kataloglarni nomlashda kengaytmalardan foydalanilmaydi.
Qayd etish lozimki, nusxa olish bilan katalogda avvaldan mavjud bo‘lgan fayl kabi nomlangan faylning xosil qilinishi natijasida mazkur katalogdagi avvalgi fayl buziladi.
A: diskdagi abror faylidan V: diska nusxa olish buyrug‘i namunasini ko‘rsatamiz: copy a:abror b:
Mazkur copy buyrugi bir-biridan bo‘sh joy bilan ajralib turgan ikki parametrga ega bo‘lib, ularning birinchisi nusxa olinayotgan fayl tutgan o‘rni
va nomini bildirsa, ikkinchisi esa, xosil qilinayotgan fayl o‘rni xamda nomini bildiradi. Agarda keltirilgan namunadagi kabi xosil qilinayotgan fayl nomi ko‘rsatilmasa, bu uning nomi nusxa olinayotgan fayl nomi kabi bo‘lishi kerak ekanligini bildiradi.
Namunadagi buyruq quyidagi ko‘rinishda xam kiritilishi mumkin edi: copy a:abror b:abror
Buyruq bajarilgach, MS-DOS nechta fayldan nusxa olinganligi xakida xabar beradi: 1 File(s) copyed (1 fayldan nusxa olindi)
Agarda nusxa olinayotgan fayl nomi noto‘g‘ri ko‘rsatilsa, quyidagi xabar chiqariladi: File Not Found (Fayl topilmadi)
Fayllar to‘plamidan nusxa olish uchun niqob belgilaridan foydalanish kerak bo‘ladi. Masalan, joriy disk yoki katalogdagi kengaytmasi .txt bo‘lgan barcha fayllardan a: diskga nusxa olish uchun buyruq ko‘rinishi quyidagicha bo‘ladi: copy
*.txt a:
Faraz qilaylik a: joriy diskda .txt kengaytmali fayllar quyidagicha bo‘lsin: lada.txt
sony.txt toto.txt
Bu vaziyatda MS-DOS nusxa olingan fayllar nomi va soni xaqida axborot beradi: A: lada.txt A: sony.txt A: toto.txt
File(s) copied (3 fayldan nusxa olindi)
Nomlarini o‘zgartirib nusxa olish bilan xosil qilinayotgan fayllarni nusxa olinayotgan katalogning o‘ziga xam joylashtirish mumkin. Ammo aynan bir katalogga fayllar nomlari o‘zgartirilmay nusxa olish buyrug‘i berilsa, ekranga quyidagi xabar chiqariladi: