104
kondensatlanishida, jixozlarni (oborudovanie), idishlarni yuvishda va boshqa suvlar.
Oqova suvlardagi kir aralashmalarning fazoviy-dispers
tarkibiga nisbatan turlarga
bo`linish sistemasi Ukraina SSR Fanlar Akademiyasining akademigi L.A.Kul'skiy
tomonidan taklif qilingan. Bu sistemaning ma`nosi shundan iboratki,
sistemadagi
qamma iflos aralashmalar ularning dispers muqitga nisbatan to`rt gruppaga
bo`linishidir:
I gruppa - oqova suvlarda 10 -5 - 10 -4 sm va undan
katta zarrachalarning suvda
erimaydigan kir aralashmalarini bo`lish.
II gruppa - zarrachalarining kattaligi 10-9 - 10 -7 yoki 10 -7 - 10 -5 sm bo`lgan
oqova suvlar.
III gruppa - tarkibida erigan gazlar va molekulyar -eruvchi organik moddalar bulgan
oqova suvlar.
IV gruppa - tarkibida ionlarga dissotsiatsiyalanuvchi moddalar bo`lgan oqova
suvlar.
Oqova suvlardagi kir aralashmalarning fazoviy dispersion
xarakteristikasi xar bir
gruppa uchun oqova suvlarning tozalash usullarini muayyan turkumiga taklif qilishga
imkon beradi.