Ms dos operatsion tizimi va uning asosiy buyruqlari. Ms dos operatsion tizimida fayllar, kataloglar va disklar bilan ishlash. Reja



Yüklə 29,18 Kb.
səhifə2/5
tarix26.06.2023
ölçüsü29,18 Kb.
#135361
1   2   3   4   5
Ms dos operatsion tizimi va uning asosiy buyruqlari. Ms dos oper

сommand.com
autoexec.bat
ma’ruza.txt
hisobot1.doc
Faylga nom berishda faqat lotin harflaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Fayl nomida kengaytgich bo’lishi shart emas. Lekin kengaytgich qoidaga ko’ra, faylning qaysi turda ekanligini aks ettiradi va shu bilan foydalanuvchiga qulaylik yaratadi.
Masalan:
.com va .exe ishlatishga tayyor buyruqli va bajariladigan faylar;
.bat - foydalanuvchi yaratgan buyruq fayllar;
.bak - faylning o`zgarishdan avvalgi nusxasi;
.txt - matnli fayl;
.doc – matnli, hujjatli fayl;
.bas - Beysik tilida tuzilgan dastur fayli;
.jpeg va bmp, gif grafik va tasvirli fayllar;
.pas - Paskal tilidagi dasturli fayl.


Kataloglar
Fayl nomlari magnit disketalarda katalog yoki direqtoriy, papkalarda qayd qilinadi.
Katalog-bu fayl nomlari, ularning hajmi, yozilishi vaqti haqidagi ma‘lumotlarni saqlovchi disketadagi maxsus joy. Agar katalogda faylning nomi bo’lsa, u holda fayl shu katalogda joylashgan bo’ladi.
Har bir magnitli disketada kataloglar soni bir nechta bo’lishi mumkin. Har bir katalog o`zining nomiga ega.
Misol uchun, quyidagi taqqoslashni keltirish mumkin. Kitob-bu disketa, kitobdagi boblar-bu kataloglar, har bir bobdagi, paragraflar-bu fayllardir.
Kataloglarga fayllar kabi nom beriladi. Odatda, katalog nomida kengaytgich bo`lmaydi. Bir katalog boshqa bir katalogda qayd qilinishi mumkin. Agar X katalog Y katalogida qayd qilingan bo’lsa, u holda X - ichki katalog (podkatalog) deyiladi, Y esa - tashki katalog hisoblanadi .
Har bir magnitli disketada bosh yoki tub katalog bo’ladi, unda fayllar va 1- bosqichdagi ichki kataloglar qayd etiladi. 1-bosqichdagi ichki kataloglarda fayllar va 2-bosqich kataloglari qayd etiladi va hokazo. Natijada magnitli disketada kataloglar va fayllarning daraxtsimon tuzilishi hosil bo’ladi.
Foydalanuvchi shu daqiqada ishlab turgan disk joriy disk deyiladi. Masalan, foydalanuvchi vinchester bilan ishlab turgan bo’lsa, qattiq magnitli disk C: joriy hisoblanadi.
Foydalanuvchi kichik egiluvchan magnitli disketa bilan ishlab turgan bo’lsa, shu kichik magnitli disketa A: yoki B: joriy disketa hisoblanadi. MS DOS operatsion tizimi foydalanuvchi so`rayotgan fayllarni joriy disketadan qidiradi.
Joriy diskni o’zgartirish uchun MS DOS ning maxsus komandalaridan foydalaniladi.
Foydalanuvchi ishlayotgan laxzadagi katalog joriy katalog deb ataladi. Agar MS DOS komandasida faylning nomi ko’rsatilsa , u holda bu fayl joriy katalogdan qidiriladi yoki joriy katalogda tashkil etiladi.
Agarda foydalanuvchiga zarur bo’lgan fayl joriy katalogda bo`lmasa, u holda kerakli faylning qaysi katalogda joylashganini ko’rsatish lozim. Buning uchun faylgacha bo’lgan yo`l ko’rsatiladi.
Faylgacha bo’lgan yo`l “\” belgi bilan ajratilgan kataloglar yoki “..” belgilar ketma-ketligidir. Bu yo`l tub yoki joriy katalogdan kerakli fayl joylashgan kataloggacha bo’lgan marshrutni ko’rsatadi.
Shaxsiy kompyuterlar turli magnitli disketalar ishlaydigan maxsus qurilmalarga ega. Egiluvchan disketalar bilan ishlashni ta‘minlaydigan qurilmalar А:, В: va hokazo bilan nomlanadi.
Masalan, shaxsiy kompyuterda ikkita egiluvchan magnitli disketa ishlatilishi mumkin. Bu disketalar mos ravishda A: va V: orqali belgilanadi.
Egiluvchan magnitli disketalardan tashqari qattiq magnitli disketa (vinchester) ishlatilishi mumkin. Vinchester S: orqali belgilanadi.
Qulaylik uchun odatda S: disketa qismlarga bo`linadi. Ular D:,E:,F: va hokazolar bilan nomlanadi.
Faylning to’liq nomi quyidagi ko’rinishga ega:

Yüklə 29,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin