SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3
ǀ ISSUE 4
ǀ 2022
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 281
O’QUVCHILARGA MEHNAT TARBIYASINI SINGDIRISH
Oydinoy Ziyovuddin qizi Mamarasulova
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti talabasi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada mehnat, uning
bola tarbiyasidagi ahamiyati, mehnat faoliyati
turlari, buyuk allomalarning mehnat tarbiyasi haqidagi fikr-mulohazalari yoritib
berilgan.
Tayanch so’zlar. Mehnat, mehnat tarbiyasi, mehnat tarbiyasi maqsadi, vazifalari,
mehnat turlari, mehnat tarbiyasi metodi.
Insonning kundalik turmush tarzi mehnat va faoliyat bilan bog’liqdir. Shu sababli
mehnat
umuminsoniy, milliy, moddiy va ma’naviy boyliklarning ijtimoiy taraqqiyoti
negizi hisoblanadi.
Har tomonlama yetuk, barkamol avlodni yetishtirishda mehnat tarbiyasining o’rni
beqiyosdir. Mehnat tarbiyasi shaxsni har tomonlama rivojlantirishning ajralmas
qismidir. Shuningdek, bolaning har
tomonlama shakllanish vositasi, uning shaxs sifatida
ulg’ayish omili hamdir. Muntazam qilingan mehnat jarayonida bola o’z aqlini, irodasini,
hissiyotini, xarakterini rivojlantirishi mumkin.
Mehnat tarbiyasi o’quvchilarga mehnatning mohiyatini chuqur anglatish, ularda
mehnatga
ongli munosabat, shuningdek, muayyan ijtimoiy-foydali harakat yoki kasbiy
ko’nikma va malakalarini shakllantirishga yo’naltirilgan pedagogik faoliyat jarayoni
bo’lib, ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi.
Mehnat
tarbiyasini shunday tashkil etish kerakki, inson mehnat jarayoni va uning natijasidan
qanoatlanishini tarkib toptirishga ko’maklashsin. Mehnat tarbiyasining provard maqsadi
shaxs xarakterining asosiy xislati sifatida uning mehantga bo’lgan
ehtiyojini
shakllantirishdir.
Mehnat tarbiyasida maqsadga erishish yo’lida quyidagi vazifalarni ijobiy hal etish
maqsadga muvofiq:
-yosh avlodda mehnat qilish istagini qaror toptirish va ularni zamonaviy ishlab
chiqarishning turli sohalarida faoliyat yuritishga tayyorlash;
-o’quvchilarda umumjamiyat manfaati yo’lida mehnat
qilish ehtiyojini hosil
qilish;
-ularning aqliy qobiliyatlarini rivojlantirish;
-o’quvchilarning mavjud bilimlarini uzluksiz ravishda takomillashtirib borishlari
uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
-ularda mehnat ko’nikma va malakalarini tarkib toptirish;