Qomatni to‘g‘ri tutish. Qomat o‘zgarishining oldini olishga yordam beruvchi jismoniy mashqlarni muntazam ravishda bajarish (“qayiqcha”, “mushuk”, “velosiped”, “beshik”). Stol atrofida o‘tirganda, uyqu vaqtida gavdani to‘g‘ri tutish. Qo‘lni ikki yonda tutish, bosh bir muncha
ko‘tarilgan holda oldinga qarash.
Harakatlantiruvchi tartib. Har kuni ertalab badantarbiya mashqlarini bajarish, to‘p, arqon, badminton o‘ynash. Har kungi sayrlarda qatnashish, o‘z tashabbusi bilan harakatlantiruvchi amallarni bajarish. Harakatli o‘yinlar va mashqlarda faol qatnashish. Mas’uliyatli rolni bajarish, o‘yin qoidalariga bo‘ysunish, tezkorlikni, epchillikni rivojlantirish. Bir necha harakatli o‘yinlarning mazmuni va qoidalarini bilish, ularni tashkil eta olish.
ADABIYOTLAR
Karimov I. A. “Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch”. T.: “Ma’naviyat” 2008.
O‘zbekiston Respublikasida “Maktabgacha ta’lim to‘g‘risida”gi Nizom. T.: 2000.
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”. Toshkent, 1997.
Avesto.Tarixiy - adabiy yodgorlik. A. Mahkam tarjimasi –T.: “Sharq” nashriyoti - matbaa konserni. 2001.
Usmonxo‘jayev S., Aliyev M.B., Sagdiyev H.H., Turdiyev F.K., Akramov J.A. Bolalar va o‘smirlar sporti mashg‘ulotlari nazariyasi va uslubiyati. T., «ILM ZIYO». 2006.
“Maktabgacha ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya” Tuzuvchi-mualliflar: T.S.Usmonxo‘jayev, S.T.Islomova. T.: “Ilm Ziyo” nash. 2006.