Page 282
-o’quvchilar faoliyatida yuqori madaniyat, maqsadga intilish, tashkilotchilik,
mehnat intizomi, tadbirkorlik, tejamkorlik, ishni sifatli bajarish, moddiy boyliklarga
ehtiyotkorona munosabatda bo’lish, hayotiy faoliyat yo’nalishini belgilash malakalarini
shakllantirish;
-o’quvchilarda davlat iqtisodiy siyosati mazmuniga tayangan holda ular yashab
turgan hududlar ishlab chiqarish xususiyatlariga muvofiq kasblarni egallashga bo’lgan
qiziqishini oshirish;
-o’quvchilarni kasbga yo’llash, ularni mehnat faoliyatining barcha turlari,
shuningdek, ular yashayotgan hududda ehtiyoj mavjud bo’lgan mutaxassissliklar bilan
tanishtirish.
O’quvchilar mehnat faoliyatining turlari xilma-xil bo’lib, ular quyidagilardir: 1.
Maishiy mehnat;
2. O’quv mehnati;
3. O’quv ishlab chiqarish mehnati;
4. Texnik mehnat;
5. Ijtimoiy-unumli mehnat;
6. Ijtimoiy-foydali mehnat va boshqalar.
Oilada mehnat tarbiyasining dastlabki unsurlari qo’llaniladi. Bola muayyan
yoshga to’lgach, kattalarga yordamlashadi, o’z imkoniyatlarini anglab yetadi va o’quv
(ta’lim) mehnatiga muntazam tayyorlanadi.
Mehnat tarbiyasini tashkil etishning pedagogic shart-sharoitlari:
1. Bolalar mehnatining o’quv-tarbiyaviy vazifalar bilan bog’liqligi;
2. Ijtimoiy ahamiyatli mehnatni o’quvchilarning qiziqishlari bilan birga qo’shib
olib borilishi;
3. Mehnat faoliyatining hamma bopligi va qo’ldan kela olishi;
4. Mehnat faoliyatining majburiyligi va vijdoniyligi;
5. Mehnat faoliyatini tashkil etishda jamoaviy va individual shakllarini birga
qo’shib olib boorish.
Mehnatning ijtimoiy-axloqiy ahamiyatiga e’tibor berish, mehnat o’quvchining
yoshi, hayot tajribasi va imkoniyatlariga mos bo’lishi, ularning mehnat faoliyatlari
ijodiy harakatda bo’lishi, o’z vaqtida kasblar haqida ma’lumotlar berib borilishi, mehnat
ahillari bilan doimo suhbat va uchrashuvlar tashkil qilish kabilar. Mehnat tarbiyasining
bosh g’oyasi shaxsda mehnat faoliyatini tashkil etish, ko’nikma va malakalarni hosil
qilish, ijtimoiy mehnatni qadrlash, mehnatsevarlik xislatini tarbiyalash sanaladi.
Buyuk ajdodlarimiz mehnat tarbiyasi to’g’risida to’xtalib, qimmatli fikrlarni
bildirib o’tishgan. Masalan, Abdurahmon Jomiy: “Oltin topmaginu o’rgan-gin hunar,
hunarning oldida xasdir oltin-zar”, - degan fikr bildirsalar, ulug’ mutafakkir Alisher
Navoiy: “Umrni zoye etma, mehnat qil, mehnatni saodatning kaliti bil”, - deydilar.
Fransuz adibi Anatol Frank: “Eng yaxshi axloqiy va estetik dori – mehnat”, - degan