2. mavzu: turkistonning (1917-1924 yy) tarixiy geografiyasi. Reja



Yüklə 28,68 Kb.
səhifə6/6
tarix27.04.2023
ölçüsü28,68 Kb.
#103358
1   2   3   4   5   6
2 mavzu turkistonning 1917 1924 yy tarixiy geografiyasi Rej

Savol va topshiriqlar.
1. O`rta Osiyoning chor Rossiyasitomonidan bosib olinishihaqida ma 'ruza tayyorlang.
2. Turkiston general-gubernatorligining tashkil topishi, chega-ralari va ma 'muriy-hududiy bo 'linishi haqida nimalar bilasiz?
3. Rossiya-Buxoro (1868 y) va Rossiya-Xiva (1873 y) urushlari oqibatida chegaralar qay tarzda o'zgardi?
4. XIX asrning 80-90-yillari va XX asr boshlarida Turkiston о 'Ikasining ma 'muriy-hududiy bo 'linishini kartadan aniqlang.
5. O'rta Osiyoning 1917-1920 yillar tarixiy geografiyasiga doir ma 'lumot to 'plang.
Mavzuga doir manba.
...Samarqand — Samarqand viloyatining ma'muriy markazi, Zarafshon daryosining chap qirg'og'idan 7 verst uzoqlikda, Cho'ponota tepaligidan janubi-g'arbda joylashgan. Yuqorida joylashganligi (dengiz sathidan 2580 fut balandlikda) bois shahar o'zining salqin yozi va ijobiy sanitar shart-sharoitlari bilan janubiy Turkistonning boshqa shaharlaridan keskin ajralib turadi.
...Samarqand aholisi 89693 (1910 yil) kishini tashkil etib, 11794 ko'chmas mulk 8250000 rublga baholangan. Shahar daromadi 231929 rublni, harajatlari 223899 rublni tashkil etgan.
...Qo'qon — Qo'qon xonligining sobiq poytaxti, hozirda Farg'ona viloyatining uyezd shahri hisoblanib, shu nomli temir yo'l bekatidan uzoq bo'lmagan yerda, dengiz sathidan 1300 fut balandlikda joylashgan. Aholisi 113000 kishini tashkil etadi. Turkistonning muhim savdo shaharlaridan bo'lib, Toshkent va Buxorodan keyingi o'rinni egallaydi.
...Andijon — Farg'ona viloyatining uyezd shahri bo'lib, qariyb 1500 fut balandlikda joylashgan. Qoradaryodan qazilgan Andijonsoy arig'i bo'yida, yo'llar tutashgan markazda bo'lib, bu yerdan
Farg'onaning turli qismlariga, Yettisuv, Qoshg'ar va Pomirga borish mumkin.
...Shaharda 76367 aholi bo'lib, ulardan 2840 nafari ruslarni tashkil qiladi. Shahar daromadi (1909 yil) 140000 rublni, xarajatlari 165000 rublni tashkil etgan.
...Amudaryoning so'l sohilida, Amudaryo bo'limining qarama-qarshisida Xiva xonligi joylashgan bo'lib, xonlikning maydoni 59250 kv. verstni, aholisi esa 600000 kishini tashkil etadi. Xiva sliahrining aholisi esa 20000 kishi atrofida.
...Buxoro amirligida ham ahamiyatli bo'lgan aholi markazlari mavjud; taxminiy ma'lumotlarga ko'ra, Buxoro shahrida 80000-100000 kishi, Qarshida 60000-70000 kishi, G'uzorda 20000 kishi istiqomat qiladi.
...Xiva xonligida shahar aholisi 5 foizni, Buxoro amkligining esa shahar markazlari soni ko'p bo'lganidan bu ko'rsatkich yuqoriroq, aniqrog'i, 12-14 foizni tashkil etadi.
...Turkiston aholisining asosiy qismi shaharlardan tashqarida yashab, dehqonchilik va chorvachilik bilan shug'ullanadi. .Shahar aholisi rus viloyatlarida umumiy aholining atigi 13,8% tashkil etib, ahamiyatli shaharlar qadimdan madaniyatli xalqlar yashab kelgan hamda o'lkaning yirik aholi, savdo va ma'muriy markazlari mavjud bo'lgan janubiy qismida joylashgan.

Viloyatlar

Shaharlar soni

Sahahar
aholisi

Qisloq
aholisi

||1

Yettisuv

6

6,4%

93,6%

668

Sirdaryo

7

13,9%

86,1%

1848

Farg'ona

7

18,1%

81,9%

1177

Samarqand

6

15,7%

84,3%

1104

Kaspiyorti

8

10,9%

89,1%

972

Jami

34

13,8%

86,2%

5769

Yüklə 28,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin