«Mozaika» (terma ish)



Yüklə 5,95 Kb.
tarix27.12.2023
ölçüsü5,95 Kb.
#199876
Mozaika-terma-ish-metodi


«Mozaika» (terma ish)


Ta’rifi
Bu ish to`rt bosqichda amalga oshiriladi (har bosqichning davomiyligi 10 daqiqagacha). Ishtirokchilar oldindan tayyorlab qo`yilgan va har bir stolga qo`yilgan harfli indekslar (A, V, S) bilan belgilangan kartochkalar bo`yicha uchliklarga bo`linadilar.



  1. O`qituvchi uchliklarga topshiriq beradi: masalan, biron mavzu bo`yicha tezislar tuzish, o`rganilayotgan hodisa yoki voqeaning o`ziga xos xususiyatlarini aniqlash, o`rganilayotgan mavzu bo`yicha boshqa guruh o`quvchilari uchun savollar tayyorlashni taklif qiladi. Natijada uchlikning har bir o`quvchisida kichik guruhda kelishilgan qaror yozilgan varaq hosil bo`ladi.

  2. Ikkinchi bosqichda ishtirokchilar boshlang`ich guruhlarini tark etib, harfli indekslarni birlashtirish (A-A; V-V va sh.o`.) asosida muvaqqat juftliklarni hosil qiladilar. Juftliklarda ishtirokchilar boshqa takliflar bilan tanishadilar, o`z yechimlari konspektini to`ldiradilar va aniqlashtiradilar, zarur bo`lsa – ikki turli guruhlarning yondashuvlarini o`zida mujassamlashtiradigan yangi konspektni tuzadilar.

  3. Navbatdagi bosqich shakli bo`yicha avvalgi bosqichni deyarli takrorlaydi: barcha ish “harflar birligi” asosidagi juftliklarda, biroq yangi sheriklar bilan olib boriladi. SHu tariqa, uchinchi bosqich yakuniga kelib har bir ishtirokchi muammoni hal qilishning ko`p variantli konspektiga ega bo`ladi.

  4. YAkunlovchi bosqichda ishtirorkchilar dastlabki uchliklarga qaytadilar, va boshqa guruhlarning fikrini bila turib, eng to`liq qarorni qabul qilish, o`z nuqtai nazariga “sayqal berish” imkoniga ega bo`ladilar.

Foydalanish doiralari
Tabiiy va aniq fanlarni o`qitishda.


Afzalliklari
Ushbu uslubiyat o`qituvchiga yechilayotgan masalalarning variativligini, ya’ni bir necha yo`llar orqali yechish mumkinligini namoyish etishga imkon beradi. Ayni paytda, o`quvchilar diqqatini bu jarayonda “to`g`ri” va “noto`g`ri” yechimlar bo`lishi mumkin emasligiga qaratish lozim. Taklif etilgan har bir variantda oqilona fikr mujassamlashgan, faqat uni “o`stirish”, ya’ni rivojlantirish lozim.


Qiyinchiliklari
Katta vaqt ajratilishini talab qiladi, shuning uchun o`qituvchiga ushbu mashqni darsga moslashtirish yoki belgilangan vaqtga qat’iy rioya qilish lozim.
Yüklə 5,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin