2. mavzu: turkistonning (1917-1924 yy) tarixiy geografiyasi. Reja


XIX asrning ikkinchi yarmi — XX asr boshlarida Turkistonda iqtisodiy hayot



Yüklə 28,68 Kb.
səhifə5/6
tarix27.04.2023
ölçüsü28,68 Kb.
#103358
1   2   3   4   5   6
2 mavzu turkistonning 1917 1924 yy tarixiy geografiyasi Rej

5. XIX asrning ikkinchi yarmi — XX asr boshlarida Turkistonda iqtisodiy hayot.
O'rta Osiyoni chor Rossiyasi istilo etgach, o'lkani arzon xom ashyo manbai va rus sanoat mollari sotiladigan qulay bozorga aylantirishga harakat qildi. O'lkaning soliqlar miqdori ham yil sayin oshirib borilgan. Agar XIX asrning oxirida yer solig'i 4 million so'mni tashkil qilgan bo'lsa, 1914 yilga kelib u 75 foizga ko'paydi. Rossiyaning Turkistondan oladigan daromadi 300 foizga oshdi va 1916 yilga kelib 38329 ming so'mni tashkil qildi.
Rossiya Turkistonni qisqa muddatda o'z sanoati uchun xom ashyo manbaiga aylantirdi. Agar 1885 yilda paxta maydoni 41,4 ming tanobni tashkil qilgan bo'lsa, 1915 yilga kelib u 541,9 ming tanobga yetdi, ya'ni 13 barobarga o'sdi.
Rus mustamlakachilari Turkistondan 1914-1916 yillar mobay-nida 59 milhon pud paxta, 8,5 million paxta yog'i, 950 ming pud pilla, 2925 ming pud ten, 300 ming pud go'sht, 229 ming pud sovun, 447 ming pud baliq olib ketdilar.XIX asrning oxirlarida o'lkada sanoat ishlab chiqarishi asosan aholining maishiy ehtiyojlariga xizmat ko'rsatuvchi mayda hunarmandchilikdan iborat edi. Sanoat ibtidoiy bosqichda edi.
XIX asrning ikkinchi yarmida Rossiyadan sanoat mahsulotlarining keltirilishi ortib borgan sari mahalliy hunarmandchilik ishlab chiqarishi inqirozga uchray boshladi.
O'lka zabt etilgandan so'ng mahalhy sanoatning rivojlanishi paxtani qayta ishlash bilan bevosita bog'liq bo'lib qoldi. 1880-1914 yillar orasida qariyb 220 ta paxta tozalash zavodi qurildi. Bunday zavodlar Buxoro amirligi va Xiva xonligida ham barpo etilgan. Masalan, Buxoro amirligida 1905 yilda 9 ta, 1913 yilda esa 26 ta paxta zavodi ishlab turgan. Xiva xonligida esa 1917 yil boshlarida 36 ta paxta tozalash zavodi, 4 ta yog 4 va sovun ishlab chiqarish zavodlari bo'lgan.
Rossiyani o'lka bilan bog'lagan temir yo'llar ishga tushirilgach, rus va chet el kapitalining Turkistonga kirishi uchun katta imkoniyatlar ochildi. O'rta Osiyo (1880-1898 yillar), Toshkent-Orenburg (1901-1906 yillar) temir yo'llari davlat xazinasi mablag'i hisobiga, Farg'ona (1911-1916 yillar), Buxoro (1914-1916 yillar), Yettisuv (1912-1917 yillar) temir yo'llari esa hissadorlik jamiyatlari hisobiga qurildi.
XX asr boshlarida o'lkaning sanoat jihatidan rivojlanishi Rossiyaga qaraganda ancha pastroq darajada edi. 1908 yilgi sanoat korxonalari ro'yxati ma'lumotlariga qaraganda, bu yerda 378 ta sanoat korxonasi mayjud bo'lib, u butun Rossiya imperiyasidagi barcha sanoat korxonalarining atigi 2 foizini tashkil etgan. Sanoat korxonalarining 60 foizi o'lkaning yirik shaharlarida joylashgan. Shu tariqa XIX asrning oxiri — XX asrning boshlarida Turkiston rayonlari o'zaro savdo aloqalariga kengroq jalb etila bordi. Xuddi shu davrda Turkistonda yagona ichki bozorning shakllanishi boshlandi. Bu jarayon Rossiya bilan iqtisodiy aloqalarning kengayishi, O'rta Osiyo temir yo'lining qurilishi va Amudaryoda kema qatnovining rivojlanishini ancha tezlashtirdi. Shu bilan birga, chorizmning Turkistondagi savdo siyosati shuni ko'rsatdiki, Turkiston o'lkasining savdo-sotiq ishlarida paxtachilik, ipakchilik va gazlama mahsulotlari asosiy o'rinni tutsada, ammo keragicha rivojlanmadi. Chorizm siyosati mahalliy to'qimachilik sanoatining paydo bo'lishiga to'sqinlik qildi. Shunga qaramay, mustamlakachilik sharoitida Turkiston bozori umumimperiya bozorining salmoqli qismini tashkil qilar va imperiya iqtisodiyoti manfaatlariga xizmat qilardi. Turkiston o'lkasining Rossiya sanoati uchun xom ashyo manbai bo'lishi bu yerda mehnatning kapitalistik taqsimoti tadrijida, shuningdek, tuzumning umumiy taraqqiyotiga to'sqinlik qildi. Bu holda Turkiston o'lkasida yagona milliy ichki bozorning qaror topishiga va aholi iqtisodiy hayotining yaxshilanishiga mone'lik qildi.
1917 yil kuzidan o'lkadagi mayjud ishlab chiqarish ustidan qat'iy ishchi nazorati o'matila boshladi. Ayni chog'da Turkiston sanoatining butun-butun tarmoqlarini milliylashtirish boshlandi. 1918 yilning dastlabki oylarida bu yerdagi sanoatning yetakchi tarmoqlari—paxta tozalash, yog'-moy zavodlari, bosmaxonalar, banklar, temiryo'llar, ко inir, neft konlari va shu singarilar milliylashtirilib, davlat tasarrufiga olindi. Ularning soni 330 ga yetardi.
Shuningdek, yer to'g'risidagi dekret asosida yer-mulklarini musodara qilish va so'ngra milliylashtirish jarayoriining o'tkazilishi ham joylarda keskin noroziliklarning kelib chiqishiga sabab bo'ldi. Asrlar davomida xususiy tarzda xo'jalik yuritib kelgan mahalliy aholi sho'rolarning bu tadbirlarini xayrixohlik bilan qabul qila olmadi. Ayniqsa, sho'ro hokimiyatiga qarshi Turkistonda boshlanib ketgan qurolli harakatning kuchayishi o'lka bolsheviklari hokimiyatini tang ahvolga solib qo'ydi.
1920 yil oxiriga kelib', Turkistonda 1075 ta sanoat korxonasi (ularning ko'plari mayda korxonalar edi) zo'rlik yo'li bilan milliylashtirildi. Natijada davlat korxonalari barcha ishcliilarning 90 foizini va o'lka sanoatida band bo'lgan mexanik dvigatellarning 80 foizini qamrab oldi. Yalpi sanoat mahsulotining deyarli 3/4 qismi davlat sektori ulushiga to'g'ri kelardi. O'lka ishlab chiqarisliining o'ziga xos muhim an'anaviy tarmog'i bo'lgan hunar-mandchilik va ularning turlari ham ma'muriy usullar bilan birlashtirilib, hunarmandchilik artellariga aylantirildi. 1920 yil oxirlariga kelganda Turkistonda 800 taga yaqin shunday hunarmandchilik artellari faoliyat yuritdi. Ular asosan, davlat va harbiy tashkilotlarning buyurtmalarini bajarganlar.
Sovetlarning Turkistonda yuritgan qattiqqo'l iqtisodiy siyosati o'lka hayotini izdan chiqarib, millionlab shahar va qishloq ahlining an'anaviy turmush tarzi negizlarini vayron qildi. Uni mislsiz moddiy qiyinchiliklarga mahkum etdi.

Yüklə 28,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin