Muallifdan



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/118
tarix09.10.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#153439
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   118
Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish

Xom-som tillari oilasi.
Bu tillar oilasi ikki katta guruhga: 1) 
som tillari guruhiga va 2) xom tillari guruhiga bo‘linadi.
1) 
Som tillari guruhiga quyidagi tillar kiradi:
Arab tili.
Bu tilda 50 milliondan ortiqroq kishi so‘zlashadi. Arab 
tili Birlashgan Arab Respublikasi (poytaxti Qohira), Iroq respublikasi 
(poytaxti Bag‘dod), Sudan (poytaxti Xartum), Marokash (poytaxti 
Rabat), Livan (poytaxti Bayrut), Tunis (poytaxti Tunis), Iordaniya 
(poytaxti Irlandiya), Liviya (poytaxti Tripoli), Jazoir Xalq 
respublikasi (poytaxti Jazoir), Yaman respublikasi (poytaxti Sana), 
Suriya arab resupblikasi (poytaxti Damashq) kabi bir qancha arab 
mamlakatlarining davlat tilidir.
Afrika qit’asida yashovchi yana bir qancha xalqlar arab tilida 
so‘zlashadi. Shuningdek, janubiy arab tili, amxar tili, aysar tili hamda 
o‘lik tillardan assuriya, vavilon, xonaney, qadimgi yahudiy va oramiy 
tillari ham som tillari guruhiga kiradi.
1. 
Xom tillari guruhiga
: shilx, tuareg, kabil, amazirt tillari, o‘lik 
tillardan esa liviya, numid, shtul, qadimgi misr tillari va boshqa tillar 
kiradi. Umuman, xom-som oilasiga kirgan tillar yaxshi tekshirilib 
o‘rganilmagan.
III. Kavkaz tillari oilasi
. Kavkaz tillari yana bir qancha 
guruhlarga, chunonchi, g‘arbiy guruhga, veynax guruhiga, Dog‘iston 
guruhiga bo‘linadi.


Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
52 
52
1. G‘arbiy guruhga quyidagi tillar kiradi:
a) 
abxaz tili.
Bu til Abxaziya Respublikasida yashovchilarning 
xalq tili bo‘lib, bu tilda 80 mingga yaqin kishi so‘zlashadi;
b) 
abazin tili.
Bu til Cherkas Avtonom Respublikasida yashovchi 
xalqlarning davlat tili bo‘lib, bu tilda 25 mingga yaqin kishi 
so‘zlashadi;
v) 
adigey tili
. Bu til Adigey Respublikasida yashovchi xalqning 
tili bo‘lib, bu tilda 80 mingdan ortiq kishi so‘zlashadi;
g) kabardin-cherkes tili.
Bu til Kabarda-Balkar va Cherkas 
Respublikalarida yashovchi xalqlarning davlat tili bo‘lib, bu tilda 250 
mingdan ortiq kishi so‘zlashadi. 

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin