Mtmda bolalarni ma’naviy estetik tarbiyalashda musiqaning o’rni


Olti va yetti yoshli bolalar –



Yüklə 147,14 Kb.
səhifə11/28
tarix20.11.2023
ölçüsü147,14 Kb.
#164579
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   28
Mtmda bolalarni ma’naviy estetik tarbiyalashda musiqaning o’rni-fayllar.org

Olti va yetti yoshli bolalar – bu davrda bolalar maktabga tayyorgarlik ko‘ra boshlaydilar. Musiqa mashg‘ulotlarida olingan bilim va taassurotlariga asoslanib bolalar musiqiy asarlarga sharh berishlari, musiqaning ifoda vositalarini aniqlashlari, musiqiy kayfiyat belgilarini ajrata olishlari mumkin.
Bu davrda bolalar rivojlana boradilar va bir necha rivojlanish bosqichlaridan o‘tadilar:
- emotsional rivojlanish – oddiy musiqiy tovushlarga keskin yoki yorqin emotsional reaksiya berish;
- hissiyot, idrok va eshitishning rivojlanishi – musiqiy tovushlarni alohida idrok etishdan, butun, ongli va faol idrok etish, tovushning xususiyatlari, balandligi, tembri, dinamikasi, ritmini idrok etish;
- munosabatlar bildirish jarayoni – beqaror qiziqishlardan barqaror qiziqishlarga, ehtiyojlarga o‘tish, musiqiy didning ilk qirralarining paydo bo‘lishi;
- ijrochilik faoliyati – ko‘rib bajariluvchi faoliyatlar, musiqiy ritmik
hamda kuylash faoliyatida taqlidchanlik.
  • Bolaning musiqiy rivoji bu to‘g‘ri va uzluksiz ravishda yo‘lga qo‘yilgan faol musiqiy jarayondir. Bu rivojlanish quyidagicha kechadi:


  • Hissiy munosabat. Oddiy musiqiy tasavvurdan murakkab va ko‘ptomonlama rivojlangan musiqiy asarlarni tushuna olish;


  • Musiqani eshitish qobiliyati — musiqaning tembri, tovush balandligi, musiqa ifoda vositalari.


  • Ijrochilikning ilk shakllanishi. Bola o‘zining bilim va ko‘nikmalariga tayanib, unga tanish bo‘lgan musiqaga matn yoki raqs elementlarini ijro etish.


Musiqa tarbiya boshqa sohalar kabi o‘ylab chiqilgan tizim va rejalarga asoslanib uzluksiz olib boriladigan jarayondir, ya’ni har bir mashg‘ulotda o‘ylab chiqilgan ma’lum maqsad sari birin-ketin qadamba-qadam erishiladi. Bu jarayonda musiqa rahbari sardor vazifasini o‘taydi va bolalarni o‘zi bilan ergashtirib yuradi. Bu jarayonning yana bir muhim jihatlaridan biri bu – har bir bolaning individual dunyoqarashi va iqtidorini nazarda tutish kerak. Ayrim bolalarga tanbeh berish bilan kifoyalansa, ayrim bolalarga tanbeh salbiy ta’sir ko‘rsatib, ular o‘z faoliyatlarini ko‘rsatmay yanada qisilib qolishadi.


Bolalarning shaxs sifatida tarbiyalash uchun ta’lim jismoniy va ongli tarbiya uyg‘unlikda olib borilishi kerak. Bu maqsadga erishish uchun bolalarda to‘g‘ri tashkillashtirilgan musiqiy mashg‘ulotlar tashkil etiladi. Estetik tarbiya maktabgacha yoshdagi bolalarda go‘zallikni tushunish, uni his qilish, yaxshi va yomonni, badiiy san’at turlarini farqlay olish va ularga ijodkorona yondashishga yo‘naltirilgandir. Estetik tarbiyaning eng ko‘zga ko‘ringan omillaridan biri bu — musiqadir. Bu maqsaddarga erishish uchun maktabgacha yoshdagi bolalarning umumiy musiqiyligini rivojlantirish kerak.
Bolalarning umumiy musiqiyligiga nimalar asos bo‘ladi: musiqa bolaning estetik tarbiya omili sifatida unga go‘zallikni kabul qilish, tushunish qobiliyatlarini rivojlantirish. Bu masalalarni xal etish uchun umumiy musiqiylikni rivojlantirish zarurdir.
Musiqiy omillar 3 tamoyilga bo‘linadi:
1. Musiqaning xarakteri, kayfiyatini his etish, musiqaga emotsional munosabat bildirish (musiqaning ifodaviyligi va tasviriyligi). Bolada musiqani tinglaganda uning xarakteriga mos kayfiyatda bo‘lishiga erishish kerak.
2. Eng yorqin musiqiy obrazli asarni tinglash, taqqoslash va baho berish. Bunda musiqa ifoda vositalari, musiqiy asboblar tembrlari, eshitish madaniyati talab etiladi. Masalan, cholg‘u asboblarning yuqori va past tembrlari (skripka — alt, konstrabas — violonchel va boshqa asboblar).
3. Musiqaga ijodkorlik munosabatini bildirish. Har bir bola biror musiqiy asarni eshitib o‘zicha badiiy tasavvur qiladi va qo‘shiqda, o‘yinlarda, raqs elementlari bilan hissiy munosabat bildirishi mumkin.
Bu bolalarda ijrochilikning ilk namoyishlari, ya’ni ilk urug‘lari bo‘lishi mumkin.
I. Musiqa — bolalarning aqliy faoliyatining faollashtiruvchi omildir.
II. Musiqa — axloqiy olim bo‘lib, ma’naviyatning ajralmas qismini
tarkib toptiradi. Musiqadan an’analarga hurmat, Vatanni sevish va boshqa
tarbiyaviy axloqiy muammolarni tarbiyalaydi.
III. Musiqa — jismoniy tarbiya omili hamdir.
Endi bu omillarnin birma-bir ko‘rib chiqamiz:
I. Musiqa bolaning hissiyotiga va kayfiyatiga ta’sir qiladi. Bu bolalarga asarni tanishtirar ekanmiz ularda musiqani his qilish, u bilan birga kechinmalarni boshdan kechirishga o‘rgatamiz. Qardosh va chet el qo‘shiqlari va raqslarini o‘rgatar ekanmiz bu xalqlarning an’analari, tarbiyasi bilan ham tanishtiramiz. Musiqaning boy janrlari — qaxramonlik obrazi yoki lirik obrazlarni, yumor yoki raqsonna kuyni eshitib tushunishga undaydi. Musiqa bolalarning ichki dunyosini boyitishga xizmat qiladi. Ta’lim va tarbiya masalalari jamoa bo‘lib kuylashda, raqs va o‘yinlarda namoyon bo‘ladi, chunki bolalar bu jarayonlarda jamoa deb his qiladilar. Kuylash faoliyati birgalikni, birdamlikni talab etadi. Jamoa bo‘lib kuylash jarayonida bola o‘zini yolg‘iz his qilmaydi va asta-sekinlik bilan uning individual rivojiga ham ta’sir qiladi. Musiqa mashg‘uloti bolaning umumiy madaniy tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Musiqa mashg‘ulotlari jarayonida turli faoliyatlarni qo‘llash (qo‘shiq kuylash, tinglash, musiqa cholg‘u asboblarida ijro etish, musiqiy ritmik harakatlar) bolalarda diqqatni jamlash, tez reaksiya va irodasini kuchaytiradi: qo‘shiq kuylash jarayonida birga boshlab birga tugatish; raqs va o‘yin jarayonida musiqani tempini sezish talab etiladi.
II. Musiqani idrok etish. Bu bolaning axloqiy va aqliy rivojining uyg‘unligi bilan olib boriladi, ya’ni diqqatini jamlash, musiqaga nisbatan kuzatuvchinlik, uni taqqoslash va farqlay olish talab etiladi. Bola musiqiy asarni tinglagandan so‘ng bola musiqa haqida ilk fikrlarini bildiradi: asarning umumiy xarakterini, qo‘shiqdagi badiiy matnini, musiqa ifoda vositalariga e’tiborini qaratadi. Bu e’tiborni shakllantirish uchun albatta musiqa rahbari ko‘magi kerak.
III. Musiqa insonning nafaqat kayfiyatiga, estetik rivojiga balki umumiy organizmiga ham ta’sir o‘tkazadi. Bola musiqa tinglaganda, kuylaganda, raqs davomida butun organizm faoliyat olib boradi (nafas yo‘llari, mushaklar, qon aylanishi, asab tizimi va boshqa a’zolar). Bu masala bo‘yicha ko‘plab fiziolog olimlarimiz ish olib borishgan va o‘z izlanishlarida juda ko‘plab ma’lumotlarni berishadi. Shulardan biri fiziolog olim P.N.Anaxin ta’kidlashicha: «Kichkina gudak bola major va minor ladida yozilgan asarlarni tinglab ko‘rganida shunga mos kayfiyatini ko‘rsatgan ekan». Bu uning ruhiy psixikasiga ta’sir ko‘rsatadi. Qo‘shiq kuylashda bolalarda ovoz apparati, tovush paylari va hattoki, talafuzi rivojlanadi. Bola to‘g‘ri o‘trib kuylaganida tanasi, ko‘krak qavasi va nafas organlari yaxshi ishlaydi va rivojlanadi. Qo‘shiq aytish va raqslar maktabgacha yoshdagi bolalar musiqiy rivojlanishida asosiy omillardan biri ekan keyingi bobda shu haqida fikr yuritamiz


Yüklə 147,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin