Movarounnahrda Amir Temur tomonidan markazlahgan davlat barpo etilishi va uning fan, madaniyat va ma’rifat rivojiga qo’shgan hissasi Reja


Аmir Tеmur umr bo’yi quyidаgi o’n ikki tаmоyilgа аmаl qilgаn



Yüklə 53,62 Kb.
səhifə2/2
tarix01.08.2023
ölçüsü53,62 Kb.
#138254
1   2
Movarounnahrda Amir Temur tomonidan markazlahgan davlat barpo etilishi va uning fan

Аmir Tеmur umr bo’yi quyidаgi o’n ikki tаmоyilgа аmаl qilgаn:

  • Hаr еrdа vа hаr vаqtdа islоm dinini qo’llаb-quvvаtlаgаn.

  • Dаvlаt ishlаrini kеngаsh аsоsidа bоshqаrgаn.

  • Sаlаtаnаt ishlаrini murоsаyu mаdоrа оrqаli yurgizgаn.

  • Dаvlаt ishlаrini qоnun-qоidа vа tuzuklаrgа аsоslаnib bоshqаrgаn.

  • Аmirlаr vа sipоhiylаrgа hurmаt ko’rgаzgаn.

  • Аdоlаt vа insоfgа tаyangаn.

  • Fuqаrоlаrgа izzаt-hurmаt ko’rgаzgаn.

  • Аzmu jаzm bilаn ish tutgаn.

  • Rаiyat аhvоlidаn dоimiy оgоh bo’lgаn.

  • Turku tоjik, аrаbu аjаmning turli tоifаlаrigа hurmаt ko’rsаtgаn.

  • Do’stlаrni unutmаgаn vа ulаrgа yordаm bеrgаn.

Hаr jоydа sipоhiylаrni hurmаt qilgаn.ú 1. Amir Temur - buyuk shaxs, kuragi yerga tegmagan sarkarda, yirik davlat arbobi, qonunshunos, talantli me'mor, notiq, ruhshunos, shu bilan birga el-yurtini, xalqini sevgan va uni mashhuri jahon qilgan inson.
Amir Temur 1336 yilning 9 aprelida Shahrisabzning Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘ida tavallud topdi. Temurning yoshligi va yigitlik yillari mamlakat og‘ir ijtimoiy-siyosiy bo‘hron iskanjasiga tushib qolgan bir davrda kechdi.
Uzoq va mashaqqatli kurashlardan so‘ng Amir Temur o‘z raqiblarini yengib, hokimiyatni qo‘lga kiritdi. Mayda, tarqoq feodallarni birlashtirib, markazlashgan davlat bunyod etdi, mamlakatda iqtisodiy va madaniy o‘zgarishlar qildi.
Amir Temurning tarix oldidagi xizmati benihoyat katta. Birinchidan u mamlakatda yuqorida aytganimizdek kuchayib ketgan feodal tarqoqlikka barham berib, el-yurtni o‘z tug‘i ostiga birlashtira oldi, markazlashgan yirik feodal davlatini yaratdi. Bu bilan hunarmandchilik, savdo-sotiq va madaniyat rivojiga mustahkam zamin yaratib berdi. Bugun «Temur va Temuriylar madaniyati», «Temuriylar davlati», «Temuriylar madaniyati», «Ulug‘bek va Samarqand astranomiya maktabi», «Navoiy» va «Bobur» kabi qutlug‘ so‘zlarni nafaqat o‘zbekning, balki jahon xalqlari asarlari sahifalarida uchratar ekanmiz, bu gaplarning zaminida albatta Amir Temurning ulkan xizmatlari yotadi. Ikkinchidan, Amir Temur bir qator xalqlar va yurtlarni mustamlakachilar zulmidan ozod bo‘lishiga yordam berdi. Masalan, o‘sha davrning eng qudratli hukmdorlaridan hisoblangan Boyazid Yildirimni tor-mor keltirib, Bolqon yarim oroli va yevropa xalqlariga ozodlik bag‘ishladi; Oltin O‘rda xoni To‘xtamishni ikki marta tor-mor etib, Rossiyani mo‘g‘ullar hukmronligidan qutulishini qariyb 300 yilga tezlashtirdi.
Amir Temur zamonida yozilgan asarlarni qunt bilan o‘qisak, o‘rgansak, uning ko‘p yaxshi xislatlari: to‘g‘rilik, muruvvatlilik, el-yurtga mehr-muhabbat va boshqalarni bilib olishimiz mumkin. Amir Temurning «Temur tuzuklari», Nizomiddin Shomiy, Sharofiddin Ali Yazdiylarning «Zafarnoma»lari, Ibn Arabshohning «Temur haqidagi xabarlarda taqdir ajoyibotlari» va boshqa asarlarda keltirilgan sohibqironning ibratli ishlari, pand-nasihatlari va o‘gitlaridan ham uning kimligini bilib olsa bo‘ladi. Bular el-yurt va fuqarolarning tashvishi, raiyatparvarlik, mehr-muruvvat, qo‘shnichilikka rioya qilish va nihoyat, mardlik va qahramonlik haqidagi o‘gitlardir.
Sohibqironning bunyodkorlik sohasidagi tarixiy xizmatlari beqiyos. Amir Temur va uning avlodlari sa'yi-harakatlari bilan qurilgan madrasalar, masjidlar, xanoqohlar, saroylar, bozorlar, qal‘alar, kanallar va boshqa inshootlarning son-sanog‘i yo‘q. Amir Temurning bevosita rahnamoligida bunyod etilgan Bibixonim jome masjidi, Go‘ri Amir, Ahmad Yassaviy, Zangi Ota maqbaralari, Oqsaroy va Shohi Zinda me'moriy mo‘jizalari, Bog‘i Chinor, Bog‘i Dilkusho, Bog‘i Behisht, Bog‘i Baland singari o‘nlab go‘zal saroy-bog‘lar va shu kabi boshqa inshootlar shular jumlasiga kiradi.
Tarixchi Sharofiddin Ali Yazdiyning guvohlik berishicha, Amir Temur «Obodonlikka yaraydigan biror qarich yerning ham zoye bo‘lishini ravo ko‘rmasdi».
Tarix bu ko‘hna dunyoda juda ko‘p jahongirlarni ko‘rgan. Amir Temurning ulardan farqi shundaki, u umr bo‘yi bunyodkorlik bilan mashg‘ul bo‘lgan. Uning «qay bir joydan bir g‘isht olsam, o‘rniga o‘n g‘isht qo‘ydirdim, bir daraxt kestirsam, o‘rniga o‘nta ko‘chat ektirdim», degan so‘zlari bunyodkorlik, yaratuvchanlik faoliyatining tasdig‘idir. «Agar bizning qudratimizni bilmoqchi bo‘lsangiz, qurgan binolarimizga boqing» deganda Amir Temur, avvalo, o‘z xalqiga, kelajak avlodlariga murojaat qilgan, desak yanglishmaymiz.
Har qanday jamiyat taraqqiyotini ilm-ma'rifatsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Buni teran anglagan sohibqiron hokimiyatga kelishi bilan chiqargan dastlabki farmonlarini madrasalar barpo etishga, ilm toliblariga nafaqalar tayinlash bilan boshlagan. Qaysi bir shaharga tashrif buyurmasin Amir Temur avvalo o‘sha yerlik olimu fozillar bilan uchrashar, ular bilan suhbat qurar, turli mavzularda bahslashar edi.
Tarix, tibbiyot, matematika, astronomiya, me'morchilik sohalarida yuksak salohiyatga ega Amir Temur uchun bu tabiiy hol edi.
Amir Temur ma'naviyatini belgilovchi bosh mezon uning butun umr bo‘yi amal qilgan «Kuch - adolatda!» degan shioridir. Bu shiorda Amir Temur hayoti va faoliyatining butun mazmuni mujassamlashgan, desak yanglishmaymiz. Amir Temurning ma'naviy va ma'rifiy qarashlari uning o‘z farzandlari, nabiralari, taxt vorislariga qoldirgan o‘gitlari «Temur tuzuklari»da mujassamlashgan. Bu bebaho tarixiy asarda, hokimlar va vazirlarning vazifalari, o‘z ishiga munosabati, aholi turli qatlami - raiyatning haq-huquqini himoya qilish, sipohlarga munosabat kabi hayotiy ma'naviy-axloqiy qonun-qoidalar o‘z ifodasini topgan.
Sohibqironning «Temur tuzuklari»dan quyidagi satrlarni mamnuniyat bilan o‘qish mumkin:
«Yuz ming otliq askar qila olmagan ishni bir to‘g‘ri tadbir bilan amalga oshirish mumkin».
«Zolimlardan mazlumlar haqqini oldim. Zolimlar yetkazgan ashyoviy va jismoniy zararlarni isbotlaganimdan keyin, ularni shariatga muvofiq odamlar o‘rtasida muhokama qildim va bir gunohkorning o‘rniga boshqasiga jabr-zulm o‘tkazmadim».
«Kimki birovning molini zo‘rlik bilan tortib olgan bo‘lsa, mazlumning molini zolimdan qaytarib olib, egasiga topshirsinlar. Agar kimda-kim tish sindirsa, ko‘zini ko‘r qilsa, quloq va burun kessa, sharob ichsa, zino qilsa, devondagi shariat qozisi yoki ahdos qozisiga olib borib topshirsinlar».
Amir Temurning do‘stlik haqidagi pandu-nasihatlari ham hali-hanuz biz uchun ibratdir.
«Sodiq va vafodor do‘st ulkim, o‘z do‘stidan ranjimaydi, do‘stining dushmanini o‘z dushmani deb biladi. Agar kerak bo‘lsa, do‘sti uchun jonini ham ayamaydi».
Amir Temurning umr bo‘yi obodonchilik, qurilish ishlariga katta ahamiyat berganligi, kambag‘alparvarligini uning quyidagi o‘gitlaridan ham bilish mumkin:
«Kimki biron sahroni obod qilsa, yoki koriz qursa yo biror bog‘ ko‘kartirsa, yoxud biror xarob bo‘lib yotgan yerni obod qilsa, birinchi yili undan hyech narsa olmasinlar, uchinchi yili qonun-qoidaga muvofiq xiroj yig‘sinlar».
«Katta-kichik har bir shahar, har bir qishloqda masjid, madrasa va xonaqohlar bino qilsinlar, faqiru miskinlarga langarxona solsinlar, kasallar uchun shifoxona qurdirsinlar va ularda ishlash uchun tabiblar tayinlasinlar...».
Amir Temurning quyidagi so‘zlari asrlar osha xalqimizning asl farzandlarini el-yurt, Vatan haqida qayg‘urishga chorlab keldi:
«Millatning dardlariga darmon bo‘lmoq vazifangizdir. Zaiflarni ko‘ring, yo‘qsillarni boylar zulmiga tashlamang. Adolat va ozodlik dasturingiz, rahbaringiz bo‘lsin». Bu jumlalarda Amir Temur ma'naviyati jamul-jam bo‘lgan bo‘lsa ne ajab[1].
2.Temur va Temuriylar davri, umuman Sharq, xususan O‘rta Osiyo ilm-fani, madaniyati, ma'naviyati, adabiyot va san'ati rivojida muhim bosqich, yangi tarixiy davr, tub burilishdir. Bu davrdagi ma'naviy-ma'rifiy hayotdagi ko‘tarilish va yuksalishining manbai, boshlanishi IX-XII asrlarga borib taqaladi. XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asrdagi O‘rta Osiyoning madaniy, ma'naviy va ma'rifiy kamoloti IX-XII asr madaniyati, ma'naviyati va ma'rifatining davomidir. O‘rta Osiyo xalqlari orasida yetishib chiqqan buyuk tafakkur egalarining butun bir avlodi xuddi shu davrda shakllandi va ijod etdi. Butun dunyoga nomlari mashhur tarixchilar Sharofiddin Ali Yazdiy, Mirxond, Xondamir, Davlatshoh Samarqandiy; olimlar - Ulug‘bek, Ali qushchi, qozizoda Rumiy; faylasuf shoirlar - Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Lutfiy, Sakkokiy, Atoiy; musavvirlar - Kamoliddin Behzod, Qosim Ali, Mirak Naqqosh; hattotlar - Sulton Ali Mashhadiy, Sulton Muhammad Xandon, Muhammad bin Nur va boshqalar shular jumlasidandir. Ularning hammasi o‘sha davr va o‘zlarigacha bo‘lgan insoniyat ma'naviyati, ma'rifati va madaniyati yutug‘ining barcha sohalarini mukammal bilib va o‘zlashtirib olgan, o‘zlari tanlagan sohalarning hali hyech kim tomonidan zabt etilmagan cho‘qqilarini egallagan ulug‘ siymolar, qomusiy ilm, aql egalari bo‘lganlar.
Shuning uchun ham ularning boy, serqirra ijodlari, tengi yo‘q va takrorlanmas ilmiy-falsafiy, badiiy, tarixiy asarlari asrlardan asrlarga, davrlardan davrlarga eson-omon o‘tib, barcha alg‘ov-dalg‘ovlarga bardosh berib bizlargacha yetib keldi.
Temuriylar davri ma'naviyati va ma'rifati rivoji o‘zlarining ongli hayoti va faoliyatini insonning baxt-saodati, xalqlar osoyishtaligi, obodonlik ishlari, ilm-fan, adabiyot va san'at rivojiga bag‘ishlagan ikki buyuk mutafakkir Abdurahmon Jomiy (1414-1492) va Mir Alisher Navoiy (1441-1501) larning nomi bilan chambarchas bog‘liqdir.
Xulosa qilib aytganda, Temuriylar davri ilm-fan, ma'rifat, ma'naviyat va madaniyati jahon sivilizatsiyasi rivojiga ulkan hissa bo‘lib qo‘shildi. Bunda ulug‘ bobomiz, davlat arbobi, sarkarda sohibqiron Amir Temurning xizmatlari beqiyos va benazirdir. Buni hammamiz, ayniqsa Siz talaba yoshlar to‘g‘ri anglamog‘ingiz lozim, ul ulug‘ zot ila faxrlanishimiz barchamizning burchimiz.

Amir Temur ma'naviyat masalalari tomomdan XIV-XV asrlarda yozilgan bo'1ib, dastlab turk tilida chop etilgan. 1783-yilda ing1iz tilida nashr qilingan. Birinchi marta o'zbek tiliga 1967-yilda forschadan tarjima qi1ingan.


«Temur tuzuk1ari»da Amir Temur, Movarounnahrning 1342-1405-yillar orasidagi ijtimoiy-siyosiy ahvoli, qo'shni mam1akatlar va xalqlar bilan bo'lgan o'zaro munosabatlar haqida hikoya qilinadi. «Temur tuzuklari»da Amir Temurning asosiy doktrinasi -jamiyatga, ijtimoiy-siyosiy hayotga qarashi, birlashgan qudratli feodal davlatning siyosiy va ax1oqiy tamoyillari Jfodalangan. «Temur tuzuklari» podshohlarning turish-turmushi va odob-axloq me'yorlarini belgilovchi risoladir.
Asar 2 qismdan iborat.
Birinchi qismda jahon tarixida mashhur fotih, sarkarda va iste'dodli davlat arbobi sifatida nom qoldirgan Amir Temurning 7 yoshidan to vafotiga qadar kechgan hayoti va ijtimoiy-siyosiy faoliyati, aniqrog'i, uning Movarounnahrda Markaziy hokimiyatni qo'lga kiritish, feodal tarqoqlikka barham berish va markazlashgan davlat tuzish, qo'shni yurt va mam1akatlarni, masalan, Eron hamda Afg'onistonni o'z tasarrufiga kiritish, oltin O'rda hukmdori To'xtamishxon (1376-1395), butun Yevropaga qo'rquv va dahshat solgan Turkiya su1toni Boyazid Yildirim (1389-1402) ga qarshi va, nihoyat, buyuk jahongirning Ozarboyjon, Gruziya va Hindistonga qilgan harbiy yurishlari ixcham tarzda bayon etilgan.
Ikkinchi qism jahongirning nomidan aytilgan va uning toj-u taxt vorislariga atalgan o'ziga xos vasiyat va pand-nasihatlaridan iborat. Unda davlatni idora qilishda kim1argtayanish, bosh1iqlarni saylash, sipohiylarning maoshi, mamlakatlarni boshqarish tartibi, davlat arboblari va bosh1iqlarning burch va vazifalari, amirlar, vazirlar va boshqa mansabdorlarning toj-u taxt oldidagi alohida xizmatlarini taqdirlash tartibi va boshqalar xususida gap boradi.
Amir Temur davlatni boshqarishda o'zidan avval o'tgan hukmdorlardan farq qilib, davlat va mamlakatni boshqarishda 1 yoki 2 tabaqaga emas, balki aholining barcha tabaqalariga suyandi. «Temur tuzuklari»da aytilishicha, davlat asosini 12 ijtimoiy toifa tashkil qiladi:
1) sayyidlar (payg'ambar avlodlari), ulamo, mashoyix, fozil kishilar; 2) ishbilarmon, donishmand kishilar; 3) xudojo'y, darvesh, qalandarlar; 4) no'yonlar- amirlar, ya'ni harbiy kishilar, mingboshilar; 5) sipoh va raiyat; 6) maxsus ishonchli kishilar; 7) vazirlar va sarkotiblar; 8) hakimlar va tabiblar, muna]imlar va muhandislar; 9) tafsir va hadis olimlari; 10) ahli hunar va san'atchilar, hunarmand, kosiblar; 11) so'fiylar; 12) tojir (savdogar) va sayyohlar xorij bilan savdo-sotiq. Uning taqdirini 3 narsa: podshoh, xazina va askar hal qiladi. Qo'shin, asosan, o'n, yuz, ming va tumanga bo'lingan, o'n kishilik harbiy bo'linma tepasida turgan bosWiq- o'nboshi, shuningdek... yuzboshi, mingboshi, tuman boshlig'i, no'yon deb atalgan. Asarda ularning haqhuquqlari, oylik maoshi ham aniq ko'rsati1gan. Masalan, oddiy sipoh mingan otining bahosi baravarida, bahodirlar 2-14 ot baravarida va h.k. maosh olishgan.
«Temur tuzuklari»da qilich chopishda o'zini ko'rsatgan bahodirlar 1-marta o'nboshi, 2-marta o'zini ko'rsatsa - yuzboshi, 3-marta esa mingboshi etib tayinlansinlar, deyilgan. Jang va xizmatda o'zini ko'rsatgan amirlar rag'batlantirilgan. Qaysi bir amir qo'shin bilan mamlakatni olsa, 3 narsa- imtiyoz bilan siylangan. Unga: 1) tug', nog'ora va bahodirlik martabasi;- 2) davlat kengashlariga bemalol kirish huquqi; 3) biron sarhadning noibligi berilgan. Temur tuzgan qo'shin o'zining strategik va taktik mahorati bilan o'sha davrning eng mukammal va kuchli armiyalaridan hisoblangan. «Temur tuzuklari»da o'sha qo'shinning tuzilishi, qurollanishi, harbiy san' ati haqida muhim ma'lumotlar keltirilgan. Qo'shinning harbiy tayyorgarlik darajasi Temuriy shahzodalardan Husayn Boyqaro va Bobur davrida yanada takomillashdi. Boburning buyuk yurishlari bobokalonining taktikasini yaxshi o'zlashtirib, uni davrga moslab rivojlantirganiga yaxshi misoldir .
Amir Temur davlatida asasiy qanun vazifalarini bajargan musulmon huquqi islam ta'limatiga asaslangan. Imam Buxariy, Termiziy, Bahauddin Naqshband, Ahmad Yassaviy, Burhaniddin Marg'inaniylarning asarlarida Qur'an ta'rifi bilan birga musulmon huquqi sharhi berilgan. Shariat - keng va mukamma ishlangan huquq qomusi, unda turmushning turli-tuman sahalari: diniy- oilaviy, xalqaro, fuqarolik, jinoiy, axloqiy normalar ifodalangan.
Shariatda huquq ilmi yaxshi ishlangan bo'lib, u asasan: I) diniy qoidalarni, mohiyatni o'rganuvchi va 2) tarkibiy huquq ilmining turli sohalariga tegishli bo'lgan qoidalarni o'rganuvchi ikki qismdan iborat. Unda davlat va huquqning paydo bo'lishi va mohiyati i1ohiy kuchga bog'langan holda o'rgani1adi. Davlat va qonunlarni yaratuvchi Alloh bo'lsa, uning yerdagi vakili davlat boshlig'i - shohdir. Bu qoidaga, asosan, avval ilohiy qonunlarning mavjudligi va undan kelib chiqadigan, inson tomonidan qabu qi1ingan qonunlar to'g'risidagi g'oyalar o'rganiladi.
Amir Temur shaharlarda ilm-fan, madaniyatni rivojlantirish uchun ko'plab ilmiy muassasalar qurishga amr qilgan. Madrasalarda diniy fanlar bilan baravar matematika, me'morchilik, astronomiya, adabiyot, tarix, musiqa kabi fanlarning o'qitilishiga alohida e'tibor berilgan. «Temur tuzuklari»da aytilishicha, musulmonlarga diniy madrasalarda ta'lim berish, shariat aqidalari va islom dini ilmlari: tafsir, hadis, fiqhdan dars berish uchun sohibqiron tomonidan har bir shaharga olimlar va mudarrislar tayin qilingan. Talabalarga o'z davrining yirik allomalari dars berganlar. Madrasa mudarrislariga ko'p maosh to'langan, ular farovon hayot kechirganlar. «Temur tuzuklari»da «Sayyidlar, ulamoyu mashoyix, oqilu donolar, tarixchilarni e'tiborli kishilar hisoblab, hurmatlarini joyiga qo'ydim. Ular bilan qimmatli fikrlashdim»,- deb yozadi.
Garchi Turon zaminida olim1ar, muhandis1ar, usta1ar yetar1i bo'lsa-da, Amir Temur Hindiston, Iroq va Erondan ham olim-u fuzalolarni Samarqandga olib ke1gan. Amir Temur qaysi mam1akatni ega11asa, uning noyob o'ljasi shu o'lkaning rassom1ari, mohir usta1ari hisob1angan. U o'sha yer1ik olimu u1amolarga mehribonlik ko'rsatgan. Albatta, bu tadbir1ar juda yaxshi natija1arga olib ke1gan. Xilda Xukxemning e'tirof etishicha, «Temur dunyoga ke1gan yurtda fa1safa, tibbiyot, matematika, astronomiya, geografiya, tarix, adabiyot soha1arida 01amshumu1 asar1ar yarati1di. Bu asar1ar keyincha1ik Yevropa Uyg'onish davriga turtki bo'ldi va Yevropa ,fanining uzoq asr1ar davomidagi taraqqiyotiga asos bo'1ib xizmat qildi. O'n beshinchi asrni Temuriy1ar Renessansi davri deb atash mumkin». Temur davridagi ilm-fanga g'amxo'r1ik U1ug'bek davriga ke1ib o'z mevasini berdi va Samarqandni dunyoga mashhur qildi. O'n yettinchi asrga ke1ib Angliya qirolligining birinchi astronomi U1ug'bekning «Zijijadidi Ko'ragoniy» asaridan foyda1angan.
Temuriy1ar davri ma'naviyatining buyuk namoyandasi, shubhasiz, Alisher Navoiydir. Navoiy maktabi noyob hodisa bo'1ib, hozirgacha dunyoni 101 q01dirib ke1moqda. Albatta, buyuk inson1ar komillik cho'qqisiga oson1ikcha erishgan1ari yo'q. U1ar tur1i qiyin bosqich1ardan o'tgan1ar. O'tmishda ma'naviy kamolotga inti1gan shogirdlar (muridlar) o'zlarini tamomila ustoz (murshid) ixtiyoriga topshirganlar. Shogird faqatgina ixlos va sadoqat ila komil ustoz tarbiyasida yetuklikka erishishi, ilm cho'qqilarini zabt etishi, qabih1ik va razolatga yetaklovchi shayton vasvasalaridan saqlanishi mumkinligi haqida «Turkiston mulkining shayxul mashoyixi» (Alisher Navoiy) bo'lgan Ahmad Yassaviy quyidagi hikmatni bejiz ijod qilmagan: Piri mug'on xizmatida yugurib yurdim,
Xizmat qilib, ko 'zim yummay hozir turdim.
Madad qildi, Azozilni kovlab surdim,
Andin so'ngra qanot qoqib uchdim mano.
Talaba1ikning dastlabki davrida ustoz talabada mavjud g'ururni sindirishga harakat qi1gan. Shogirddagi mag'rur1ik illatini bartaraf etmoq maqsadida ustoz eng past, kishilar xazar qiladigan ishlarni bajarishni ham shogirdlariga buyurgan. Jumladan, ulug' mutafakkir Jaloliddin Rumiy ustoz1ari ila masjid va madrasa hojatxonalarini poklashgan. Abu Rayhon Beruniy kutubxonadagi kitoblardan foydalanmoq uchun masjid hovlisini har kuni supurib-sidirgan. So'fi Olloyor tavbasining ijobati uchun kishilarning tahoratiga xizmat qilgan. Bu xil a11omalar ustoz1ar tomonidan buyurilgan ishni bajarmas1iklari mumkin emas edi. Aynan shu xil riyozatlar cheki1gani tufayli g'ururi singan, xudbinlik urug'i qurigan va oqibatda nafsiy illatlardan forig' bo'lib, komillikka inti1uvchi inson qolgan. Yuzaki qaraganda, murshid shogirdiga jabr qilgandek tuyuladi. Lekin bu «jabr» muridni tarbiyalash va chiniqtirish uchun juda zarur ekan. Shu sabab «Ota mehridan -ustoz jabri afzal» , degan purma'no maqol yarati1gan. Bunga monand Amir Temur: «Piri
komil shayx Bahouddin N aqshbandiyning: «Kam yegin, kam ux1a, kam gapir» , degan pand- u nasihatlariga amal qildim. Arkoni davlatga, barcha mu1ozim1arga ham aytar so'zim shu bo'ldi: «kam yenglar -ocharchi1ik ko'rmaysiz1ar, boy-badavlat yashaysiz1ar , kam uxlanglar -mukammallikka erishasiz1ar, kam gapiringlar dono bo'lasizlar.
Amir Temur XIV asrda buyuk Temuriylar davlatiga asos soldi. 1,5 mln. kv. km. hududda- O'rta Osiyo, Qozog'iston, Shimoliy Kaspiy, Shimolda Ural, G'arbda Sibir, Kustanay soyliklari, Sharqda Markaziy Qozog'iston va Tyanshan janubiy etaklari, Pomir tog'liklari, Kopetdog' oldi hududlarida o'z imperiyasini tuzdi. 27 ta
podshohlikni egalladi.
Amir Temur Xitoy chegaralaridan boshlab to Sharqiy Rum va Misr yerlarigacha bo'lgan hududlarni islom bayrog'i ostida yagona davlatga birlashtirdi. Sohibqiron tomonidan barpo eti1gan markazlashgan mustahkam davlat qariyb 1,5 asr o'z kuchini ko'rsatdi. Bu esa uning adolat va shariat asosida quri1gani, ustozlari, pirlari Tayobodiy, Sayyid Mir Kulol, Sayyid Barakalar o'gitlariga amal qilgani bilan izohlanadi.


Yüklə 53,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin