Moviy osmon uzra hilpilla, bayrog‘im!



Yüklə 105,35 Kb.
səhifə3/5
tarix11.12.2022
ölçüsü105,35 Kb.
#73843
1   2   3   4   5
3- b bayroq tadbir www.sadikov.uz

O‘quvchi:
Sendagi o‘n ikki yulduzda –
Xalqdagi quyoshli solnoma.
Beruniy avlodi millatning,
Kimligin bilmoqqa yodnoma.
O‘quvchi:
Yellar-la hilpilla, bayrog‘im,
Viqor-la silkilla, bayrog‘im!
Qulama, yiqilma, egilma,
Olamga qut ula, bayrog‘im!
SAHNAVIY KO‘RINISH
O‘qituvchi: - Qani, aziz bolajonlar, bugungi bayram munosabati bilan O‘zbekiston bayrog‘i tasvirini rangli qog‘ozlar bilan tayyorlangchi.
(O‘quvchilar rangli qog‘ozlarni tayyorlab, ularni ko‘chma doskaga yopishtirishadi. Har bir rangni ilayotganda tilak bildirishadi.)
O‘qituvchi: Har bir rangni ilayotganlaringizda tilak bildirishingizni taklif qilaman.
Moviy rang Olamda tinchlik bo‘lsin!
Qizil rang: Osmonda quyosh kulsin!
Oq rang: Yuksak zafarlar quchsin!
Yashil rang: Buyuk yurt yashnab tursin!
Oymomo:
O‘y sursalar o‘ylariga sirdoshman,
Yo‘l yursalar, yonlarida yo‘ldoshman.
Tinch tunlarni tinch kunlarga ulayman,
Vatan nomin olam aro so‘ylayman.


(Bir o‘quvchi yig‘lab turadi)
O‘qituvchi: - Ha, bolajonim, shunday yaxshi kunlarda sen nega yig‘layapsan?
O‘quvchi: - Bayrog‘imiz uchun tayyorlagan yulduzchalar yo‘qolib qolibdi.
O‘qituvchi: - Mayli, sen xafa bo‘lma, bizning “Mitti yulduzchalar” nomli do‘stlarimiz bor, hozir ularni chaqiramiz, senga yordam berishadi.
(12 nafar o‘quvchilar “Tantana” guruhi ijrosidagi “Yulduzchalar” qo‘shig‘i ijro etishadi. Ishtirokchilar yasalgan bayoqqa bittadan yulduzcha yopishtirishadi.)
Raqs (Yulduzchalar)
O‘quvchi: Davlatimiz bayrog‘i – o‘tmish, bugun va kelajagimizning yorqin timsoli
O‘quvchi: Qonunda belgilanganidek, O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari, shuningdek, O‘zbekistonda yashaydigan boshqa shaxslar bayrog‘imizni hurmat qilishlari shart.
O‘quvchi: Zero, unda ruhiyatimiz, g‘ururimiz va iftixorimiz, Vatanimiz va xalqimizga bo‘lgan cheksiz mehr-muhabbatimiz, kelajakka ishonchimiz mujassamdir.
O‘quvchi: Shu o‘rinda sizlarga yana bir ma’lumotni aytib o‘tsak. 2018-yilda poytaxtimizning “Xalqlar do‘stligi” saroyi oldida 65 metr balandlikdagi O‘zbekiston milliy bayrog‘i o‘rnatildi.

Yüklə 105,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin