Ms dos operatsion tizimi va uning asosiy buyruqlari. Ms dos oper
DOSning ayrim buyruqlari MS DOSning buyruqlari qamondalari ichki va tashqi qomandalarga bo`linadi. Ichki qomandalar command.com faylida mujassamlashgan bo’lsa, tashqi buyruqlar alohida-alohida fayl ko’rinishida bo’lib odatda DOS yoki WINDOWS katalogining COMMAND ichki katalogida joylashgan bo’ladi. Shu qomandalarni bir nechasini ko’rib o`tamiz.
DOSning ichki buyruqlari.
BREAK
-kompyuter ishini to’xtatish
CD
-joriy diskni o’zgartirish yoki ko’rsatish
CLS
-ekranni tozalash
COPY
-fayllardan nusxa olish
CTTY
-msdos buyruqlari uchun kiritish chiqarish qurilmalarini o’zgartirish
DATE
-joriy kuni aniqlash yoki o’zgartirish
DEL
-fayllarni o`chirish
DIR
-joriy katalogdagi fayllar ro’yxatini ekranga chiqarish
ECNO
-buyruq faylidan axborot berish
EXIT
-command.com ishini tugallash
FOR
-takrorlash buyrugi
MD
-yangi katalog tuzish
REN
-fayl nomini o’zgartirish
RD
-katalogni o`chirish
SET
-o`zgaruvchini belgilash
TIME
-joriy vaqtni ko’rish yoki o’zgartirish
TYPE
-faylni ekranga chiqarish
VER
-msdos versiyasini ko’rsatish
VERIFY
-diskka yozish jarayonini tekshirish holatini o’rnatish yoki voz kechish
VOL
-formatlash jarayonida diskka qo`yilgan belgini ko’rish
DOSning tashqi buyruqlari.
Attrib
-fayl holatini ko’rsatish yoki o’zgartirish
Basko’p
-fayllarning arxiv nusxalarini yaratish
Command
-MS DOS protsessorini ishga tushirish
diskcomp
-disklarni solishtirish
FORMAT
-disklarni formatlash
GRAPHICS
-ekrandagi tasvir nusxasini bosmaga tayorlash
HELP
-DOS buyruqlari haqida ma‘lumot olish
MIRROR
-fayllarni o`chirishni nazorat qilish
SYS
-tizim fayllarini ishga tushirish
UNDELETE
-o`chirilgan fayllarni tiklash
UNFORMAT
-formatlangan diskni qayta tiklash
Yuqorida yozilgan komandalardan foydalanishga bir necha misollar keltiramiz.
Matnli faylni tashkil etish uchun copy con komandasi kiritiladi va fayl satrlari klaviaturadan kiritiladi.
Har bir satr [Enter] bilan tugatiladi. Oxirgi satr esa yozilgandan keyin, [F6], [Enter] bilan matn xotiraga olinadi va matn terish tugatiladi. Natijada ekranda quyidagi javob chiqadi:
1 file (S) copied (1 ta fayl nusxasi ko`chirildi) va diskda faylning nomi hosil bo’ladi. Masalan: copy con uqish.txt -joriy katalogda o`qish.txt fayli hosil bo’ladi.
Faylni doimiy xotiradan uchirish uchun del (delete-uchirish) komandasi quyidagi formatda beriladi. del [Disk:][Yo’l\][Faylning nomi] faylning nomida “*”, “?” belgilardan foydalanish mumkin.
Masalan agar katalogning barcha fayllarini o`chirmoqchi bo’lsangiz, del*.* komandasi kiritiladi. Kompyuter bunga quyidagicha javob beradi:
Are you sure (Y/N)? (Ishonchingiz komilmi?) Fayllarni o`chirish uchun, “Y” kiritiladi, aks holda “N” kiritiladi. “del 12.txt” komandasini kiritsak, joriy katalogdagi 12.txt fayli o`chiriladi.
Faylni qayta nomlash komandasi ren (“rename”-qayta nomlash). U quyidagicha yoziladi: