Муќаддима


OQOVA SUVLARNING TARKIBI VA XOSSALARI



Yüklə 1,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/75
tarix19.05.2022
ölçüsü1,88 Mb.
#58585
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   75
neft-gaz sanoati texnika va texnologiyasi

 
OQOVA SUVLARNING TARKIBI VA XOSSALARI 
Oqova suvlar qar xil moddalarning aralashmasidan iborat bo`lib, murakkab 
sistemani tashkil qiladi: Erigan anorganik va organik birikmalar, muallaq daqal dispers 
va kolloid aralashmalar, ba`zi qollarda esa erigan gazlar (serovodorod, karbonat va 
boshqalar.). 
Oqova suvlarning tarkibi ximiyaviy ishlab chiqarishlarning turlari va ularning 
texnologik jarayonlariga boqliqdir. Sanoatda suv ashyo sifatida erituvchi, reaktsion 
muqit, ekstrogent yoki absorbent, tashuvchi (transportiruyushiy) agent, isituvchi yoki 
sovutuvchi (apparatlarni yoxud ulardagi ashyolarni), turli xildagi moddalarni yuvish 
uchun, moddalarni qaydashda (peregonka), pul'palar qosil qilishda, vakuum qosil 
qilishda, jiqozlarni, idishlarni va boshqa ko`p maksadlarda ishlatiladi. Tayyor 
maqsulotni olish uchun butun texnologik tsiklni o`tishda foydalanilgan suv boshlanqich, 
oraliq va oxirgi maqsulotlar bilan ifloslanadi. Masalan, mineral o`qitlar va anorganik 
ishlab chiqarish korxonalaridagi oqova suvlar kislotalar, ishkorlar, qar xil tuzlar 
(ftoridlar, sul'fatlar, fosfatlar, fosfitlar va boshqalar) bilan ifloslangan bo`ladi. Asosiy 
organik sintez ishlab chiqarish korxonalari - yoq kislotalari, aromatik birikmalar, 
spirtlar, al'degidlar bilan; neft' qayta ishlash zavodlarining suvlari - neft mahsulotlari, 
yoqlar, smolalar, fenollar, PAV lar (sirt - aktiv moddalar) bilan; sun`iy tola, polimer, qar 
xil sintetik smolalar ishlab chiqaruvchi korxonalarning oqova suvlari - monomerlar, 
yuqori molekulali moddalar, polimer zarrachalari va boshqalar bilan ifloslangan bo`ladi. 
Keyingi vaqtlarda qishloq xo`jaligidan chiquvchi va suvga kelib qo`shiluvchi 
chiqindilarning qajmi ancha ko`paydi. Jumladan chorvachilik, parrandachilik, qishloq 
xo`jaligi maqsulotlari, o`qitlari va har xil pestitsidlarni qayta ishlovchи tashkilotlardan 
chiquvchi oqova suvlar. 
Ko`pincha oqova suvlar yoqimsiz o`tkir xidga ega moddalar bo`ladi (sul'fidlar, 
disul'fidlar, vodorodsulfid va boshqalar), ba`zan esa kimyoviy korxonalarning turlariga 
qarab rangli chiqindi suvlar oqadi. Oqova suvlarda ko`pik xosil bo`lishi, ularda sirt-
aktiv moddalarning bo`lishini ko`rsatadi. 
Oqova suvlarning zararli darajasi uning ifloslayotgan moddalarni toksik (zaxarli) 
xususiyati va tarkibiga boqliq. Oqir metallarning tuzlari, tsianidlar, fenollar, 
(serovodorod) vodorod sul'fid, kantserogen moddalar va qator boshqa shu kabi jinslar 
oqova suvlarning yuqori darajada zaqarlanishiga olib keladi. 
Oqova suvlarning past yoki yuqori muxitli (rN) bo`lishi, ya`ni ishqoriy eki kislotali 
bo`lishi quvur materiallariga, kanalizatsiya kollektorlariga va tozalovchi inshootlarning 
apparatlariga nisbatan agressiv xisoblanadi. Bulardan tashkari chiqindi suvlarda 
polimerlanish xossalariga ega bo`lgan qar xil muallaq modda va birikmalarning ko`p 
miqdorda bo`lishi, suv quvurlari va kollektorlarining kirlanishiga, natijada tiqilishga 
olib keladi. 


103 
Oqova suvlarning ifloslanish darajasi quyidagi ko`rsatkichlar bilan aniqlanadi: 
1. Organoleptik usul (suvning rangi, mazasi, qidi, tiniqligi, loyqaligi va shunga 
o`xshash parametrlar). 
2. 
Fizik-kimyoviy 
(optik 
zichligi, 
ranglanishi, 
rN, 
temperaturasi, 
elektr 
o`tkazuvchanligi, ishqoriyligi, nordonligi, qattiqligi, oquvchanligi, zichligi, tarangligi, 
quruq qoldiqi va boshqalar). 
3. 
Эrigan organik va anorganik moddalar aralashmasining miqdori, kimyoviy-
kislorodga bo`lgan kimyoviy extiyoj-XPK va kislorodga bo`lgan biokimyoviy extiyoj - 
BPK .
4. 
Daqal dispers kolloid zarrachalar shaklidagi aralashmalarning borligi.
Oqova suvlarning talqin qilish organoleptik va fizik-kimyoviy kattaliklarini 
aniqlashdan boshlanadi. So`ngra kir aralashmalarning umumiy miqdorini quritish orqali 
aniqlanadi. qurigan qoldiqni qizdirilganda uning miqdorini kamayishi oqova suvda 
organik modda borligini bildiradi. Ko`pincha oqova suvlarni qizdirilganda anorganik 
moddalar qam uchib ketishi mumkin, shuning uchun organik moddalarni permanganatli 
yoki bixromatli oksidlanish yo`li bilan aniqlanadi. qar ikkala usulda xam kislorodning 
miqdori sarf bo`layotgan oksidlovchi, ya`ni KMpO4 yoki K2Sr2O7 ning mikdoriga 
ekvivalent bo`lishi kerak. 

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin