Mtmda bolalarni ma’naviy estetik tarbiyalashda musiqaning o’rni



Yüklə 147,14 Kb.
səhifə13/28
tarix20.11.2023
ölçüsü147,14 Kb.
#164579
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   28
Mtmda bolalarni ma’naviy estetik tarbiyalashda musiqaning o’rni-fayllar.org

Yoshi Diapazoni
2 — 3 yosh mi 1 — lya 1
3- 4 yosh re 1 — lya 1
4 — 5 yosh re 1—si 1
5 —6 yosh re 1 — si 1 (do 2)
6 —7 yosh do 1 (re 1)-do 2
Berilgan jadvalda bolalarning ovozi pastki, yuqori va ishchi diapazoni mavjuddir. Bolalarga qo‘shiq o‘rgatayotganda va repertuar tanlaganda nimalarga e’tibor berilishi kerak? Har bir qo‘shiq ma’lum pedagogik maqsadlarni amalga oshirishni ko‘zga tutib tanlanadi. Unda har bir yangi qo‘shiq oldingisidan hosil etilgan kuylash malakalarini mustahkamlaydi va ularni rivojlantiradi. Qo‘shiq diarazoni bolalar ovoziga mosligi, badiiy g‘oyaviy mazmuni, bolalar dunyoqarashi va yoshiga mos bo‘lishi kerak.
Qo‘shiqlarni quyidagi talablarga ko‘ra tanlash tavsiya etiladi:
1. Qo‘shiqni tarbiyaviy ahamiyati, g‘oyaviy mazmuni, musiqiy tuzilishi va
xarakterining bolalar yoshiga mosligi.
2. Qo‘shiq matnining osonligi, badiiy yuksakligi, bolalarning lug‘at boyligiga mosligi va ularning nutqini va tafakkurini o‘stirish uchun xizmat qilishi.
3. Qo‘shiq ohangi, uning xarakteri (xushchaqchaq, quvnoq, marsh, mungli, g‘amgin, bayramona, ko‘tarinki ruxda), lad va tessiturasi, ovoz diapazoni bolalar yoshiga mos bo‘lishi.
4. Qo‘shiqning badiiy xususiyatlari va ifodaviyligi, bolalar idrokiga
mosligi, garmonik tuzilishi va ohangdoshligi.
5. Qo‘shiq shakli (1, 2 qismli yoki kuplet shaklida tuzilganligi) naqarotning mavjudligi.
Qo‘shiqni tanlashdagi bolalarga qisqa, mazmunli, obrazli, qiziqarli hikoya qilib beriladi. Qo‘shiq mazmunidagi axloq-odob, tabiat, ona Vatan, mehr-muhabbat haqidagi g‘oyalarni bolalar ongiga singdirib, ularda qiziqish uyg‘otadi.
Badiiy qo‘shiqlar sirasiga D.Omonullayevaning bolalar uchun yozilgan «Diloromning qo‘shig‘i», «Buvijonim», «Aziz bo‘ston —O‘zbekiston», «Navzo‘zim», «O‘zbekiston — Vatanim manim»; N.Norxo‘jayevning «O‘ynasangchi tipratikan», «Nevaralar qo‘shig‘i», «Kapalak va kamalak», «Kakligim»,«Shaftoliga savolim», «Navo‘zim — shux sozim», «Salom bergan bolalar», «Buvijonim yaxshisiz», «Gullar manim kulganim», «Yaxshi bola», «Biz askarmiz»; Sh.Yormatovning «Ay-yay-yay», «Islom bobo»; A.Mansurovning «Muzqaymoq», «Vatanginam»; F.Nazarovning «Inoqo‘ynaymiz», «Paxtaoy», «Qish chog‘lari» va boshqa ko‘plab O‘zbekiston kompozitorlarining qo‘shiqlari bolalar ijodiyotida so‘nmas iz qoldirib ularning badiiy tarbiyasi va didini o‘stirishga yordam beradi. Qo‘shiqni tarbiyachi ifodali qilib ijro etib beradi.
Qo‘shiq mazmuniga mos tasviriy san’at qo‘shiq mazmuniga va tuzilishiga xos savol-javoblar qilib, qo‘shiqni musiqiy jumlalarga bo‘lib o‘rgatadi. So‘ngra qo‘shiq mazmunga mos musiqiy-ritmik harakatlar bilan o‘rgata boshlaydi. Matn va ohang talaffuzning aniqligi ma’lum me’yorga tushgandan so‘ng, qo‘shiqning badiiy ijrosiga erishildi. Qo‘shiqni vaqt-vaqti bilan sayr vaqtida, mashg‘ulotdan- mashg‘ulotga takrorlab kuylab turish lozim, aks xolda uning matni bolalar xotirasidan ko‘tariladi va unga nisbatan qiziqish susayadi. Har bir mashg‘ulotda ayniqsa, yangi qo‘shiqni o‘rganishdn oldin, ilgari o‘rgatilgan qo‘shiqni takrorlab turish, bolalar ijrosidagi aytim nuqsonlarni tuzatib borishga yordam beradi.
Bolalar toliqmasligi uchun qo‘shiq o‘rgatish shakllari o‘zgartirib turiladi. Masalan: guruhlarga bo‘lib o‘rgatish; yakkaxon va guruh jo‘rligida; musiqiy harakatlar yordamida amalga oshirilib; qo‘shiq matniga mos raqs elementlarini o‘ylab ko‘rishga va o‘zlari uni ijro etishga undab ko‘rish yaxshi samara beradi.
Qo‘shiq mukammal o‘rganilgandan so‘ng, ularning qiziqishi yanada ortadi. Shuningdek, mashg‘ulot shakllarini (noan’anaviy mashg‘ulotlar) o‘zgartirilib turish ham mashg‘ulotlarda bolalarning zerikishini oldini olib, qiziqishini kechaytiradi.
Yil davomida bolalar 10-12 ta qo‘shiq o‘rganishlari ko‘zda tutiladi. Bunga erishish uchun qo‘yiladigan vazifalar: bolalarda sof intonatsiya va qo‘shiqchilik malakalarini shakllantirish; bolalarga yakka va tarbiyachi bilan qo‘shiq kuylash, a’kapella tarzida ijro etish; musiqiy eshituv qobiliyatini, kuyning balandligi, ularning uzunligi, kuyning yo‘nalishi, o‘zini eshita olishi (kuylayotganida), ijro vaqtida o‘zining xatolarini eshita olishini rivojlantirish; ovoz rivoji, tabiy ijroga erishish; bolalarda ijodkorlik
malakalarini rivojlantirish, ular ijro etgan qo‘shiqlarini xorovodlar va
o‘yinlarda qo‘llash.

Yüklə 147,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin