8-mavzu: Oila, mahalla va ta’lim muassasasining bola tarbiyasidagi o’rni Reja



Yüklə 37,32 Kb.
səhifə3/4
tarix14.04.2023
ölçüsü37,32 Kb.
#98059
1   2   3   4
8-mavzu Oila, mahalla va ta’lim muassasasining bola tarbiyasida

Farzand - oilaning quvonchi, ota-onaning tayanchi, jamiyatning xayotbaxsh kuchi. Bolalarning sharofati bilan xayot yanada shirin, o‘lim esa u kadar daxshat solmaydigandek tuyiladi, - degan edi ingliz faylasufi Frensis Bekon.
Farzand umr mevasi, oila faxri, kelajagi, baxtidir. Ammo tarbiya nixoyatda mashakkatli ish bo‘lib, ota-onalar bolalar tarbiyasida xar doim xam istagan natijalariga erishavermaydilar.
Xayotning birinchi yilidan boshlab bola shaxsini shakllantirish, ya’ni uning tarbiyasi bilan shugullanish oilaning asosiy vaifasidir.
Oila jamiyatning bo‘lagi bo‘lib, unda yangi inson vujudga keladi; bu kichik ijtimoiy gurux bola uchun dastlabki xayot maktabidir. Ota-onalar bolaning birinchi o‘qituvchisi va tarbiyachisidir.
Bundan besh yuz yil avval yashab ijod qilgan buyuk o‘zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy bolani «mehri anbar» - uyni yoritadigan va oilaga baxt-quvonch keltiradigan nur deb hisoblagan edi. Navoiy bolalar oilada va maktabda intizomli bo‘lishlari va o‘zlarining odobli ekanliklarini ko‘rsatishlari kerakligini ham ta’kidlab o‘tgan edi.
Navoiy tarbiya usuli sifatida namuna ko‘rsatishga alohida e’tibor berar va kishilarni, ayniqsa yoshlarni yaxshi kishilardan o‘rganishga, ulardan ibrat olishga, ularning davrasida bo‘lish, ular bilan tez-tez suhbatlashishga chaqirar edi. U bola tarbiyasida ota-onalarning ibrati to‘grisida shunday yozadi:


Farzand ato kullugin chu odat qilgay,
Ul odat ila kasbi saodat qilgay,
Xar kimki atoga ko‘p rivoyat qilgay,
O‘glidan anga bu ish siroyat qilgay.

Sharq mutafakkirlaridan Nasriddin Tusiy o‘zining «Axloqi Nasriy» asarida yaxshi tarbiyaning muhimligiga ko‘p to‘xtalgan. U ota-onalarning xuquq va burchlari, saxovatlilik, baxt, insoning olijanob hislatlari, qadr-qimmat, sadoqat va samimiylik, salomatlik to‘grisida juda qimmatli fikrlarni berganki, oradan yetti asr o‘tib ham, ular o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan.


Bola tarbiyasida ota-onaning vazifasi, rolini ko‘plab xalq maqol va matalllarida ham uchratish mumkin. Ota-onaning tarbiyachilik roli to‘grisida quyidagi xalq maqolini keltirish mumkin:
Boging bo‘lsa, kura qil,
O‘gling bo‘lsa, mulla qil.
Daraxtdan meva olaman desang,
Nixoligidan parvarishq qil.
Suv bilan ekin o‘sar,
Tarbiya bilan – odam.


Bola tarbiyasida kattalarning ibrati to‘grisida quyidagicha maqollar mavjud:
Daraxtga ko‘ra – mevasi,
Otagonasiga ko‘ra – bolasi.
Madaniy va ma’naviy merosimiz bo‘lgan hadisda tarbiya, axloq -odob, o‘zaro do‘stona munosabatlar, qarindoshlik, mehr-oqibat, adolat, insof bilan bir qatorda ota-ona va farzandlarning xaq-huquqlari ham o‘z ifodasini topgan. Masalan, hadisda “Farzandlaringizni izzat-ikrom qilish bilan birga axloq-odobini ham yaxshilangizlar”, deyilgan. Agar oila ma’nosiz xayot kechirsa, faqat shaxsiy huzur-xalovati bilan mashg’ul bo‘lsa, agar oilada raxmsizlik va xudbinlik hukm surayotgan bo‘lsa, bularning xammasi bolaning ma’naviy kiyofasiga salbiy ta’sir etmasdan kolmaydi, albatta. Shuning uchun ota-onalar uchun oila tarbiyasi, avvalo o‘z-o‘zini tarbiyalashdan iborat bo‘lmogi kerak. Ota-onalarning yuksak ijtimoiy ongi bolalarda ham shunga mos ong tarkib topishiga yordam beradi.
Oilada kattalarga hurmat, kichiklarni avaylash kabi qoidalar kundalik odatga aylanib borishi kerak. Ota-ona oldidagi mas’uliyatning naqadar muhimligi shunday iboratki, ular bolaning har bir qadamini, har bir xatti-harakatini zimdan kuzatib boradilar. Bolalar har qanday janjalni, yomon, noo‘rin so‘zni uzoq vaqt eslab yuradilar, o‘rni kelganda, vaziyat bo‘lganda amalda qo‘llashga harakat qiladilar.
“Qush uyasida ko‘rganini qiladi”, deydi xalqimiz. Ayniqsa, bolaning izzat nafsiga tegmaslik, uni kamsitib gapirmaslik, xullas, ota-onaning o‘zi madaniyatsizlik, odobsizlik qilmasliklari maqsadga muvofiqdir.
Har bir ota-ona o‘z farzandini sevadi. Hech kim ulardan yomon va baxtsiz insonlar yetishib chiqishini istamaydi. Farzandining har bir yutugi ota-onaning yuragini tog’dek ko‘taradi, faxr va g’urur tuygularini vujudga keltiradi. Lekin ota-onaning maqsad va niyatini farzandlar qanday tushunadilar, bu maqsadlarini amalga oshirish uchun ular qanday yo‘l va vositalardan foydalanadilar, bular nihoyatda murakkab masalalardir.
Ota-onaning jamiyatda tutgan o‘rni, nufuzi farzand tarbiyasida katta ahamiyatga ega. Bu narsa mansab bilan belgilanmaydi. Eng yaxshi obro‘ va e’tibor halol mehnatdir. Halol mehnat bilan jamiyatda orttirilgan obro‘ oilada farzand tarbiyasiga ijobiy ta’sir kiladi. Farzand ham ota-onalaridek bo‘lishga intiladi. Mehmondo‘st oilada o‘sgan farzandlar ham mehmondo‘st bo‘ladilar.
Ota-onalarini xor-zor qiladigan, dillarini ogritadigan nomard farzandlar ham uchraydi. Ular nima qilayotganlarini o‘ylab ham ko‘rmaydilar. Qadimdan bir naql bor: ota-ona o‘nta bolani boqadi-yu, o‘nta nomard bola ota-onani boqa olmaydi. Bu naqlning mazmunini juda chuqur. Uni har bir farzand yodidan chiqarmasligi kerak.
Ota-onalar atoqli pedagoglardan biri aytgan: “Bolalarni tarbiyalash-hayotimizining muhim soxasi... To‘gri tarbiya – bizning baxtli kelajagimiz, yomon tarbiya bizning kelajakdagi qaygu –hasratimiz, ko‘z yoshlarimiz boshqa kishilar oldidagi, butun jamiyat oldidagi, butun mamlakat oldidagi aybimizdir”, degan fikrlarni tushunishlari kerak. O‘z bolasini tarbiyalashni shaxsiy ish deb qarab bo‘lmaydi, balki butun jamiyat oldidagi fuqorolik burchini bajarishdir.
2. Ota-onalar o‘z bolalaridan qanday kishilar tarbiyalab yetishtirishlarini, unda qanday fazilatlar hosil qilishlarini aniq tasavvur qilishlari kerak. Bolani to‘gri tarbiyalash uchun uni yaxshi bilish va tushunish kerak, buning uchun esa pedagogik bilimlar zarur bo‘ladi. Ular ota-onalarning bola xulqini to‘gri tahlil qilishga, uning tarbiyasi uchun to‘gri yo‘lni tanlashga yordam beradi.
Ota-onalar bola tarbiyasida pedagoglik odobiga rioya qilishlari zarur. Pedagoglik odobi nima? Bu, bolaga bo‘ladigan munosabatda meyorga rioya qilish, ya’ni bolaning ongiga, qalbiga, shaxsiga ta’sir etadigan tarbiyaviy choralarni uning yosh xususiyatlarini, imkoniyatlarini hisobga olib mavjud sharoitga qarab tanlay bilishdir.
Pedagoglik odobi - bolani tarbiyalashdagi mohirlik bo‘lib, bunga tarbiyachilarni o‘rgatgandek ota-onalarni xhm o‘rgatish kerak. Ota-onalar o‘z xulqi, fe’l-atvorini tashkil eta bilishlari, bolaning qalbida, ongida nima kechayotganliklarini seza olishlari, shunga qarab muomala qila bilishlari lozim.
Shu bilan bir katorda bolalarga talabchan munosabatda bo‘lishlari, ularda iroda, ong xulkni, o‘z xatti-xarakati uchun boshkalar oldida javob berishni tarbiyalashlari kerak.
Keyinchalik borib ota-onalarning pedagoglik odobi bolalarda aks eta boshlaydi, bu avval taxlid tarzida namoyon bo‘lsa, keyinchalik esa odatga aylanadi va ular o‘rtogining muvaffaqqiyatsizligi yoki tabiiy, jismoniy kamchili ustidan kulmaydigan, kattalarning gapi va ishiga aralashmaydigan, o‘zini batartib tutib yuradigan, o‘z xulqidagi kamchiliklarni tuzatishga urinadigan bo‘lib qoladilar.
Oilaning turmush madaniyati, oila a’zolarining bir-biriga xurmatli munosabati va butun oilaviy xayotni to‘gri tashkil etishni o‘z ichiga oladi. Bunday betartib oilalarda tarbiyalanayotgan bolalar sekin-asta kattalarning xayot tajribalarini egallab boradilar. Bola bilan dildan beg’araz suhbatlashish bolani ota-onalariga yaqinlashtiradi, ular o‘rtasida mehr-oqibat kuchayadi.
Oilada kun tartibiga rioya qilinmasa, uydagi yumushlar oila a’zolari o‘rtasida to‘gri taqsimlanmasa, oilada ayolga nisbatan noto‘gri munosabatda bo‘linsa, ichkilikbozlik va boshqa illatlar hukm sursa, bunday oilada o‘sgan bola yuqori ta’sirchanligi, xayotiy tajribasi kam bo‘lganligi sababli voqealarni o‘zi mustaqil baxolay olmaydi, shuning uchun natijasida u indamas, jaxldor, qo‘pol va parishonxotir bo‘lib qoladi.
Bolaning tarbiyasiga oiladagi tashqi shart-sharoit: uyning jixozlanishi, gigiyenik, umumiy madaniyat va estetik didga javob berishi uchun har bir oilada zarur shart-sharoit: bolaning o‘ynash va shugullanishi uchun alohida joy bo‘lishi kerak. Bolalar uyda saranjom –sarishta bo‘lishlari, uy jixozlari va o‘z anjomlarini extiyot qilishlari zarur.
Oilaning umumiy daromadi oila a’zolari o‘rtasida har bir oila extiyojini hisobga olib, to‘gri sarflanishi lozim. Bolalar oilada o‘yinchoqlarini yigishtirish, kitoblarni joy-joyiga qo‘yish, o‘z o‘rin-ko‘rpasini yigishtirish, uy xayvonlarini parvarish qilishda qo‘lidan kelganicha yordam berish kabi amalga oshiradilar.
Maxsus pedagogik bilimlarni egallash bolalarda sinchkovlikni, kuzatuvchanlikni, mantiqiy tafakkurning oddiy formalarini o‘stirishga, bolalar mehnati va o‘yiniga to‘gri rahbarlik qilishga, bolalar xulqini to‘gri taxlil qilishga yordam beradi.
Bolalarda mustaqillikni o‘stirish, ularni qiyinchiliklarni yengishga o‘rgatish, undagi irodani mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etadi.
Shu bilan birga bolalarni tarbiyalashga ularning o‘ziga xos xususiyatlarini bilish va uni e’tiborga olish zarur. Chunki har bir bola yoshi teng bo‘lgan ikkinchi boladan o‘zining qiziqishi, qobiliyati, mijozi va fe’l-atvori bilan farq qiladi. Bir xil vaziyatda har bir bola o‘zini har xil tutadi: biri uyatchan, tortinchoq boshqasi esa dadil; biri bo‘shang, passiv, yana boshqasi tevarak – atrofda bo‘layotgan voqealarga judayam xushyor va sezgirlik bilan munosabatda bo‘ladilar. Shuning uchun, ota-onalar xar bir bolaga uning o‘ziga xos, mos yo‘lni tanlaydilar.
Oila a’zolari o‘rtasidagi o‘zaro xurmat, xamjixatlik, oilaning yaxshi yo‘lga qo‘yilgan ichki xayoti tarbiyada muhim ahamiyat kasb etadi. Oila a’zolari o‘rtasidagi samimiy munosabatlar: mehribonlik, o‘zaro hurmat va g’amxo‘rlik, vatanparvarlik, mehnatsevarlik kayfiyati, umumiy tartib va oilaviy an’analar, bolalarga kattalar qo‘yadigan talablarning yagonaligi muhim rol o‘ynaydi.
Bolani to‘gri tarbiyalashda uning oldida ota-onaning obro‘si yuqori bo‘lishi kerak, busiz tarbiya bo‘lishi mumkin emas. Ota-onalarning fuqorolik qiyofasi, xayoti, ishlari, yurish-turishlari, jamiyat oldida o‘z oilasi uchun javobgarlik tuygusi ular obro‘sining asosidir. Mehnat va ijtimoiy faoliyatni oilaviy vazifalar bilan ko‘shib olib boradigan, o‘z bolalarining xayotiga qizaqadigan va ularga mohirlik bilan rahbarlik qiladigan ota-onalar eng obro‘li kishilar – bularning hammasi ham onaga, ham otaga baravar taaluqlidir.
Bolalarga qo‘yiladigan talablarda birlik bo‘lishi umumpedagogik prinsip hisoblanadi., maktabda ham, oilada ham bu prinsipga amal qilinishi lozim. Oilada bolalarni tarbiyalashda quyidagi shartlarga rioya qilinishi zarur:
a) bolalar tarbiyasi uchun javobgarlikni his qilish;
b) pedagogik bilimlardan xabardor bo‘lish;
v) bolaga bo‘lgan mehr-muhabbatni unga talabchanlik qilish bilan ko‘shib olib borish.
Insonning qanday kishi bo‘lib yetishishi ko‘p jixatdan oiladagi tarbiyaga, ota-onaning mas’uliyatiga bola tarbiyasining umumiy qonuniyatlarini yaxshi bilib, hayotda ularga qanchalik amal qilinishiga ham bog’lik.
Jamiyatda bola tarbiyasi ota-onalarning shaxsiy ishi bo‘lmay, balki ularning ijtimoiy vazifasidir. Ota-onalar o‘z bolalarining tarbiyasi uchun jamiyat oldida javobgardirlar. Shaxsning qadr-qimmati uning jamiyatga keltiradigan foydasi bilan baholanadi. Ota-onalar o‘z bolalarining asosiy tarbiyachilari hisoblanadilar. Shuning uchun ular farzandlarini o‘z xalqining eng yaxshi urf-odatlari va oilaviy an’analari ruxida olijanaob fazilatli, bilimdon, madaniyatli shaxs kilib tarbiyalashlari kerak.
Tarbiya ko‘p kirrali, uzok davom etadigan jarayondir. Bolani o‘rab olgan muhitning hammasi – odamlar, narsalar, hodisalar, uning ongida, xulq – atvorida ma’lum iz qoldiradi, uni o‘zgartiradi va rivojlantiradi. Ota-onaning burchi mana shu rivojlanishni ziyraklik bilan boshqarib borishdir. Ota-onaning mehri, muruvvati, g’amxo’rligi bolalar uchun suv va havodek zarur.
1. Oilada shaxsni axloqiy shakllantirish bolaning tugilishidan boshlanadi. U ko‘pgina omillar ta’sirida tarkib topadi. Bu omillar oilaviy munosabatlar xarakteri, ota-onalarning namunasi, ulardagi umumta’lim darajasi, umummadaniy saviyasi hamda ularning pedagogik madaniyati va nihoyat oilaviy tashkil etilishdan iborat.
2.Bu omillar oilada axloqiy tarbiyalashning mazmunini tashkil etadi va ular bir qator pedagogik xususiyatlarni o‘z ichiga oladi. Bu quyidagilardan iborat:
3.Ayrim oilalarda bolalarning tarbiyasi faqat onalar zimmasida, ota esa bu ishdan o‘zlarini chetga oladilar. Go‘yo farzandlarni bog’cha, maktab tarbiyalab berishlari shart. Tarixiy tajriba shundan dalolat beradiki, qadimdan o‘gil bolalar tarbiyasi bilan otalar, qiz bola tarbiyasi bilan onalar shug’ullanganlar, ammo ular asosan erkaklar nazoratida bo‘lgan.
4. Ota-onalar bolalarga birdek munosabatda bo‘lishlari, bir xil mehribon va g’amxo‘r, talabchan va qattikko‘l bo‘lsalar bolalar xayoti butun va mukammal bo‘ladi. Biri talab qilganda, ikkinchisi yonini olsa tarbiya buziladi. Bolalarga haddan tashqari mehribonchilik qilayotgan ota-onalar ularni hurmat qilishni o‘rgatishlari zarur.
5.Ko‘pgina ota-onalar bolalarini tarbiyalash borasida o‘z vazifalar va burchlarini to‘la his qilmaydilar. Boshqacharoq aytganda ularda pedagogik tayyorgarlik yetishmaydi. Zotan oilaviy tarbiya, avvalo, ota-onalarning o‘zlarini-o‘zlari tarbiyalash demakdir. Chunki bola ayni paytda ta’sir obyekti va subyektidir. Biroq ota-ona bola ana shunday obyekt ekanligini sezmasligi uchun harakat qilishi kerak. Ammo barcha ota-onalar ham buni tushunib yeta olmaydilar.
6.Oila hayotini to‘gri tashkil qilish, oilada sog’lom axloqiy muhitni yaratish lozim. Bu ishda hech qanday mayda-chuydalar bo‘lmasligi kerak. Har bir narsa bolaga ta’sir qiladi. Ana shu ta’sir natijasida salbiy yoki ijobiy odatlar, turlicha xulq-atvorlar paydo bo‘ladi. Ota-onalarning har bir xatti-xarakatini bolalar kuzatib turadi. Shuning uchun bolaga u yoki bu ishni qil yoki qilma deb nasixat qabiladagi o‘rgatish yo‘li bilan tarbiyalayman, deb o‘ylamaslik kerak.
7.Har bir ota-ona bolasini barkamol inson bo‘lishini istaydi. Farzandini ana shunday inson bo‘lishidan nafaqat ularning o‘zi, balki jamiyat ham manfaatidir. Ota-onaning fuqorolik burchi ham shuni takozo etadi. Shunga ko‘ra har bir ota-ona, eng avvalo, mamlakat uchun bo‘lajak fuqaroni tarbiyalayotganini unutmasligi lozim.
8.Ota-ona shaxsining o‘zi bola tarbiyasida muhim rol o‘ynaydi. Ularning oqilona o‘gitlari, pand-nasixatlarining hech biri, ularning shaxsiy namunasi o‘rnini bosa olmaydi. Bolalarning axloqiy fazilatlarini tarkib topishida, oiladagi o‘zaro ahillik, halollik va rostgo‘ylik, o‘zaro ishonchning mavjudligi, umuman sog’lom axloqiy muhit muhim ahamiyatga ega.
9.Oilada bolalarni sevish, ularning shaxsiyatini hurmat qilish va hech qachon ularni izzat-nafsiga tegmasligi zarur. Bunday jazolash usuli bola nafratini kuchaytiradi. Har qanday g’amxo‘rlik talabchanlik bilan olib borilgani maqsadga muvofiqdir.
10.Har bir oilada uning o‘ziga xos an’analari mavjud. Bu an’analar bola ongiga, uning xulq-atvoriga juda kuchli ta’sir qiladi. Masalan: oila a’zolarining tugilgan kunlarini o‘tkazish, qarindosh uruglar holidan xabar olish va hakozolar.
11.Bola tarbiyasida ota-onaning ishxonasidagi, maxalla va ko‘ni-ko‘shnisi oldidagi obro‘yi xam katta rol o‘ynaydi va bolalarida ularga nisbatan faxrlanish xissini uygotadi. Ular shu ruxda tarbiyalanadilar.
12.Shunday qilib, oilaviy tarbiyaning o‘ziga xos xususiyatlari va ta’sir qilish omillari mavjud. Bularni hisobga olmasdan turib, bola tarbiyasini oilada yaxshi yo’ga qo‘yish mumkin emas. Buning uchun, avvalo, ota-onalarning o‘zlari tarbiyalangan bo‘lishlari lozim.
Ota-onalarning butun xayoti, ularning fuqorolik qiyofasi, ma’naviy dunyosi bola tarbiyasining negizini tashkil etadi. Zotan, ota-ona bolalari uchun aziz va muqaddas kishilardir. Shu sababli ularga taqlid qiladilar, ularga o‘xshashga intiladilar.
Oiladagi tarbiyani yuqoridagi xususiyatlarini hisobga olish, bolani, axloqiy jixatdan tarbiyalashda, milliy axloqiy qadriyatlardan foydalanishning mohiyatiga, ularning o‘ziga xosligi va ahamiyatini tahlil qilishga yordam beradi.
Milliy mustaqillik sharoitida jamiyatning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy hayotida yuz berayotgan o‘zgarishlar tarbiyaviy ravishda va qonuniy tarzda xalqning ravnaqiga yo‘l ochdi, mustaqillikni mustahkamlashga samarali ta’sir ko‘rsatdi. Natijada, bu tarixiy jarayonlar oilada bola tarbiyasida ham o‘z aksini topa boshladi. Buning uchun ota-onalarning o‘zida milliy qadriyatlarga nisbatan munosabat o‘zgarmogi lozim. Ular bolalarni ota-bobolarining pand-nasixatlari, o‘gitlari, tajribalari asosida eng yaxshi va oliyjanob an’analar ruhida tarbiyalab kelganlar.
Ularning dono fikrlari, turmush saboqlari davrlar g’alviridan o‘tib, saralanib bizgacha yetib kelgan. Lekin hozirgi kunda o‘zbek oilalarida bola tarbiyasi borasida salbiy holatlarni uchratish mumkin. Masalan: ayrim ota-onalar farzandlarni bemehrligidan nolishadi. Yomon yo‘lga kirib ketgan farzandlari xususida ko‘pchilik ota-onalarning fikrlari bir xil: « o‘z bilganidan qolmaydi, hurmat qilishni bilmaydi». Xo‘sh, o‘sha bemehr bolaning otasi yoki onasini tarbiyali desa bo‘larmikin? Ishdan so‘ng, dam olish kunlari ota choyxonada, ona mehmondorchilikda bo‘lsa. Ayniqsa, ota ham ona ham «ishbilarmonlik»ga sho‘ngib ketib, go‘yo bola haqida tinmay qayg’urib, boshini har eshikka urayotgan bir paytda, oilada bola tarbiyasi bilan kim shug’ullanadi?
Tarbiyasi ogir bolalar ko‘payib borayotgani sir emas. Buni kelib chiqishini ichki va tashqi sabablari masjud. Ota-onasi, qarindosh-urugi bo‘la turib, gohida bolalar «bolalar uyi»ga topshirilmoqda. Qachondan beri bizning xalqimiz «bolalar uyi» degan atamani qo‘llay boshlandi?
«O‘nta bo‘lsa o‘rni boshqa» deya bir etak farzandni tarbiyalab voyaga yetkazgan ota-bobolarimizning siri nimada ekan?
Ko‘p bolali bo‘lish, bolajonlik o‘zbeklarga xos milliy xususiyat hisoblanadi. Bugungi kunda ana shu milliy xususiyat kelajak avlodni axloqiy jixatdan tarbiyalashda juda qo‘l keladi. Negaki oilada aka-ukasini, opa-singilisini yetaklab katta qiladi, bilganini o‘rgatadi. O‘sib ulgayganlirida esa bir-birini qo‘llab-quvvatlaydi, biri-biriga yordam beradi. Shaxsda jamoatchilik hissini shakllantirish ana shu ko‘p bolali oilalardan boshlanadi. Kuzatishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, ko‘p bolali oilalarda ko‘pincha mehynatsevar, o‘zaro inoq va aqlli-hushli, axloq-odobli farzandlar o‘sar ekan.
Bola tarbiyasi o‘z holiga tashlab qo‘yib bo‘lmaydi. Agar shunday qilinsa uning kelajagi bardob bo‘ladi. Shaxsning ma’naviy tubanlashuvi nafaqat uning butun zurriyotiga, balki yon-atrofidagi nosog’lom muhitni paydo bo‘lishiga olib keladi. Chunki har qanday odam o‘z naslining davom etishi ko‘p jihatdan farzandlariga ham bog’lik ekanligini yaxshi biladi. Unda ijobiy ma’noda katta ahamiyat berilishi esa farzandlarning salbiy ta’sirlarga berilib ketishining oldini oladi.
Umuman, oilada bolalarga axloqiy tarbiya berishda milliy an’analarni otagonalar to‘gri tushunib olishlari, qaysi an’analar qanday maqsad uchun xurmat qilishini yaxshi anglab yetishlari juda muhim. Chunki, talqin etilgan an’analar, urf-odatlar mazmunini, avvalo, ota-onalarning o‘zlari yaxshi o‘zlashtirib, kundalik hayotda q qo‘llay olsalargina, farzandlariga uni ta’siri samaralirok bo‘ladi. Mana shu ma’noda oilalarda o‘rnashib qolgan, o‘rganilgan, Respublikamiz turmush tarzida eng ko‘p qo‘llanilayotgan an’analar bilan birga, butun mustaqillik sharoiti talablaridan ijobiy samara berishi mumkin bo‘lgan an’analardan o‘z xalqi va ona Vatani bilan faxrlanish, o‘z Vataniga mehr-muhabbat bilan qarash, o‘z Vatanining o‘tmishi va tarixiga cheksiz hurmat, o‘z xalqkining milliy an’analarini e’zozlash, milliy ongi shakllangan, milliy e’tiqodi vatanparvarlarni tarbiyalash zarurdir.
Umumin olgan, tarbiya so‘zi aytilishi bilan inson ko‘z oldida oila namoyon bo‘ladi. Zero, oila tarbiya maskanidir. Shunday ekan, ma’naviy-axloqiy tarbiya oiladan boshlanadi. O‘zbek oilasining ma’naviyati o‘zbekning milliy gururidir.



Yüklə 37,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin