o'tmay u o'zining bir necha yaqin kishilari bilan birga Junaidxonning ko'rsatmasiga muvofiq o'ldirildi. Junaidxon taxtni egallamadi, aksincha, an'anaga sodiq qolgan holda, taxtga (marhum xonning akasi) Said Abdulloxonni o'tqazdi, o'zi esa haqiqatda mamlakatning hukmdoribo'lib qolaverdi.
Turkiston Avtonom Respublikasi, xususan, uning Amudaryo bo'limi bilan Junaidxon o'rtasida qurolli to'qnashuv muttasil kuchayib bordi. Turkiston Avtonom Respublikasi va uning Amudaryo bo'limi Xiva xonligining ichki ishlariga doimiy aralashib, u yerga Naumov, Leyggold, Kanoplyov vaboshqalar boshchiligidagi jazo otryadlarini yuborib turdilar. Mamlakatning tinch aholisini esa muttasil taladilar. Sovet Turkistoni ayrim rahbarlari bu bilan cheklanmasdan mustaqil Xiva xonligiga bevosita qurolli hujum qilish va uni TASSRga qo'shib olish rejalarini o'ylab yurardilar.
1919 yil 22 dekabrda Turkkomissiya direktivasiga binoan Turkkomissiya va Turkfront vakili Skalov va Amudaryo qo'shinlari guruhi qo'shininning qo'mondoni Shcherbakov Xiva xonligi hududiga „uning qo'zg'olon ko'targan xalqiga yordam ko'rsatish uchun" bostirib kirish to'g'risida buyruqberdilar. Amudaryo (Xiva) qo'shinlari guruhining qismlari ikki otryadga: N.A.Shaydakov qo'mondonligidagi shimoliy va N.M.Shcherbakov qo'mon-donligidagi janubiy otryadlarga bo'lindi. 23 dekabrda sovet qo'shmlarining xonlik hududiga bostirib kirishi boshlandi. Janubiy otryad tarkibida xivalik qochoqlardan (yosh xivaliklar, kommu-nistlar va hokazolar) tashkil topgan ko'ngilli otryad ham kurashdi. Sovet qo'shinlari ilgarilab borgan sari ularga turkman va o'zbek aholisidan tashkil topgan qo'zg'olonchilar otryadlari qo'shilaver-dilar. 28 dekabrda ularga Guchmamadxon Yaxshigeldi, Murod-baxshi, G'ulomali otryadlari qo'shildi. Tez orada xivalik qo'zg'o-lonchilarning umumiy soni 3 ming kishiga yetdi. Sovet qo'shinlari Junaidxon qo'shilmalari qarshiligini yengib, qo'zg'olonchilar otryadlari bilan birgalikda Ko'hna Urganch, Eminqal'a, Porsu, Ilyali, Toshhovuzni qo'lga kiritdi. Qizil armiya qismlari va qo'z-g'olonchilar otryadlari 1920 yil yanvarning ikkinchi yarmida Junaidxon qo'shinlariga G'ozovot tumanida jiddiy zarba berib, poytaxtga yaqinlashib keldilar va 1 fevralda shaharga jangsiz kirdilar.
1920 yil 27-30 aprelda Xivada bo'lib o'tgan xalq vakillarinig I Butunxorazm qurultoyi Xiva xonliginibekor etilgan deb e'lon qildi va mamlakatni Xorazm Xalq Sovet Respublikasi deb e'lon qildi. Qurultoy Xorazm Xalq Sovet Respublikasining Muvaqqat Konstitusiyasini qabul etdi. Qurultoy ro'y bergan to'ntarilishni va uning natijasida o'rnatilgan tuzumni antimonarxistik, antifeodal, xalq-demokratik xususiyatiga ega bo'lgan tuzum sifatida aks ettirdi. Ayni vaqtda Konstitusiyada RSFSRning hokimiyat shakli bo'lgan sovet andozasi qabul qilindi, lekin Xorazmdagi sovetlar o'z mazmuniga ko'ra proletar diktaturasini ifoda etmasdi, u demokratik xususiyatga ega edi. Qurultoy sobiq yosh xivaliklar a'zosi bo'lgan Polvonniyoz Hoji Yusupov boshchiligidagi Xalq Nozirlar Kengashini sayladi. Hukumat sobiq yosh xivaliklar, turkman urug'lari rahbarlari va kommunistlardan tashkil topdi. Qizil askar nayzalari yordamida o'rnatilgan bu tuzumni o'z kuchlari bilan saqlab va mustahkamlab bo'lmasligini yaxshi tushungan Xorazm Xalq Sovet Respublikasi rahbarlari RSFSRning ko'magiga umid qilishga intildi.
1920 yil 13 sentyabrda RSFSR bilan XXSR o'rtasida Ittifoq shartnomasi, shuningdek, harbiy-siyosiy va iqtisodiybitimlar tuzildi. Bu hujjatlar, bir tomondan mamlakatdagi to'ntarilish natijasida o'rnatilgan tuzumni mustahkamlashga yordam bergan bo'lsa, ikkinchi tomondan, uning RSFSRga to'liq qaramligini qonunlashtirdi.
Buxoro amirligidagi voqealar ham aynan shunga o'xshash asosda xotima topdi. Moskva va Toshkentda ishlab chiqarilgan rejaga asosan 1920 yil 23 avgustda kommunist Beshim Sardor qo'mondonligidagi turkmanlar polki Sakarni egalladi, keyin qizil armiya qismlarining qo'llab-quwatlashi bilan 29 avgust erta tongda Eski Chorjo'yni bosib oldi. Shundan so'ng Beshim Sardor boshchiligida inqilobiy qo'mita tashkil qilindi. Chorjo'y inqilobiy qo'mitasi oldindan kelishilgandek, o'sha kuniyoq sovet hukumatiga yordam so'rab murojaat qildi. O'sha kuniyoq Ugandan tayyorlab qo'yilgan sovet qo'shinlariga tegishli ko'isatmalar yuborildi. „Qo'zg'olon ko'targan Buxoro xalqi" ga yordam ko'rsatishga kirishish to'g'risida Turkfront bo'yicha buyruq berildi.
Bolsheviklar rejimining harbiy jihatdan ancha ustun qo'shinlari 1920 yil 28 avgustdan 29 avgustga o'tar kechasibuxorolik "inqilobiy tuzilmalar" ishtirokida amirlik hududiga shiddat bilan bostirib kirdilar. Ular Qarshi, Kitob, Shahrisabzni bosib olib, amirlik poytaxtiga yaqinlashib qoldilar. Lekin bu yerda bosqinchilar amir qo'shinlarining qat'iy qarshiligiga duch keldilar. Turkfront qo'mondonligi buyrug'i bilan Eski Buxoro samolyotlardan bombardimon qilindi, to'plar va bronepoyezdiardan turib qattiq o'qqa tutildi. Amirlik poytaxti ostidagi janglar 4 kecha-kunduz davom etib, 1920 yilning 2 sentyabrida amirlikning so'nggi tayanchi — Ark mag'lub bo'ldi.
Amirlik poytaxti bosib olingandan keyin hokimiyat muvaqqat Butunbuxoro Inqilobiy qo'mitasi ixtiyoriga o'tdi. Muvaqqat Inqilobiy qo'mita darhol Turkkomissiya rahbariga ilgaridan tayyorlab qo'yilgan Manifestni e'lon qildi. Unda Buxoro davlati "Mustaqil Buxoro Sovet Respublikasi" deb ko'rsatilgan edi. 1920 yil 11 sentyabrda inqilobiy yosh buxoroliklar partiyasi tarqatib yuborildi, uning ko'pchilik a'zolari F.Xo'jayev boshchiligidagi Buxoro kommunistik partiyasi tarkibiga kirishdi. 1920 yil 14 sentyabrda Buxoro kommunistik partiyasi Markaziy Qo'mitasi Muvaqqat Umumbuxoro inqilobiy qo'mitasi va Xalq Nozirlar Kengasliining birlashgan majlisida Abdulqodir Muhitdinov boshchiligidagi Umumbuxoro inqilobiy qo'mitasi - oliy qonun chiqaruvchi organ va Fayzulla Xo'jayev raisligidagi respublika hukumati - Xalq Nozirlar Kengashi tashkil qilindi.
1920 yil 6 oktyabrda arnirning yozgi saroyi — Sitorai Mohi Xosada xalq vakillarirung I Umumbuxoro qurultoyi ish boshladi. Qurultoy Buxoroni Xalq Sovet Respublikasi deb e'lon qilish haqida qaror qabul qildi. 1921 yil 4 martda Moskvada Buxoro Xalq Sovet Respublikasi bilan RSFSR o'rtasida Ittifoq shartnomasi va iqtisodiy bitim tuzildi. Bu hujjatlar Xorazm Xalq Sovet Respublikasi kabi Buxoro Xalq Sovet Respublikasining ham RSFSRga harbiy-siyosiy va iqtisodiy jihatdan qaram bo'lganligini qonun yo'li bilan mustahkamladi.