8-mavzu: Oila, mahalla va ta’lim muassasasining bola tarbiyasidagi o’rni Reja



Yüklə 37,32 Kb.
səhifə1/4
tarix14.04.2023
ölçüsü37,32 Kb.
#98059
  1   2   3   4
8-mavzu Oila, mahalla va ta’lim muassasasining bola tarbiyasida


8-mavzu: Oila, mahalla va ta’lim muassasasining bola tarbiyasidagi o’rni


Reja:

1. Oilada bolani tog’ri tarbiyalashning asosiy shartlari.


2. Oila, maktab, mahalla bilan hamkorlikda ish olib borish usullari.
3. Tarbiyaviy ishlarda atrof-muhit va mahallaning o’rni.
4. Mahalla bilan hamkorlikda olib boriladigan ishlarning bola tarbiyasidagi ahamiyati.
5. Bola tarbiyasini shakllantirishda milliy qadriyatlardan foydalanish.


Asosiy tushunchalar: shaxs, oila, jamiyat, muhit...


1. Oila, maktab, mahalla hamkorligining shaxs ma’naviyatini shakllantirishdagi o‘rni Inson atalmish zotning tug‘ilib, kamolga yetishi uchun ozmuncha vaqt yetmaganidek, uning shaxs sifatida kamol topishida, shu yurt, qolaversa, oilasiga sodiq farzand bo‘lib voyaga yetishiga ko‘pchilikning mehnati „singadi“. Jumladan, inson ma’lum bir oilada tug‘ilib, tarbiyalana boshlaydi. Uning kamol topishida keyingi muhim vazifa maktabning zimmasiga tushadi. Shuningdek, jamoatchilik ham bu vazifadan chetda qolmaydi. Uzoq va boy tarixga ega bo‘lgan xalqimiz o‘zining ta’lim-tarbiyaga oid ulkan merosiga ega. Bu meros bugungi avlodni insonparvarlik, mehr-muhabbat, oqibat, mehnatsevarlik, yuksak axloq ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi. Har bir inson dunyoga kelar ekan, uning insoniyligi, axloq-odobi, xulq-atvori dastlab o‘z oilasida shakllanadi. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, yosh avlod qalbida vatanparvarlik, o‘z oilasiga mehr-muhabbat tuyg‘usini shakllantirish har bir ota-onaning, tarbiyachi-murabbiylarning Vatan oldidagi burchidir. Barkamol shaxsni voyaga yetkazish uchun, eng avvalo, oila, mahalla, maktab, jamiyat va davlat hamkorligini yuqori pog‘onada ko‘rish lozim. Oila jamiyatning asosi, mahalla — milliy qadriyatlar beshigi. „Ahil xonadonda, ma’rifatli mahallada, insonparvar jamiyatda, — deb ta’kidlagan edi Islom Karimov, — zukko yigitlar, oqila qizlar, umr bo‘yi elim deb, yurtim deb yonib yashaydigan komil farzandlar ulg‘ayadi“. Oila muhiti farzand tarbiyasida eng muhim va dastlabki bo‘ g‘in hisoblansa-da, u shaxsni to‘liq tarkib toptira olmaydi. Ana shunda maktab va mahallaga ehtiyoj seziladi. Bola maktabga kelgunga qadar ham, maktabda o‘qish davrida ham, asosan, oilada tarbiyalanadi. Oila davlatning asosiy kurtagi sifatida bolalarning dunyoqarashi, xulqi, didiga ta’sir ko‘rsatadi. Oila a’zolarining ma’naviy birligi yoshlarni har tomonlama kamol toptirishning dastlabki va asosiy omillaridan biridir. Oilada kundankun kamolga yetib borayotgan farzand atalmish ne’mat, eng avvalo, shu oilaning azaliy qadriyatlariga, urf-odat va an’analariga to‘la amal qilmog‘i, qolaversa, ota-onaning o‘zi farzandiga ibrat bo‘la olishi lozim. Bolalarni barkamol inson qilib tarbiyalashda maktabni oila bilan mustahkam bog‘lamay turib tarbiya sohasidagi butun ishlarni muvaffaqiyatli amalga oshirib bo‘lmaydi. Estetik, axloqiy va tarbiyaviy sifatlar kundalik hayot ehtiyojiga aylanib, ular oilaviy ijtomoiy tarbiya orqali tarkib toptiriladi. O‘z o‘quvchilar jamoasini uyushtira olgan, jamoatchilikni bolalar tarbiyasiga yo‘naltira olgan, ularning ota-onalarini yaxshi bilgan maktab ma’muriyatigina tarbiyaviy yutuqlarni qo‘lga kirita oladi. O‘qituvchi ota-onalarning faol yordamisiz bolalarning barkamolligini ta’minlay olmaydi. Bu o‘rinda tarbiyachining o‘zinio‘zi tarbiyalashi lozimligini ham esdan chiqarmaslik kerak. O‘ziga nisbatan talabchan muallim ota-onalar bilan hamkorlikda o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, yangilikni sezish, tashabbuskorlik hamda ijodkorlik qobiliyatini shakllantirish maqsadida ularga qat’iy talablar qo‘yish uchun ma’naviy huquqqa ega bo‘- ladi. Maktabni oila bilan bog‘lovchi vosita — bu o‘qituvchidir.
O‘quvchilar bilan ishlash, ularning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish, ijtimoiy faolliklarini ta’minlash orqali ota-onalarga ta’sir ko‘rsatish usullarini ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir. Bu borada maktab va oila aloqasini ta’minlovchi ota-onalar majlislari, bolalar tarbiyasiga aloqador muammolarni jamoa bo‘lib hal etish kabilarning rolini inkor etib bo‘lmaydi. Jumladan, „Bolangizning qanday o‘qishini bilasizmi?“ „Bolangizning odobi haqida suhbatlashaylik“, „Mustaqil hayot bo‘sag‘asida“ kabi mavzularda olib boriladigan suhbatlar ota-onalarning o‘z bolalari haqida, ularning kelajagi haqida qayg‘urishlariga sabab bo‘ladi. Maktabda o‘qitiladigan darslar, ularning mazmuni va eng asosiysi, shu ma’lumotni o‘quvchiga yetkazib beruvchi o‘qituvchining xulq-atvori, kiyinishi, hattoki har bir xatti-harakati ham bola dunyoqarashi shakllanishiga ta’sir etuvchi omildir. Bola insoniy xislatlarni, ezgulikni, odamiylikni, yaxshilik va yomonlikni, eng avvalo, oiladagi kattalarning, ustozlarining xatti-harakatidan o‘rganadi. Ota-onalar bilan bir qatorda tarbiyachio‘ qituvchilar o‘z xulq-atvori bilan bolalar hurmatiga sazovor bo‘lishlari, ularning hayot yo‘lida o‘rnak ko‘rsatishlari kerak. Shunday muhitda tarbiyalangan bolagina ota-onani, qolaversa, o‘z ustozlarini hurmat qiladigan, mahalla-ko‘yda o‘zidan kichikni izzatlash, kattalarni hurmatlashni o‘z o‘rniga qo‘yadigan, xalqparvar bo‘lib voyaga yetadi. Xalq ta’limi vazirligining 2004-yil 26-fevralda „Oila, mahalla, maktab“ to‘g‘risidagi Konsepsiyasi qabul qilindi. Bu Konsepsiyada belgilab berilgan vazifalarni hal qilish uchun Respublikamizdagi har bir davlat va nodavlat tashkilotlari bilan hamkorlikda „Jamoatchilik maslahat kengashi“ tuzilib, joylarda tarbiyasi og‘ir bolalar bilan ishlash, ularning ta’lim-tarbiyasiga va „Oila, mahalla, maktab“ Konsepsiyasini amalda joriy etishga e’tibor qaratildi. Kengash o‘z oldiga:
• mahallalarda bolalarning dam olishlari, qiziqarli ish bilan shug‘ullanishlariga imkoniyat yaratish;
• mahallalarda tarbiyaning ta’sirchanligini oshirish;
• homiy tashkilotlar yordamida mahallalarda sport sog‘lomlashtirish maydonchalarini tashkil etish;
• mahallalarda qizlar hayosi, ularni turmushga tayyorlash haqida bahs-munozaralar o‘tkazish;
• yoshlarda milliy urf-odatlar, azaliy udumlar, tarixiy an’analarni o‘rganish;
• maktab, jamoatchilik, mahalla ahli hamkorligida tadbir o‘tkazish;
• Joylardagi hokimiyatlar, mahallalarda „Kamolot“ yoshlar
ijtimoiy harakati va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda yordam berishni maqsad qilib qo‘ygan.
Oilada bolani to‘g‘ri tarbiyalashning asosiy shartlaridan biri — tarbiyadagi birlikdir. Bunday ulkan mas’uliyatni, sharafli ishni oila, maktab, mahalla, keng jamoatchilik bilan hamkorlikda olib borish muhim o‘rin egallaydi. Umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilishda quyidagilarga e’tibor qaratish lozim:
• O‘quvchilar o‘rtasida kitobxonlik darajasini ko‘tarish;
• Kino, teatr, konsert va ko‘rgazmalarga borish;
Sayohatlar, sayillar, sport musoboqalari tashkil etish;
• Tanlovlar, tarbiyaviy tadbirlar, bayramlarda ishtirok etish;
• Milliy xalq hunarmandchiligi to‘garaklari tarmoqlarini kengaytirish, xalq ustalarini to‘garak ishiga jalb qilish, ushbu to‘garaklarni ko‘proq maktablar, mahallalar, ijodiy ustaxonalar qoshida tashkil etish ishlariga alohida e’tibor berish;
• Novvoychilik, kashtachilik, naqqoshlik, duradgorlik hamda boshqa hunarlarga bolalarni qiziqtirish;
• O‘quvchilarning qiziqishlarini o‘rganib, ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirishga mo‘ljallangan turli to‘garaklar, klub yoki seksiyalar tashkil etish;
• Yoshlar o‘rtasida jismoniy tarbiya, sportni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish;
• Ta’lim muassasalaridagi kutubxonalarni badiiy adabiyotlar bilan boyitish;
• Yozgi dam olish oromgohlariga ko‘proq o‘quvchilarni jalb etishni yo‘lga qo‘yish;
• Barcha o‘quv fanlari asosida to‘garaklar tashkil etish va unga tarbiyasi og‘ir bolalarni jalb qilish;
• O‘quvchilar iqtidorini yanada takomillashtirish maqsadida turli ommaviy tadbirlar, musobaqalar va ko‘rik tanlovlar o‘rkazish yo‘li bilan boy madaniy merosimizga hurmat, ona-Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash. Sinf rahbarlari, ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, maktab direktorlari, bolalar yetakchilari maktab mikrorayonida ijtimoiy-pedagogik, tarbiyaviy ishlarni olib borishda o‘tkaziladigan tadbirlarning tashkilotchilaridirlar. Ota-onalar bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlarni tahlil qilib, ular bilan bog‘liq bo‘lgan shakl va usul asosida rejali va izchil ishlarni olib borish maqsadga muvofiqdir.
1. Ota-onalar, oilalar bilan yakkama-yakka ishlash. Tarbiya jarayonida bu tur katta ahamiyat kasb etib, yaxshi natijani qo‘lga kiritish imkonini beradi. Bunda tarbiyachi oila va bolalarning shaxsiy xususiyatlarini o‘rganib, tarbiyaviy jarayonda inobatga oladi. Buning natijasida tarbiyachi va ota-ona o‘rtasida o‘zaro ishonch, hurmat va do‘stlik munosabatlari shakllanadi.
2. Ota-onalar bilan jamoa tarzida tashkil qilinadigan ishlar. Bularga ota-onalar majlisi, anjumanlar, tadbirlar kiradi.
3. Tarbiya ishlarini atrof-muhit va mahalla bilan hamkorlikda olib borish. Bunda „Bir bolaga yetti mahalla ota-ona“, deganidek, mahallalar bilan hamkorlikda olib boriladigan ishlar yaxshi samara beradi. Biz oila ma’naviyati haqida fikr yuritar ekanmiz, uning ehtiyoj, manfaat va mafkuraviy jarayonlar bilan bog‘liq yana bir jihatini, ya’ni tarbiya jarayonida yoshlar va o‘smirlarning ruhiy ehtiyojlarini inobatga olishni ham unutmasligimiz kerak. Ayni mana shu ehtiyojlarning shakllanishiga mahalla muhiti bevosita ta’sir qilsa, jamoatchilik bu ehtiyojlarni tartibga soladi. Mahalla-ko‘y, qo‘ni-qo‘shnilar hamkorligi, hamdardligini ko‘rsatuvchi mahallalarimizdagi to‘y, katta yig‘inlar, marosimlarda xalqimizning jamoatchilik fikri ta’sirida shakllangan qadriyatlari namoyon bo‘ladi. Aynan shu qadriyatlar ta’sirida yoshlarimiz o‘zi yashab turgan mahalladaga, insonlarga nisbatan mehr-muhabbatli, oilasiga sadoqatli bo‘lib tarbiyalanadilar. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida: bu yoshdagi o‘smirlarning yildan-yilga atrof-muhitga, voqealarga qiziqishi ortib boradi. Ular ko‘proq o‘zlari qiziqqan ishni kattalardan yashirincha bajarishga harakat qilishadi. Yolg‘on so‘zlash, qilgan aybini yashirish va kattalar oldida o‘zini aqli raso qilib ko‘rsatishga urinishadi.
Bu yoshdagi bolalarning barkamollik darajasini oshirib borish uchun barcha o‘qituvchi-murabbiylar, ota-onalar, mahalla-ko‘y, nazorat inspeksiyasi hamkorligida tarbiyaviy ishlar yo‘lga qo‘yib borilmog‘i lozim. Bu yoshdagi bolalarning uyda va ko‘chadagi bo‘sh vaqtlarini qanday o‘tkazayotganligi doimo kattalar nazoratida bo‘lmog‘i shart. Bolalarni teatr, muzeylarga olib borish, asosan, maktabning zimmasida. Ammo shunga yarasha ota-onalar „Bugun teatrga boribsan, nimani ko‘rding, nimani tushunding?“ deya ular bilan suhbatlashish ota-onalarning vazifasidir. O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalarida: bu ta’lim dargohiga o‘qish uchun kelgan o‘quvchilar asta-sekin maktabdan, oiladan va ko‘cha-ko‘ydan o‘rgangan tarbiyalarini namoyish eta boshlaydilar. Agar o‘qituvchi-marabbiylarimiz bu maskanda o‘ta kuzatuvchanlik bilan muntazam shug‘ullanmasalar, bu yoshdagi o‘smirlarning barkamollik darajasini rivojlantirib borish ancha mushkul kechadi. Chunki ta’limning bu bosqichida o‘qituvchi-murabbiylar ilmiy savodxonlikni kuchaytirish, kasbiy savodxonlikka erishish uchun o‘quvchilar bilan tinimsiz muloqot qiladilar. Sergak tarbiyachi o‘smirlarning yosh xususiyatlaridan kelib chiqib, ularga to‘g‘ri ta’sir eta bilishi lozim. Umuman, ta’limning qaysi bosqichida bo‘lmasin, tarbiyachi o‘qituvchi yuksak pedagogik, psixologik va metodik tayyorgarlikdarajaga ega bo‘lgan holda, ularning yosh xuxsusiyatlarini inobatga olib, ta’lim-tarbiya jarayonini to‘g‘ri tashkil etishi lozim. Ertangi kun, porloq kelajakka ishontirish, yomon illatlardan xoli bo‘lishga o‘rgatib borish barcha oila, mahalla va maktab ahlining vazifasidir. Tobora rivojlanib borayotgan jamiyatimizga sog‘lom fikrlovchi avlodni tarbiyalash uchun ota-onalar va o‘qituvchilar hamkorligi muhimdir. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, har qanday ezgu maqsadimizni yoshlar orqali amalga oshiramiz. Ularning yetuk inson bo‘lib voyaga yetishlarida esa, oila, mahalla-ko‘y, maktab va davlatning o‘zaro hamkorlikdagi faoliyati juda muhim hisoblanadi.
Oila – tarbiya o‘chog‘i. Oila – jamiyat negizi har bir insonda ilk yoshligidan boshlab ongida shakllanadigan barcha insoniy fazilatlar, ezgu niyat, maslaklar, qadriyatlar takomil topadigan, mafkuraviy va ma’naviy tarbiya amalga oshiriladigan muhitdir. O‘zbek oilasi o‘zida ko‘p asrlik mustahkam ma’naviy qadriyatlarimiz ravnaq, topadigan shunday maskanki, uning barqarorligi va mustahkamligi jamiyatimiz rivojining muhim omillaridan biridir. Agar oiladagi muhit sog‘lom bo‘lsa, unda kamol topayotgan yosh avlod qalbi va ruhiga shu xususiyatlar, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni, milliy istiqlol g‘oyasini singdirish uchun qulay sharoit yaratilgan bo‘ladi.
Oila manfaatlarini ta’minlash borasida 1998 yilda qabul qilingan va muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgan tadbirlar to‘g‘risida davlat dasturi va ushbu dasturda belgilangan tadbirlarning strategik yo‘nalishlariga e’tibor berilsa, ular mamlakatimizdagi oilalarning mustahkam bo‘lishiga imkon beruvchi vazifalarni nazarda tutadi.
1998 yilning «Oila yili» deb e’lon qilinishi va shu yilning o‘zida Oila kodeksining qabul qilinishi hamda mamlakatimiz tarixida ilk bor tashkil etilgan Respublika «Oila» ilmiy-amaliy markazining maqsadi ham davlatimizning oilani har tomonlama mustahkamlash, himoya etish borasidagi siyosatga hamohang bo‘lib, oilaga taalluqli boy va sermazmun milliy an’analarni avaylab-asrash, ularni umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg‘unlashtirish, oila va nikohning muqaddasligini yosh avlod ongiga chuqur singdirish yo‘li bilan oilani mustahkamligi, barqarorligini ta’minlash, oila a’zolarining huquqiy savodxonligini oshirish muammolarini: ilmiy o‘rganish, oilaviy hayotga bog‘liq, muammolarni tadqiq etish va fuqarolarga bu masalalarda amaliy yordam berishdan iboratdir.
Markazning muhim maqsad va vazifalaridan biri oila-konsepsiyasini yaratish va uni hayotga joriy etishning uslub va vositalarini joriy etish orqali hukumatimizning ijtimoiy sohadagi insonparvar siyosatini amalda har bir fuqaro ongiga oila instituti orqali singdirishdan iboratdir.
Davlatimiz rahbari I.A.Karimov har chiqishlarida oid masalalariga katta e’tibor berar ekanlar, uning tarbiya beradigan maskanlar orasida eng muhimi qadrli ekanligiga oid fikrlari alohida ahamiyatga ega. «Oila haqida gapirar ekanmiz, avvalambor oila hayotning abadiyligini, avlodlarning davomiyligini ta’minlaydigan muqaddas urf-odatlarimizni saqlaydigan, shu bilan birga kelajak nasllar qanday inson bo‘lib yetishishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan tarbiya o‘chog‘ ekanligini tan olishimiz darkor». Mustaqillik yillarida respublika hukumati va Prezidenti I.A. Karimov tomonidan oilaga ko‘rsatilayotgan etibor, yillarga maqom berilayotganda oilani mustahkamlash, nikohni qadriyat sifatida e’zozlashga qaratilgan chora-tadbirlar tom ma’noda yurtimizda oila va farzandlar hukumatning doimiy g‘amxo‘r ekanligidan dalolatdir.
Taqdim etilayotgan konsepsiya Sila institutini yurtimizda yanada mustahkamlash, u orqali milliy istiqlol g‘oyasini fuqarolar ongiga singdirish ishlari uchun dasturulamol bo‘lib xizmat qiladi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik o‘zgarishlar, yangilanish jarayonlari va islohotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad ozod va obod Vatan, rivojlangan fuqarolik jamiyati barpo etish, shu tarzda xalq farovonligini ta’minlash, jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin egallash, oilaning barqarorligiga erishish ekan, Sila bag‘ishlangan konsepsiyaning vujudga kelishi o‘ta dolzarbdir. Zero, Respublikamiz o‘z iqtisodiyotini yangi bosqichga ko‘tarish, jamiyatni erkinlashtirish va demokratiyalash siyosatini izchil olib borar ekan, bizga jamiyatning negizi bo‘lgan oilalar muammolari va istiqboliga qaratilgan konsepsiya zarur. Darhaqiqat, konsepsiya O‘zbekistondagi oilalarning rivojlanishi istiqbolini tasavvur qilish, oila borasidagi ijobiy va muammoli masalalarni oldindan bashorat qilish uchun, mavjud muammolarning sabab va omillarini belgilab olish uchun ham xizmat qiladi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki «Oila» konsepsiyasini yaratish va bu bilan bog‘liq ishlarning dolzarbligi hamda bajarilishining maqsadga muvofiqligi mustaqillik yillarida Respublika rahbari I.A.Karimov tashabbusi bilan yillarga berilgan maqomlar doirasida amalga oshirilayotgan davlat dasturlarining oilani, ona va bolani ijtimoiy muhofaza qilishga qaratilganligi, hukumat tomonidan oila manfaatlariga ajratilayotgan sarmoyalarning amalda oqlanishi zarurati bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 5 fevral 6-sonli «Ona va bola» Davlat dasturi to‘g‘risidagi qarorida belgilangan vazifalarning muhimligi va dolzarbligidan ham kelib chiqadi.
Oila va jamiyat – mohiyatan bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, oilada jamiyatning tub mohiyati va muammolari o‘z aksini topadi. Shuning uchun ham oilani kichik jamiyat deyish mumkin. Har bir jamiyat a’zosi oila bag‘rida voyaga yetadi, ijtimoiy munosabatlarni o‘zlashtiradi va insoniy fazilatlarni namoyon etadi. Barkamol insonni shakllantirish, uni hayotga, mehnatga tayyorlash oilaning muqaddas vazifasidir. Oilani mustahkamlash jamiyat barqarorligi va qudratining muhim shartidir. Shu boisdan ham davlat oilani o‘z himoyasiga oladi.
Oila qanday bo‘lsa, jamiyat ham shunday bo‘ladi. Mamlakatimizda milliy mustaqillik yillarida ma’naviyat sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, avvalo, oila qadriyatlarini eng ilg‘or an’analarini tiklashga qaratilgandir. Oilaviy tarbiya – oklada ota-onalar, vasiylar yoki katta kishilar tomonidan bolalarni tarbiyalash, yosh avlodning har tomonlama rivojlanishida muhim o‘rin tutadi. Oila tarbiyasida doimiy tarbiyaviy ta’sirchan kuch-oilaviy tartibdir.
Oila va mahalla boshqa tarbiyaviy muassasalardan farqli ravishda odamning butun hayoti davomida uning barcha tomonlariga, qirralariga ta’sir ko‘rsatishga qodirdir va odatda ta’sir ko‘rsatadi. Oila va mahalla hamkorligidagi tarbiya vazifasining bu ulkan miqyosi uning mafkuraviy va psixologik ta’sir ko‘rsatishning chuqur o‘ziga xosligi bilan uyg‘unlashib ketadi. Bu esa uni oliy darajada ta’sirchan qilibgina qolmay, shu bilan birga shaxsni shakllantirish jarayonining zarur bo‘g‘iniga ham aylantiradi.
Oila va mahallaning yuksak tarbiyaviy imkoniyati bolalar va ota-onalarning o‘ziga xos xususiyatlari: qon-qarindoshligi, qo‘ni-qo‘shniligi, muhabbati, yaqinligi, ishonchi, burch hissi, obro‘ligi va hokazolar bilan ta’minlanadi.
Ma’lumki, xilma-xil faoliyat sharoitida bolaning qobiliyatlari eng samarali rivojlanadi, uning ijodiy imkoniyatlari ochiladi, bolani oila va mahalladan boshqa qayerda ham faoliyatning xilma-xil turlariga jalb etish mumkin. Oila va mahalla hamkorligidagi tarbiyaning qimmatliligini ahamiyati ana shundaki, kichik bolalik paytida oilada egallagan narsalar bir umr saqlanib qoladi. Huddi shuning uchun ota-onalarning bolalarni har tomonlama tarbiyalash majburiyati qonuniy tarzda belgilab qo‘yilgan.
Oila va mahalla hamkorlikda tarbiyaviy ishni tashkil etar ekanlar, eng yangi psixologik-pedagogik tadqiqotlar ma’lumotlarini e’tiborga olishlari ham muhimdir, ularga muvofiq o‘sib kelayotgan kishi shaxsini shakllantirishga oilani qo‘shadigan hissasi turli yosh bosqichlarda turlicha bo‘ladi va to‘lqinsimon o‘zgaradi.
Mavzuning maqsadi va vazifasi shaxsning shakllanishida oila muhiti, kollektiv va jamiyatning ta’sirini ifodalash, kollektiv, kollektivizm, shaxsning jamiyatga aloqadorligi tushunchalarini shakllantirishdir.
O‘qituvchi uyga berilgan ikki topshiriq haqida gaplashib bo‘lgach, uchinchi savolga javob berishni bir-ikki o‘quvchidan so‘raydi. O‘quvchilar avvalo ota-onalaridan yoki opa-akasidan, keyin esa tarbiyachilari, o‘qituvchilari, mahalla-kuydan minnatdor ekanligini aytadilar, o‘qituvchi xulosa qiladi:
- Javobingizdan ma’lum bo‘ldiki, shaxsning kamol topishi avvalo oila muhitiga bog‘liqdir. O‘zbek xalqining buyuk shoiri Alisher Navoiyning quyidagi she’riy parchasiga e’tibor bering.
Ulcha erur tiflg‘a shoyista ish,
Bilki kichiklikda erur parvarshi,
Qatraga chun tarbiyat etdi sadaf,
El boshiga chiqquncha topdi sharaf.
Tifl, ya’ni bolani kichikligida parvarishlash, ya’ni tarbiyalash kerak, sadaf qatoriga kirgan qatra, ya’ni dur odamlarning boshida turish sharafiga muyassar bo‘ldi. Huddi shuningdek, ota-ona go‘yo sadaf, bolalar esa ularning bag‘ridagi qatralar - durlardir.
Oiladagi sharoit, oziq-ovqat va jihozlar ta’minoti, o‘zaro munosabatlar: er-xotin, bobo-buvi, qaynona-qaynota, aka-uka, opa-singil, tog‘a-amaki hamda boshqa qarindoshlarning bir-biriga muomalasi oila a’zolarining birgalikda ishlashi, dam olishi, adabiyot, san’at, ilm-fan va sport bilan shug‘ullanishi, daromad, ruhiy-ma’naviy holatlar, qo‘ni-qo‘shnichilik aloqalari, mahalladagi to‘y-ma’rakalarga qatnashish va hokazolar oila muhitini tashkil etadi.
Oila muhiti axloq-odob, madaniyat qoidalari asosida tashkil topsa, bola shaxsining to‘g‘ri shakllanishi uchun shart-sharoit yaratilsa, bunda oiladagi bolalar to‘g‘ri kamol topadi. Misol tariqasida Ulyanovlar oilasidagi muhitni, unda aka-ukalarning bir-biriga o‘qish-yozishni o‘rgatgani, aqlni rivojlantiruvchi shaxmat va boshqa o‘yinlarni doimiy o‘ynagani, ota-ona esa bolalarining mashg‘ulotlariga rahbarlik qilishgani, ularga yaxshi sharoit yaratib berishgani, Volodya akasi Aleksandr va opasi bilan kitoblar, ijtimoiy hayot xususida qizg‘in bahslar qilganini gapirish, shuningdek, mahalladagi, qishloqdagi ibratli oilalardan misollar keltirish maqsadga muvofiqdir.
Oila muhitining ahamiyati shundaki, boladagi tabiiy iste’dodning qirralari dastlab shu yerda ko‘zga tashlanadi. «Insonlarda bo‘lgan tabiiy iste’dod yog‘ochdagi yonish xususiyatiga o‘xshaydi: yog‘ochga o‘t qo‘yilmasa, yonmaydi» («Kalila va Dimna»dan). Binobarin, bola iste’dodining yonishi oiladan boshlansa, shuncha yaxshi. Ota-ona o‘z bolasini kuzatib borib (go‘dakligidanoq) boshqa bolalardan farqini, nimaga qobilu, nimaga qobilmasligini aniqlasa, uni qobiliyati kuchli bo‘lgan tomonga turtki bersa, rivojlantirsa, shaxsning iste’dodi shuncha yorqin va tez ko‘zga tashlanadi. Murg‘ak ongli go‘dakning himoyaga, yordamga, rivojlantirishga muhtoj qiziqishi, intilishini birinchi bo‘lib ota-ona sezmasa, kim sezadi?! Ko‘zlarini mo‘ltiratib turgan go‘dak, faqat sizga non uchun jovdirab qarayotgani yo‘q-ku! Uni tushuning, his qiling, unga yo‘l oching! Qobiliyati, iste’dodi bolaligidanoq ota-onasi yohud boshqa bir murabbiy yordamida rivoj topgan kishilardan buyuk daholar yetishib chiqqan. Bolaning yuragini tushunmay, hadeb arzir-arzimas ro‘zg‘or, tirikchilik ishlariga qayrab solaverish ham to‘g‘ri emas. Bola musiqa, rasm, adabiyot, fanga yoki boshqa hunarga qiziqayaptimi? Ota-ona bu haqda o‘ylab ko‘rishi, go‘dakka madad berishi kerak. To‘g‘ri, bu oson emas, juda tadbirkor, zahmatkash bo‘lishni talab etadi.
Oila muhitidagi ota-ona va bolalarning munosabatiga to‘xtalib, quyidagi rivoyatni keltirish mumkin.

Yüklə 37,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin