Msdos operatsion tizimlarida operativ xotirani taqsimlash. Xotirani taqsimlash usullari (statik, dinamik). Kiritish-chiqarish tizimli jadvallar va ularning bog‘lanishi. Hpfs



Yüklə 93,78 Kb.
səhifə2/3
tarix24.12.2022
ölçüsü93,78 Kb.
#77780
1   2   3
Xoliqov Sardor 8-mustaqil ishi

Disklarni format qilish


Disketlarni birinchi marotaba ishlatishdan oldin u bilan DOS sistemasi uchun muloqatga imkoniyat yaratilishi lozim. Buning uchun DOS ning FORMAT buyrug‘i yordamida disketni formatlash (initsializatsiya qilish) kerak, ya’ni buyruqlar quyidagicha beriladi.
C:\FORMAT A:
Mabodo disketaga qandaydir ma’lumotlar yozilgan bo‘lsa, u FORMAT buyrug‘i burilishi Kataloglar ustida amallar
Katalog tushunchasi
Katalog (direktoriya) diskdagi fayllar xaqidagi axborotlar (fayl nomi, kengaytmasi, uzunligi, so‘nggi taxrir vaqti, xolati va x.k.) yoziladigan maxsus joydir. Diskda bir necha katalog mavjud bo‘lishi va xatto biror katalogning ichida boshqa bir katalog yoki kataloglar joylashishi mumkin.
A:\ (o‘zak katalog);

kataloglarni nomlashda kengaytmalardan foydalanilmaydi.


Foydalanuvchi ish olib borayotgan katalog ishchi yoki joriy katalog deb nomlanadi. Maxsus buyruq bo‘lmasa, MS-DOS joriy katalog fayllari bilangina ish olib boradi. Buyruqlar satridan katalog nomini kiritish bilan joriy katalogni o‘zgartirish mumkin. Kataloglar bilan ishlash
Odatda foydalanuvchi tomondan ishlayotgan diskni ishchi yoki joriy disk deb yuritiladi. Disklardagi o‘zga katologlar bilan ishlash uchun quyidagi ikki amaldan birini tanlash kerak:

  • o‘zga katalog bilan ishlash uchun uning to‘lik nomini ko‘rsatish:

  • CD buyrug‘i yordamida kerakli katologga o‘tish va ana shu katologni joriy qilish. Katologni dialog tizimi yordamida klaviaturadan quyidagicha xosil qilish mumkin:

K: A:\>
(DOSni yuklangan xolatida turipti.) f: md abror
(bu yerda md buyrugi yordamida abror nomli katolog xosil qildik.) f: cd abror f: copy con muhammad
(klaviaturadan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muhammad nomli fayli xosil qilinadi) k: A:\ABROR>
(abror katalogi xosil bo‘lganligi va uni ichiga kirib ishlash mumkinligi ko‘rinadi) F: "Kompyuterni seving va urganing"
{ctrl+z } (tugmachalari bosiladi)
K: Tekstdan keyin A-belgi bilan fayl yopilganligi ko‘rsatiladi.
Kataloglar bilan ishlash jarayonida disk yoki katalog joriy ekanligini ko‘rsatish PROMPT buyrug‘i orqali bajariladi.
Kataloglarda fayllar ro‘yxati
Kataloglar tarkibidagi fayllar ro‘yxati DIR buyrug‘i yordamida ekranda ko‘riladi. Ko‘rib chiqishlarni ustun, saxifama-saxifa xolatda bajarish mumkin. Misol:
dir /w
(ekranga fayllar ro‘yxati ustun ko‘rinishida chiqadi). dir /p (ekranga fayllar ro‘yxati saxifama-saxifa chiqadi).
Ekranga chiqarilayotgan ro‘yxat turli yo‘llar bilan saralanishi mumkin. Buning uchun buyruq so‘ngida /o kalitini va quyidagi xarflardan birini yozish kerak:
(n) - nomlariga ko‘ra saralash;
(e) - kengaytmalariga ko‘ra saralash;
(d) - yaratilish sanalarga ko‘ra saralash;
(s) - o‘lchamlariga ko‘ra saralash; Agarda ikkinchi xarfdan avval (-)chiziqcha belgisi yozilsa, saralash o‘sish tarzida emas, kamayish tartibida olib boriladi. Masalan: dir a:\abror /on dir a:\abror /o-n
Diskdagi kataloglar shoxobchasini ko‘rish tree buyrug‘i yordamida bajariladi. Misol: Tree a
Kataloglarni o‘chirish
Katalogni o‘chirish uchun rd buyrug‘idan foydalaniladi. Misol: del a:\ABROR\BRR1
buyruq bajarilgandan so‘ng katalogdagi BRR1 fayli uchadi. Misol: rd ABROR (katalog ABROR va uning tarkibidagi qism kataloglar xam o‘chadi) Kataloglardan nusxa olish
Kataloglardan nusxa olish xcopy buyrug‘i orqali amalga oshiriladi. Misol: xcopy a:\ABROR\BRR1 c:\
Katalogdagi barcha fayllardan nusxa olish uchun quyidagi kalitlardan foydalanish kerak: /s - bo‘sh bo‘lmagan barcha qism kataloglardagi fayllardan nusxa olish;
/s /e - bo‘sh kataloglardan xam nusxa olish.

Katalogni qayta nomlash


Katalogni qayta nomlash uchun rename buyrug‘idan foydalaniladi. Misol: rename a:\ABROR MUHAMMAD
bu buyruqdan so‘ng ABROR katalog nomi MUHAMMAD nomga almashadi. FAYLLAR USTIDA AMALLAR Fayllardan nusxa olish
Fayllardan nusxa olish quyidagi amallardan foydalanish imkonini beradi:
- biror disk yoki katalogdagi faylning nusxasini biror disk yoki katalogda xosil

qilish;


  • niqob belgilaridan foydalanib, fayllar to‘plamidan nusxa olish;

  • fayl nomini o‘zgartirib nusxa olish;

  • ikki yoki bir necha fayllarni yagona faylga birlashtirish.

Qayd etish lozimki, nusxa olish bilan katalogda avvaldan mavjud bo‘lgan fayl kabi nomlangan faylning xosil qilinishi natijasida mazkur katalogdagi avvalgi fayl buziladi.
A: diskdagi abror faylidan V: diska nusxa olish buyrug‘i namunasini ko‘rsatamiz: copy a:abror b:
Mazkur copy buyrugi bir-biridan bo‘sh joy bilan ajralib turgan ikki parametrga ega bo‘lib, ularning birinchisi nusxa olinayotgan fayl tutgan o‘rni va nomini bildirsa, ikkinchisi esa, xosil qilinayotgan fayl o‘rni xamda nomini bildiradi. Agarda keltirilgan namunadagi kabi xosil qilinayotgan fayl nomi ko‘rsatilmasa, bu uning nomi nusxa olinayotgan fayl nomi kabi bo‘lishi kerak ekanligini bildiradi.
Namunadagi buyruq quyidagi ko‘rinishda xam kiritilishi mumkin edi: copy a:abror b:abror
Buyruq bajarilgach, MS-DOS nechta fayldan nusxa olinganligi xakida xabar beradi: 1 File(s) copyed (1 fayldan nusxa olindi)
Agarda nusxa olinayotgan fayl nomi noto‘g‘ri ko‘rsatilsa, quyidagi xabar chiqariladi: File Not Found (Fayl topilmadi)
Fayllar to‘plamidan nusxa olish uchun niqob belgilaridan foydalanish kerak bo‘ladi. Masalan, joriy disk yoki katalogdagi kengaytmasi .txt bo‘lgan barcha fayllardan a: diskga nusxa olish uchun buyruq ko‘rinishi quyidagicha bo‘ladi: copy
*.txt a:
Faraz qilaylik a: joriy diskda .txt kengaytmali fayllar quyidagicha bo‘lsin: lada.txt
sony.txt toto.txt
Bu vaziyatda MS-DOS nusxa olingan fayllar nomi va soni xaqida axborot beradi: A: lada.txt A: sony.txt A: toto.txt

    • File(s) copied (3 fayldan nusxa olindi)

Nusxa olinayotgan fayllar uchun diskda yetarlicha joy bo‘lmasa, MS-DOS kuchirilayotgan fayllar uchun joy yetarli emasligi va nechta fayldan nusxa olingani xaqida xabar beradi.
Nusxa olish chog‘ida xosil qilinayotgan fayl nomini o‘zgartirish xam mumkin. Misol, a: diskdagi lada.txt faylidan b: diskka niva.txt nomi bilan nusxa olmoqchi bo‘lsak, nusxa olish buyrug‘i quyidagicha Yozilishi kerak:
copy a:lada.txt b:niva.txt
Bir necha faylning nomini o‘zgartirib nusxa olish uchun niqob belgilaridan foydalanish mumkin:
Masalan, barcha .txt kengaytmali fayllardan a: diskdan b: diskka .bak kengaytma bilan olish uchun
copy a:*.txt b:*.bak buyrug‘idan foydalanamiz.

Nomlarini o‘zgartirib nusxa olish bilan xosil qilinayotgan fayllarni nusxa olinayotgan katalogning o‘ziga xam joylashtirish mumkin. Ammo aynan bir katalogga fayllar nomlari o‘zgartirilmay nusxa olish buyrug‘i berilsa, ekranga quyidagi xabar chiqariladi:


File cannot be copied onto ifself 0 File(s) copied (0 fayldan nusxa olindi) Fayl matnini ko‘rish
Matn faylini monitor ekranida ko‘rib chiqish mumkin. Buning uchun type buyrug‘idan foydalaniladi:
type a:brr1.txt
Ko‘pincha matn fayli o‘lchami katta bo‘lgani uchun ekranga sig‘maydi. Bu xolda more buyrug‘i yordamga o‘tadi, yani: type a:brr1.txt | more
Caxifama-saxifa matnni ko‘rishlik more buyrug‘i yordamida amalga oshiriladi. Ixtiyoriy qatorda uni to‘xtatishlik CTRL+S yoki PAUSE tugmachalari orqali amalga oshiriladi.
Faylni qayta nomlash
Fayl nomlarigina o‘zgartirish rename buyrug‘i orqali amalga oshiriladi. ren a:brr1.txt alm.txt
Niqob belgisi yordamida fayl nomlarida o‘zgarish xosil qilish quyidagicha amalga oshiriladi:
ren *.txt *.bak Fayllarni chop etish
Fayllarni bosmaga chikarish print buyrug‘i yordamida amalga oshiriladi: print a:brr.txt
Agarda bir necha fayllar ketma-ket bosmaga chiqarish talab etilsa, u xolda: print a:brr1.txt brr2.txt brr3.txt tarzida buyruq beriladi.

Yüklə 93,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin