Qo‘ng‘izlar cho‘ziq va yassi, kattaligi 1 sm, to‘q sarg‘ish ko‘ri- nishda. Boshi kichkina, oyoqlari kalta, panjalari besh bo‘g‘imli.
Qo‘ng‘izlar tuproq betida, xashaklar ostida, yoriqlarda, o‘simlik bo‘g‘izlarida yashirinib yotib, vaqt-vaqti bilan ko‘katlarga ko‘tariladi. Ko‘p turlarining qo‘ng‘izlari qishlaydi. Tuxumlarini sero‘tloq yerlarga va o‘t o‘simliklar bo‘g‘ziga qo‘yadi. Tuxumlarini tuproq chuqurligiga (15 sm. qadar) joylashtiradi. Urg‘ochisi 130—150 ta tuxum qo‘yadi. Tuxum qo‘yish 2—3 hafta davom etadi. Tuxumlar 2—3 haftada rivojlanib bo‘ladi. Yangi qo‘yilgan tuxum rangsiz, oval ko‘rinishida, kattaligi 0,5 mm.
Lichinka juda qattiq po‘stli, uzun va yumaloq formali, sariq rangli va serharakat bo‘ladi. Boshi kichkina, ust sathi yassi, jag‘lari oldingi tomon yo‘nalgan. Lichinka sekin rivojlanadi (2— 4 yil). Birinchi yoshda chirindi bilan ovqatlanadi, katta yoshdagilari esa ildiz va ildizmevalarni kemiradi.

Simqurtlar ekilgan va una boshlagan urug‘lar, shu jumladan, chigit, yosh ildiz va ildizmevalarni shikastlab, zarar keltiradi.
Sitona Germ. avlodiga mansub 4—5 turlar muhim zararkunandalar qatoriga kiradi. Bular tugunak filchalari ham deb ataladi. Bular orasida sitona silindrkollis (Sctonia), sitona xumiralis (S. Humiralis Steph.), sitona krinitus (S.crinitus Hehbst), sitona kallosus S.callosus. va beda ildiz filchasi S.langulus Gyll. o‘ta zararkunanda hisoblanadi.